Tadbirkorlik pdf


 Kichik biznes va tadbirkorlik korxonalariga


Download 1.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/175
Sana08.06.2023
Hajmi1.93 Mb.
#1462865
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   175
Bog'liq
tadbirkorlik

3.2. Kichik biznes va tadbirkorlik korxonalariga 
lisenziya berish tartibi
Tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bilan shug’ullanish uchun davlat
tomonidan vakil qilingan organlardan lisenziya olgandan keyingina ijozat beriladi. 
Lisenziya beruvchi organlar 3.2.1-jadvalda keltirilgan.
Lisenziya korxonani boshqarishdan manfaatdor bo’lgan shaxsning ta’sis hujjatlari
nusxasi ilova qilingan arizasiga qarab beriladi. Kerakli hujjatlar va ariza berilgandan
so’ng, 30 kun ichida lisenziya berish haqida qaror qabul qilinadi.
Agar lisenziya berish uchun kerakli qaror qabul qilishda ekspertiza talab qilinsa,
bu ekspertizani vazifasi nazorat qilishdan iborat davlat organlari amalga oshiradi.
Ekspertiza xulosasi olingandan so’ng, 15 kun mobaynida ariza va zarur hujjatlar
topshirilgach, 60 kundan kechiktirmay, qaror qabul qilinadi. Bunda ekspertiza
o’tkazish uchun ketgan xarajatlarni ariza beruvchi to’laydi.
Lisenziya ikki nusxada bo’lib, hujjatt berishga javobgar shaxs tomonidan qo’l
qo’yilib, berayotgan organning muhri bosilib, bir nusxada ariza beruvchiga
topshiriladi.
3.2.1-jadval
Lisenziya beruvchi organlar
Lisenziya beruvchi
organlar
Faoliyat turi
Vazirlar Mahkamasi
-raketa-kosmik majmui;
-aloqa tizimlari;
-qimmatbaho metallar;
-qimmatbaho toshlar qazib olish;
-qimmatbaho toshlar va mettallardan zargarlik 
buyumlari yasash;
-havo taransporti va boshqa faoliyat turlari.
Adliya vazirligi
-yuridik shaxslarning yuridik faoliyat bilan 
shug’ullanishga, masalan, advokatlik maslahati, 
notarial idora va boshqalar.
Moliya vazirligi
-qimmatli qog’ozlarni chiqarish;
-lotereya o’yinlarini o’tkazish va boshqalar.
Markaziy bank
-valyuta qiymatliklari bilan operasiyalar o’tkazish;
-tijorat banklari ochish va boshqalar.
Ichki ishlar vazirligi
-ovchilik va sport o’qotar qurollari va ularga o’q-
dorilar ishlab chiqarish, tuzatish va sotish; 
-sovuq qurollar ishlab chiqarish va sotish;


-tarkibida narkotik moddalar bo’lgan ekinlarni ekish, 
qayta ishlash va sotish;
-narkotik moddalar tayyorlash, sotish va boshqalar.
Sog’liqni saqlash 
vazirligi
-farmakologik preparatlar ishlab chiqarish va sotish;
-tibbiy xizmat ko’rsatish;
-parfyumeriya va kosmetika buyumlari, maishiy 
kimyo tovarlarini tayyorlash va boshqalar.
Xalq ta’limi, 
Oliy va o’rta maxsus 
ta’lim vazirliklari
-sog’lomlashtirish va bolalar, o’smirlar hamda 
yoshlar lagerlarini tashkil qilish; 
-xususiy o’quv muassasalarini ochish va boshqalar.
O’zbekiston pochta va 
telekommunikasiyalar 
agentligi
Aloqa xizmati ko’rsatish.
Lisenziyada quyidagilar ko’rsatilgan bo’ladi:
- lisenziya berayotgan muassasa nomi;
- yuridik shaxsning nomi va manzili yoki tadbirkorlik faoliyatini amalga
oshirayotgan shaxsning ismi-sharifi, turar joyi;
- lisenziya berilayotgan faoliyat turi;
- faoliyatni amalga oshirish qoidalari va shart-sharoitlari;
- lisenziyaning ro’yxat raqami, berilgan vaqti va muddati.
Agar tadbirkor ruxsat etilgan faoliyatni amalga oshirishda lisenziyada
belgilangan qonun-qoidalar yoki amaldagi qonunlarni buzsa, shuningdek aholi
hayotiga xavf-xatar keltiruvchi faoliyat bilan shug’ullansa, u holda lisenziya
bergan muassasa tadbirkorni lisenziyadan foydalanish huquqidan mahrum qilishga
haqlidir.
Agar tadbirkorlik faoliyati tugatilsa yoki tadbirkor lisenziyadan foydalanish
huquqidan mahrum qilinsa, u holda lisenziya bergan muassasa lisenziyani bekor
qiladi.

Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   175




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling