Tadbirkorlik kapitali va uning harakati bosqichlari


-savol. Tadbirkorlik faoliyatining shakllari


Download 32.21 Kb.
bet2/6
Sana22.02.2023
Hajmi32.21 Kb.
#1219889
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Tadbirkorlik kapitali va uning harakati bosqichlari.

2-savol. Tadbirkorlik faoliyatining shakllari
Hozirgi bozor iqtisodiyoti sharoitida barcha mamlakatlarda mukammal iqtisodiyotni yaratishda tadbirkorlik muhim faoliyat hisoblanadi. Ishlab chiqaruvchi kuchlar jadal rivojlanib, bir-biriga qo’shilib ketishi sodir bo’lmoqdaIshlab chiqaruvchi kuchlardan jamoa, guruh, xususiy va shaxsiy maqsadlarda ishlatiladigan turlari mavjud. Shunga mos ravishda tadbirkorlikning turli-tuman shakllari mavjud:
a) davlat;
b) jamoa;
v) shaxsiy;
g) xususiy;
d) aralash va boshqa hosila shakllari rivojlanadi.
Davlat korxonalari учта гуруhга бo’лиш мумкин:
1) Бюджет корхоналари;
2) Давлат ишлаб чиqариш корхоналари;
3) Аралаш корхоналар.
Huquqiy va xo’jalik mustaqilligiga ega bo’lmagan korxonalar byudjet korxonalariga kiradi. Bu korxonalar davlatning ma‘muriy-boshqarish tizimiga kiradi va biron-bir vazirlik, mahkama yoki mahalliy o’zini-o’zi boshqarish organlariga bevosita bo’ysunadi. Ular olgan foydasidan soliq to’lamaydi, barcha daromad va xarajatlar davlat byudjeti orqali o’tadi.
Davlat ishlab chiqarish korxonalari - bu korxonalarning ancha keng tarqalgan tashkiliy, huquqiy shaklidir. Ular alohidalashgan mol-mulkka ega bo’lib, xo’jalik faoliyati bilan birga davlat tomonidan belgilangan doirada boshqarish va tartibga solish vazifalarini ham bajaradi.
Aralash kompaniyalar – hissadorlik jamiyatlari va majburiyatlari cheklangan shirkatlar shaklida tashkil qilinib, aktsiyalari davlatga va xususiy omonatchilarga taaluqli bo’ladi. Ular qonun doirasida ish yuritadigan yuridik shaxslar siftaida ish yuritadilar. Ularga davlat tomonidan moliyaviy yordam va dotatsiyalar beriladi, chet el litsenziyalarini yengil shartlar bilan oladilar, davlat korxonalaridan xom ashyo va yarim narxlarda olish, ishlab chiqargan mahsulotni sotish uchun bozor bilan ta‘minlangan bo’ladilar.
Korxonalar xo’jalik jamiyatlari va shirkatlari, ishlab chiqarish kooperativlari, jamoa korxonalari, ijara korxonalari, xo’jalik birlashlamalari shaklida tuzilishi mumkin.

Download 32.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling