Tadbirkorlik pdf


Chiziqli-funksional tarkibda asosiy boshqaruv


Download 1.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/175
Sana08.06.2023
Hajmi1.93 Mb.
#1462865
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   175
Bog'liq
tadbirkorlik

Chiziqli-funksional tarkibda asosiy boshqaruv chiziqli boshqaruv
hisoblanadi. Hamma boshqaruv bosqichlari va uchastkalarni mustaqil boshqarishda
chiziqli rahbarlar tayinlanadi. Ularga ishlab chiqarish xo’jalik faoliyatini
yakkaboshchilik tamoyillariga ko’ra boshqarish huquqi berilgan bo’lib, ular
olingan natijalarga to’liq javob beradilar.
Boshqaruvnig chiziqli-funksional tarkib sharoitida ishlaydigan rahbarlarga
malakali yordam ko’rsatish uchun funksional va idoraviy tashkilotlar tashkil
etiladi. Bu tashkilotlarning vazifasi boshqaruv qarorlarini tayyorlash hamda
rahbarlarga malakali yordam berishdan iborat bo’ladi.
Mazkur tarkibning kamchiliklari:
- chiziqli va funksional xodimlar o’rtasida kelishmovchiliklar paydo bo’ladi;
- tadbirkorga funksional xodimlar faoliyatini muvofiqlashtirish qiyinroq
kechadi.
Dasturli-maqsadli tuzilma. Hozirgi zamon korxonalari faoliyatidagi
ko’pgina muammolarni hal etish gorizontal bo’yicha kelishib olish va
muvofiqlashtirishni talab etadi. Masalan, korxona yangi xil mahsulot ishlab
chiqarishga ko’chadigan bo’lsa:
- materiallarini sarflashning yangi me’yorini ishlab chiqish;
- mehnat me’yorlarini qayta ko’rib chiqish;
- turli kasbdagi ishchilarni tayyorlash va qayta tayyorlash;
- yangi materiallarga ehtiyojni aniqlash;
- yetkazib beruvchilar bilan aloqa o’rnatish;
- yangi texnologiyalarni joriy etish va hokazolar talab qilinadi.
Yuqoridagi vazifalarni turli xizmat bo’linmalari bajaradi, ular bajaradigan
ishlarning mazmuni va muddatlarini kelishib olishi, ishlab chiqarishning ko’pgina
elementlarini tutashtirishi lozim. Goho funksional xizmatlar o’rtasidagi aloqalarda


buzilish vujudga keladi, xizmatlar esa bahs va munozaralar bilan amalga oshiriladi.
Chiziqli-tarkib rahbari esa ko’p sonli bo’linmalar ishini muvofiqlashtirishga juda
qiynaladi.
Bu muomalalarini yangi tashkiliy boshqaruv tarkiblarini tuzish yo’li bilan,
aniqrog’i, chiziqli-funksional boshqaruv tarkiblariga tuzatishlar kiritish yo’li bilan
hal etiladi. Bunday tarkib dasturli-maqsadli tarkib deb ataladi. Boshqaruvning
dasturli-maqsadli tarkibi quyidagi ikki ko’rinishda bo’ladi: loyiha bo’yicha va
mahsulotga ko’ra boshqaruv.

Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   175




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling