Tadbirkorlik huquqi
Tadbirkorlik shartnomalari taraflari, ularning huquq va majburiyatlari
Download 228.86 Kb.
|
tadbirkorlik huquqi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tadbirkorlik shartnomasi tarafining huquqlari
- Tadbirkorlik shartnomasi tarafining majburiyatlari
- Misol uchun
Tadbirkorlik shartnomalari taraflari, ularning huquq va
majburiyatlari Tadbirkorlik shartnomalari Oddiy yozma Notarial tasdiqlangan Davlat ro‘yxatidan o‘kazilgan Yuridik shaxslar, shuningdek, yuridik shaxs tashkil etmagan holda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan jismoniy shaxslar tadbirkorlik shartnomalarining subyekt (taraf)lari bo‘ladi. Tadbirkorlik shartnomasida davlat manfaatlarini ko‘zlab, davlat organlari yoki u vakolat bergan boshqa tashkilotlar ishtirok etishlari mumkin. Oʻzbekiston Respublikasining “Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to‘g‘risida”gi 1998-yil 29-avgustdagi O‘RQ–670-I son qonuniga muvofiq xo‘jalik shartnomalari quyidagi huquq va majburiyatlarga ega. Tadbirkorlik shartnomasi tarafining huquqlari‒ shartnomalarni tuzish, bajarish, o‘zgartirish va bekor qilish munosabati bilan zarur bo‘lgan maʼlumotnomalar va boshqa hujjatlarni so‘rash va olish; ‒ shartnomalarini tuzish, bajarish, o‘zgartirish va bekor qilish bilan bog‘liq masalalar yuzasidan ekspertlarning yozma xulosalarini so‘rash va olish, mutaxassislar bilan maslahatlashish; ‒ davlat organlari va boshqa organlarga, mansabdor shaxslarga iltimosnomalar bilan murojaat etish hamda shikoyatlar berish va ulardan asoslantirilgan yozma javoblar olish; ‒ boshqa tarafning iqtisodiy ahvoli, nufuzi va ishchanlik jihatlari xususidagi maʼlumotlarni to‘plash; ‒ o‘z huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishning qonunda nazarda tutilgan vositalari va usullarini qo‘llash. Tadbirkorlik shartnomasi tarafining majburiyatlari ‒ shartnomalar to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining talablariga rioya etishlari; ‒ qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda shartnomalarning o‘z vaqtida tuzilishini taʼminlash; ‒ tuzilgan shartnomalar boʻyicha zimmalariga olingan majburiyatlarni o‘z vaqtida va tegishli tartibda bajarishlari shart. Tadbirkorlik shartnomasi taraflarni shartnomaviy munosabatga kirishayotganda shu sohani tartibga soluvchi qonun hujjatlarida belgilangan boshqa huquq va majburiyatlarga ham ega bo‘ladi. Misol uchun, 2009-yil 22-avgustdagi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 245-son qarori bilan tasdiqlangan Elektr energiyasidan foydalanish qoidalariga ko‘ra sanoat isteʼmolchilariga elektr energiyasini tejash boʻyicha (yillik va uzoq istiqbol uchun) tashkiliy-texnik tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish majburiyati ham yuklanadi. Yoki Oʻzbekiston Respublikasining 2012-yil 2-maydagi O‘RQ–328-son “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi qonuniga ko‘ra tadbirkorlik subyektlari o‘z tovarlarini (ishlarini, xizmatlarini), ishlab chiqarish chiqindilarini bozor konyunkturasidan kelib chiqib, mustaqil ravishda belgilanadigan narxlar va tariflar boʻyicha yoki shartnoma asosida realizatsiya qilishga haqli. Bulardan tashqari, taraflar shartnomaviy munosabatga kirishishda o‘z huquq va majburiyatlarini qonun doirasida mustaqil belgilashlari mumkin. Misol uchun, shartnoma yuzasidan to‘lovlarni oldindan to‘liq to‘lash majburiyati belgilanishi mumkin. Download 228.86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling