Tadbirkorlik pdf


Iqtisodiyotni modernizasiyalash va investision faollikni oshirishda


Download 1.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet84/175
Sana08.06.2023
Hajmi1.93 Mb.
#1462865
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   175
Bog'liq
tadbirkorlik

6.5. Iqtisodiyotni modernizasiyalash va investision faollikni oshirishda,
iqtisodiy nochor korxonalarni moliyaviy sog’lomlashtirish jarayonida
banklarning ahamiyati
Ayni paytda banklarning kredit portfeli tarkibida jiddiy o’zgarishlar yuz
bermokda. Jahon moliyaviy-iktisodiy inqirozi davom etayotganiga qaramay,
banklarimiz tomonidan iktisodiyotning real sektori korxonalarini faol qo’llab-
quvvatlashga alohida e’tibor berildi. Joriy yil boshiga kelib jami kredit
qo’yilmalari miqdori 8,5 trln. so’mdan oshib ketdi. 
Tijorat banklari kapitallashuv darajasining ortishi iqtisodiyotning real
sektorida investision faollikning o’sishini ta’minlashda bank kreditlarining
ahamiyati ortishiga olib keldi. Birgina korxonalarni modernizasiya qilish, texnik va
texnologik qayta jihozlashga qaratilgan loyihalarni moliyalashtirish uchun jami 2,4
trln. so’m miqdorida investision kreditlar ajratildi.
Tijorat banklarining uzoq muddatli kreditlari ulushini oshirish bo’yicha
ko’rilgan choralar tufayli 3 yildan ortiq muddatga berilgan kreditlarning banklar
kredit portfelining umumiy hajmidagi ulushi hozirgi paytda 69 foizga yetdi va
so’nggi o’n yilda 28 barobar ko’paydi (6.5.1-rasm).
Ushbu tendensiyani yaqin istiqbolda izchil oshirib borish vazifasi belgilab
olingan bo’lib, banklar tomonidan berilgan kreditlar tarkibida investisiya
kreditlarining ulushi ortib borishi, mamlakatimizdagi keng qamrovli investisiya
siyosatni olib borishda banklarning ahamiyati ortishi natijasi o’laroq ularning yirik
investisiya muassasalariga aylanishiga olib keladi.


Тижорат банкларининг узоқ муддатли 
кредитлари улуши, фоиз
69%
31%
Уч йилдан ортиқ муддатга берилган кредитлар
Уч йилдан кам муддатга берилган кредитлар
6.5.1-rasm.
Banklar aktivlari tarkibida spekulyativ tavsifdagi kreditlarning kamayishi va
resurslarni real iqtisodiyotga kiritish hisobiga respublikamizning istiqboldagi
rivojlanishida banklar hissasining yanada ortishiga olib keladi. O’z navbatida
banklarning kapitallashuv darajasini oshirishga davlat qo’yilmalarning manzilliligi
ortishini ta’minlaydi. 
Iqtisodiyotdagi tarkibiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, korxonalarning
investision faoliyatini yanada jonlantirish, xorijiy investisiyalarni, avvalo
to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investisiyalarni keng jalb qilish va ulardan samarali
foydalanish, ishlab chiqarishni modernizasiyalash, texnik va texnologik qayta
qurollantirish, yangi ish o’rinlarini shakllantirish va bular asosida milliy
iqtisodiyotimizning barqaror va dinamik rivojlanishini ta’minlash maqsadida
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1213-sonli «O’zbekiston
Respublikasining 2010 yilga investision dasturi haqida»gi Qarori
16[16]
tasdiqlangan
bo’lib, ushbu dastur asosidagi kapital qo’yilmalarni moliyalashtirish manbalari
tarkibida bank tizimi investision kreditlarning ahamiyati yuqori bo’lmoqda. Buni
quyidagi jadval ma’lumotlari orqali ko’rishimiz mumkin.
Ushbu jadval ma’lumotlariga ko’ra, 2010 yilgi investision dasturda
belgilangan kapital qo’yilmalarning umumiy hajmi 18220,3 mlrd. so’mni tashkil
etib, uning 8,4 foizi tijorat banklari kreditlari hisobiga moliyalashtiriladi. Shundan,
«Qishloq qurilish bank» ATBning imtiyozli kreditlari 256,0 mlrd. so’mni tashkil
qilib, asosan ushbu kreditlar qishloq joylarida uy-joy qurilishiga sarflanishi
rejalashtirilgan. 

Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   175




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling