Tadbirkorlik pdf


Kichik biznes va tadbirkorlikda rahbarning


Download 1.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/175
Sana08.06.2023
Hajmi1.93 Mb.
#1462865
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   175
Bog'liq
tadbirkorlik

3.5. Kichik biznes va tadbirkorlikda rahbarning
boshqaruv uslubi
Rahbarning boshqaruv uslubi deganda, boshqaruv jarayonida kelib chiqadigan
muammolarini hal qilish usullari majmui tushuniladi.
Kichik biznes va tadbirkorlikda rahbarlikning quyidagi boshqaruv
uslublaridan foydalaniladi:
1. Xo’jalik ishlaridagi kamchiliklarga murosasiz bo’lish.
2. Jamoa va uning har bir xodimi to’g’risida qayg’urish.
3. Yuqori madaniyatli boshqaruvni tashkil etish.
4. Rahbarning yangilikni his etish qobiliyati.
Kichik biznes faoliyatini boshqarishning bir necha pog’onalari mavjud.
Ularga ikki pog’onali, uch pog’onali va ko’p pog’onali boshqaruvni misol qilib
ko’rsatish mumkin. Kichik biznes faoliyatini boshqarishda jahon amaliyotidan
olingan va eng samaralisi hisoblangan ikki pog’onali usul, ya’ni rahbar-bajaruvchi
usulidan keng foydalaniladi. 
Bu usulning samarasi uning oddiyligida, bajaruvchi va rahbar o’rtasidagi
munosabatlarning to’g’ridan-to’g’ri bog’langanligidadir. Bu yerda nazoratning
yuqori samarasiga erishiladi. Pog’onalar soni ortib borgan sari boshqaruv samarasi
kamayib boradi.
Qisqa xulosalar
Korxonani boshqarishning maqsadga muvofiq tarkibini vujudga keltirish
tadbirkor hal etishi kerak bo’lgan muhim vazifalardan biri hisoblanadi.
Kichik biznes korxonalari boshqaruv tarkibining chiziqli-pog’onali, chiziqli-
shtabli, funksional, chiziqli-funksional, dasturli-maqsadli, matrisali turlari mavjud.
Kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatini boshqarishda jahon amaliyotidan
olingan va eng samarali usul bo’lib, ikki pog’onali usul, ya’ni rahbar-bajaruvchi
usuli hisoblanadi. Bu usulning samarasi uning oddiyligi hamda rahbar va
bajaruvchi o’rtasidagi munosabatlarning to’g’ridan-to’g’ri bog’langanligidadir. 


Nazorat va muhokama uchun savollar
1. Boshqaruvning tashkiliy tuzilma nima? 
2. Boshqaruv bo’g’ini va bosqichlari to’g’risida so’zlang.
3. Korxonada samarali boshqaruv deganda nimani tushunasiz?
4. Chiziqli (pog’onali) tuzilmaning mohiyati nimada?
5. Chiziqli-shtabli tuzilma nima?
6. Funksional tuzilmaning o’ziga xos xususiyati nimada? 
7. Dasturli-maqsadli tuzilmaning mohiyati nimada? 
8. Matrisali tuzilma nima?
9. Boshqaruv tuzilmalarining o’zaro farqi nimada?
10. Rahbarning boshqaruv uslubi deganda nimani tushunasiz?
11. Kichik biznes va tadbirkorlikda rahbarlikning qanday boshqaruv
uslublaridan foydalaniladi?

Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   175




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling