Tadbirkorlik shartnomasi majburiyatlari yuzasidan javobgarlik Shartnoma majburiyatlarini tegishli tarzda bajarmaslik quyidagi javobgarliklarga sabab bo‘ladi:
Fuqaroviy (shartnomaviy) javobgarlik. Shartnomaning muhim shartlaridan biri unda ishtirok etuvchi taraflar majburiyatlarining belgilanishidir. Bundan tashqari, taraflar qonun hujjatlarida va ish muomalasidan kelib chiqadigan majburiyatlarga ham ega bo‘ladi. Muayyan taraf sifatida ishtirok etuvchi subyekt tomonidan ushbu majburiyatlarni bajarmaslik yoki lozim darajada bajarmaslik natijasida boshqa tarafga zarar yetkazilsa, ushbu zararni qoplash majburiyati vujudga keladi. Misol uchun, mahsulot yetkazib berish shartnomasiga ko‘ra yetkazib beruvchi (sotuvchi) shartnomada nazarda tutilgan mahsulotni o‘z vaqtida yetkazib bermagan hollarda mazkur mahsulot yetkazib berish majburiyati bilan birga kechiktirilganlik tufayli olinmasdan qolingan foydani ham qoplab beradi.
Javobgarlik turlari Fuqaroviy (shartnomaviy) javobgarlik Ma’muriy javobgarlik Jinoiyn javobgarlik.Bundan tashqari, shartnoma shartlari o‘z vaqtida, lozim darajada bajarilishini taʼminlash maqsadida taraflar shartnomada har bir holat yuzasidan boshqa fuqarolik javobgarlik choralarini belgilashlari mumkin.
1998-yil 29-avgustdagi O‘RQ–670-I son qonunida shartnoma majburiyatlarining
buzilish holatlariga quyidagicha javobgarlik choralari belgilangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |