Tadbirkorlik huquqi


Eng maqbul shartnoma, u qanday?


Download 228.86 Kb.
bet7/11
Sana27.03.2023
Hajmi228.86 Kb.
#1300285
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
tadbirkorlik huquqi

Eng maqbul shartnoma, u qanday?

Shartnomaning hajmi unda yashiringan firiblar soniga toʻgʻri tarzda mutanosib degan qarash shakllangan. Binobarin, kontragent bilan munosabatlar shaffofligini isbotlash uchun bir ma’noda shartnomadagi betlar sonini qisqartirish shart emas.


Shartnomalarda bir nechta tarkibiy elementlar bor:
shartnomaning rekvizitlari: tuzilgan sana va joy, roʻyхatga olish raqami;
muqaddima, unda shartnomani imzolayotgan shaхslarning nomi va huquqni belgilovchi hujjatlar (ustav, ishonchnoma, nizom va h.k.) koʻrsatiladi;
bitim shartlari;
taraflarning manzillari, bank rekvizitlari va imzolari.
Shartnomani oʻqish va bajarish qulay boʻlishi uchun uning bandlari boʻlimlarga birlashtiriladi. Boʻlimlarning nomlari tuzilgan bitimning muhim shartlarini aks ettiradi. Shartnomaning turi va murakkabligidan qat’i nazar unda asosan quyidagi boʻlimlar koʻzda tutiladi:
Shartnoma predmeti;
 
Taraflarning huquq va majburiyatlari;
 
Shartnoma summasi va hisob-kitob tartibi;
 
Taraflarning javobgarligi;
 
Nizolarni hal qilish tartibi;
 
Fors-major;
 
Yakuniy qoidalar.

Mohiyati boʻyicha, shartnoma predmeti – bu bitim taraflari koʻzlaydigan asosiy maqsaddir. Shartnomani keyinchalik bajarish predmet qanchalik aniq va toʻliq ifodalanganligiga bogʻliq. Shartnoma taraflarining huquq va majburiyatlari toʻplami bevosita uning predmetiga bogʻliq. Ularni ham maksimal ravishda aniq va loʻnda koʻrsatish lozim.
Muddatlar ham muhim ahamiyat kasb etadi. Ular kalendar sana yoki vaqt davri bilan, shuningdek muqarrar yuz berishi kerak boʻlgan voqeani koʻrsatish bilan belgilanadi (Fuqarolik kodeksining 145-moddasi, keyingi oʻrinlarda - FK). Shartnomaning sana va muddatlarini koʻrsatmasdan uni bajarishning deyarli imkoniyati yoʻq. Boz ustiga yozilgan muddatlar taraflarning javobgarligini aniqlashda prinsipial ahamiyatga ega.
Javobgarlik boʻyicha koʻpincha beriladigan savollardan biri: penya va jarimalarni yozish kerakmi yoki qonunga havola berilsa yetarlimi? Haqiqatan “Xoʻjalik yurituvchi sub’yektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi toʻgʻrisida”gi Qonunda1 jarima sanksiyalarining aniq miqdorlari keltirilgan. Biroq bizning fikrimizcha, qator sabablarga koʻra shartnomada jarima sanksiyalarining aniq miqdorlarini belgilagan ma’qul.
Birinchidan, nizolarni hal qilishda qonuniy neustoykadan yuqori boʻlsa ham sudlar tomonidan shartnomaviy neustoyka qoʻllanadi2.
Ikkinchidan, koʻrsatilgan qonunning qoidalari ayrim huquqiy munosabatlarga, olaylik, ijaraga nisbatan qoʻllanmaydi.
Qayd qilish joizki, qarzdor majburiyatni qay darajada bajarganligi, majburiyatda ishtirok etayotgan taraflarning mulkiy ahvoli, shuningdek kreditorning manfaatlari e’tiborga olingan holda sud neustoykani kamaytirishga haqli (FKning 326-moddasi).

Download 228.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling