Tadbirkorlik pdf
-2012 yillarga mo’ljallangan inqirozga qarshi choralar dasturida
Download 1.93 Mb. Pdf ko'rish
|
tadbirkorlik
6.3. 2009-2012 yillarga mo’ljallangan inqirozga qarshi choralar dasturida
belgilangan ustuvor vazifalarni amalga oshirishda bank tizimining tutgan o’rni Barcha sohalarda bo’lgani kabi moliya bozorida, shu jumladan, bank sektorida o’tkazilayotgan islohotlar natijasida sezilarli siljish va o’zgarishlar amalga oshirilmoqda. Bu o’zgarishlar mustaqillik yillarida jahon andozalariga mos keladigan bank tizimini bosqichma-bosqich barpo etish bilan hamohang tarzda davom ettirilmoqda. Har qanday mamlakat iqtisodiyotining tayanadigan asosiy ustunlaridan biri moliyaviy jihatdan mustahkam va barqaror faoliyat yurituvchi bank tizimi hisoblanadi. Shuning uchun mustaqil davlatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasi va kelajakdagi taraqqiyoti, avvalo, mazkur mamlakatda barpo etilgan va muntazam ravishda takomillashtirib boriladigan bank tizimi faoliyatiga bog’liqdir. Banklarning o’ziga xos xususiyati shundaki, ular o’z mablag’lari bilangina emas, balki omonatchi va kreditorlar, aksiyadorlar hamda mijozlar ularga ishonib topshirgan mablag’lar bilan, ya’ni keng jamoatchilik bilan ish ko’radi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida bank tizimi eng zarur jamoatchilik muassasalari tizimlaridan biri ekan, har qanday bankning muvaffaqiyatsizligi butun jamiyat miqyosida pul taklifi qisqarishi, to’lov tizimi buzilishi hamda hukumat yirik va kutilmagan majburiyatlarining vujudga kelishi kabi salbiy makroiqtisodiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. O’zbekiston Respublikasining ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotiga o’tish jarayoni ko’pgina muhim iqtisodiy islohotlarning tarkibiy qismi sifatida bank tizimida ham chuqur o’zgarishlarni amalga oshirilishi va iqtisodiyotni pul- kredit vositalari orqali tartibga solishning bir butun mexanizmi yaratilishini taqozo etmoqda. Prezidentimiz tomonidan belgilab berilgan 2009 yilda mamlakatni ijtimoiy- iqtisodiy rivojlantirishning eng muhim ustuvor vazifalarini amalga oshirish yuzasidan ko’rilgan chora-tadbirlar natijasida iqtisodiyotni barqaror, muvozanatli va izchil rivojlantirishning belgilangan prognozlariga erishildi hamda makroiqtisodiy ko’rsatkichlarning mutanosibligi ta’minlandi. Markaziy bank tomonidan amalga oshirilgan kat’iy pul-kredit siyosati makroiktisodiy barqarorlikni mustahkamlashga qaratildi. Hukumat tomonidan 2009-2012 yillarga mo’ljallab qabul qilingan Inqirozga qarshi kompleks chora-tabdirlar dasturi respublika bank-kredit tizimida inqiroz ta’sirini yumshatish va bartaraf etishda muhim ahamiyatga ega. Jahonning ko’plab mamlakatlarini qamrab olgan moliyaviy inqiroz ko’lami kengayotganiga qaramay, O’zbekiston bank tizimi ishonchliligi va barqaror rivojlanayotgani, xorijiy moliyalashtirish manbalariga qaram emasligi va tashqi inqiroz holatlarining salbiy ta’siriga berilmaslik xususiyatlari bilan ajralib turdi. Shuni ta’kidlash lozimki, 2009 yilda «Asia Alliance Bank» xususiy ochiq aksiyadorlik tijorat banki tashkil etilishi bilan respublika bo’yicha jami tijorat banklari soni 30 taga yetdi. 2010 yilning boshidanoq, O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2010 yil 9 yanvardagi qaroriga muvofiq «Hi-Tech Bank» xususiy yopiq aksiyadorlik tijorat bankiga bank operasiyalarini amalga oshirish huquqini beruvchi lisenziya berildi va O’zbekistondagi jami tijorat banklari soni 31 taga yetdi. «Hi-Tech Bank» xususiy yopiq aksiyadorlik tijorat bankining ustav kapitali 5,25 mlrd. so’mdan ko’proq miqdorda shakllantirilib, uning 51 foizi jismoniy shaxslarning mablag’lari hisobiga to’g’ri keladi. Ushbu yangi bankning ochilishi mamlakatimiz Prezidentining «Xususiy aksiyadorlik tijorat banklari tuzishni rag’batlantirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi Farmoni talablari izchil amalga oshirilayotganining yana bir tasdig’idir. Iqtisodiy rivojlanishning o’sishi bank kreditining qo’llanilish ko’lamini kengaytirib boradi. Kredit faqatgina har kunlik faoliyat bilan bog’liq ishlab chiqarish va muomala jarayonining qisqa muddatli ehtiyojlari uchun emas, balki uzoq muddatga kapitalga ehtiyojni qoplashga yo’naltiriladi. Bank kreditining manbai faqat vaqtincha bo’sh mablag’lar va kapital bo’lib qolmay, kredit asosida chek-depozit emissiyasi ham amalga oshiriladi. Bank tomonidan beriladigan kredit miqdori mavjud jamg’armalardan ko’p bo’lsa, bank chek-depozit emissiyasini amalga oshirishi mumkin. Bank tizimining muomalaga kredit pullarini chiqarishi depozitlar yaratish yo’li bilan to’laqonli pullar o’rnini bosuvchi kredit vositalarini vujudga keltiradi. Respublika bank tizimini avtomatlashtirish va kompyuterlashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar natijasida nafaqat bankning ichki ehtiyojlari uchun foydalaniladigan axborot tizimi va lokal dasturlar majmui, balki iqtisodiyotning moliyaviy faoliyatini ta’minlovchi yaxlit milliy to’lov tizimi yaratildi. Download 1.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling