Tadbirkorlik pdf
Ўзбекистон Республикасидаги
Download 1.93 Mb. Pdf ko'rish
|
tadbirkorlik
- Bu sahifa navigatsiya:
- 6.2.1-jadval O’zbekiston Respublikasi tijorat banklarining kreditlari, depozitlari va umumiy kapitali, mlrd. so’m Ko’rsatkichlar
Ўзбекистон Республикасидаги
банкларнинг таркиби (2010 йил 1 январь ҳолатига) 3 13 9 5 0 2 4 6 8 10 12 14 Давлат банклари Акциядорлик тижорат банклари Хусусий банклар Хорижий капитал иштирокидаги банклар дона 6.1.1-rasm. Keyingi yillarda tijorat banklari faoliyatining kengayib borishi o’z navbatida ular tomonidan berilayotgan kreditlar, banklardagi depozitlar va umumiy kapital hajmiga ham sezilarli ta’sir etmoqda (6.2.1-jadval). 6.2.1-jadval O’zbekiston Respublikasi tijorat banklarining kreditlari, depozitlari va umumiy kapitali, mlrd. so’m Ko’rsatkichlar 2005 y. 2006 y. 2007 y. 2008 y. 2009 y. Kreditlar 3876,0 4104,2 4777,6 6374,4 8558,2 Depozitlar 1688,7 2544,5 3829,2 5771,6 8703,1 Shu jumladan: - yuridik shaxslar depozitlari 1239,2 1866,2 2834,6 4127,6 5953,2 - jismoniy shaxslar depozitlari 449,5 678,3 994,6 1644,0 2749,9 Umumiy kapital 930,9 1070,1 1502,6 2104,3 3010,4 Jadval ma’lumotlaridan ko’rinadiki, 2005-2009 yillar mobaynida tijorat banklari kreditlari hajmi 2,2 marta, depozitlari hajmi 5,2 marta, umumiy kapitali 3,2 marta oshgan. Banklarimiz kapitalining yetarlilik darajasi 23 foizdan oshadi. Bu esa banklar monitoringi bilan shug’ullanadigan xalqaro Bazel qo’mitasi tomonidan belgilangan xalqaro standartlardan qariyb 3 barobar ko’pdir. Umumiy aktivlari mamlakatimiz bank tizimining 90 foizdan ortig’ini tashkil etadigan 14 ta tijorat banki «Fitch Reytings», «Mudis» va «Standart end Purs» kabi yetakchi xalqaro reyting kompaniyalarining «barqaror» degan yuqori reyting bahosini olishga muvaffaq bo’ldi. Hozirgi kunda banklarning umumiy aktivlari aholi va yuridik shaxslar hisobraqamlaridagi mablag’lar miqdoridan 2 barobardan ham ortiq bo’lib, bu ularning to’liq himoyasi va to’lovlarning o’z vaqtida amalga oshirilishini kafolatlaydi. Bank tizimining umumiy joriy likvidligi banklarning tashqi to’lovlar bo’yicha joriy majburiyatlaridan 10 barobar ko’pdir. Boshqacha aytganda, respublikamiz bank tizimining mustahkam himoyasi yaratilgan. Bank tizimining mustahkamlanishi va unga nisbatan aholi ishonchining ortishi natijasida omonatlar hajmi sezilarli ravishda ortib bormoqda. Faqat o’tgan yilning o’zida aholi omonatlari miqdori 1,7 barobar oshdi (6.2.2-rasm). Rasmdan ko’rinadiki, 2003-2010 yillar mobaynida aholi daromadlari hajmi 16 barobardan ko’proq oshgan. Keyingi yillarda banklarning kredit portfeli tarkibi tubdan o’zgarib bormoqda. Agar 2000 yilda kredit portfelining qariyb 54 foizi tashqi qarzlar evaziga shakllangan bo’lsa, 2009 yilda banklarimiz jami kredit portfelining 84 foizi ichki manbalar hisobidan shakllantirilgan. Download 1.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling