Tadbirkorlik pdf
Download 1.93 Mb. Pdf ko'rish
|
tadbirkorlik
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat va muloxaza uchun savollar
Qisqa xulosalar
Mahsulot tannarxini hisoblashda faqat shu mahsulotni ishlab chiqarish bilan bog’liq xarajatlar hisobga olinadi. Mahsulotni sotish va ishlab chiqarishni boshqarish bilan bog’liq umumkorxona xarajatlari mahsulot tannarxiga kiritilmay davr xarajatlari hisobiga kiritiladi. Mahsulot tannarxini aniqlashda hisoblash obyektlarini bilish muximdir. Unga qilingan xarajatlarni alohida hisobga olish mumkin bo’lmaganligidan, umumiy ishlab chiqraish xarajatlarini hisoblash obyektlari bo’yicha to’g’ri taqsimlash muhimdir. Iqtisodiy hisob-kitoblarda mahsulot tannarxini rejalashtirish va hisoblashda xarajatlarni hisoblash moddalari bo’yicha guruhlash qabul qilingan. Keyingi yillarda ishlab chiqarish jarayonida iste’mol qilinadigan resurslar hamda xizmat ko’rsatish korxonalari ish va xizmatlari narxlarining tez sur’atlar bilan oshib borganligi mahsulotlar tannarxining ham qimmatlashib ketishiga sabab bo’lmoqda. Bu vaziyat aksariyat hollarda kichik tadbirkorlik korxonalari yetishtirayotgan mahsulotlarni zarar bilan sotishiga sabab bo’ladi. Shuning uchun kuchli raqobatga asoslangan munosabatlari sharoitida kichik tadbirkorlik korxonalari oldida mahsulot tannarxini har tomonlama pasaytirish yo’llarini izlab topish vazifasi turadi. Nazorat va muloxaza uchun savollar 1. Ishlab chiqarish xarajatlariga nimalar kiradi? 2. Mahsulot tannarxi nima? 3. Mahsulot tannarxi qanday usullar bilan hisoblanadi? 4. Sanoat korxonalarida mahsulot tannarxi qanaday hisoblanadi? 5. Asosiy vositalar amortizasiyasi deganda nimani tushunasiz? 6. Qishloq xo’jaligida mahsulot tannarxi qanday hisoblanadi? 7. Qishloq xo’jaligida mahsulot tannarxini hisoblashda xarajat moddalarini sanab bering? 8. "Boshqa xarajatlar" moddasiga qanday xarajatlar kiritiladi? 9. Mahsulot tannarxini hisoblash ketma-ketligi qanday amalga oshiriladi? 10. Mahsulot tannarxini pasaytirish yo’llari nimalardan iborat? Adabiyotlar 1. Karimov I.A. O’zbekiston Konstitusiyasi – biz uchun demokratik taraqqiyot yo’lida va fuqarolik jamiyatini barpo etishda mustahkam poydevordir. Prezident I. Karimovning O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi qabul qilinganining 17 yilligiga bag’ishlangan tantanali marosimidagi ma’ruzasi. // Xalq so’zi, 2009 yil 6 dekabr. 2. Karimov I.A. Asosiy vazifamiz – Vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini yanada yuksaltirishdir. Prezident I. Karimovning 2009 yilning asosiy yakunlari va 2010 yilda O’zbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng muhim ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasi. // Xalq so’zi, 2010 yil 29 yanvar. 3. “Barkamol avlod yili” Davlat dasturi to’g’risidagi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010 yil 27 yanvardagi PQ-1271 sonli Qarori. 4. Karimov I.A. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O’zbekiston sharoitida uni bartarf etish yo’llari va choralari.– T.: O’zbekiston 2009. 5. Xodiyev B.Yu., Qosimova M.S., Samadov A.N. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik. – T.: TDIU, 2010. 6. Samadov A,N., Ostanaqulova G.N. Kichik biznes va tadbirkorlik. -T.: Moliya-iqtisod, 2008. 7. Qosimova M.S., Samadov A,N. Kichik biznes va tadbirkorlik. -T.: O’zbekiston yozuvchilar uyushmasi, 2005. 8. Aniskin Yu.P. Organizasiya i upravleniye malыm biznesom: Uchebnoye posobiye. – M.: Finansы i statistika, 2008. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling