Tadbirkorlik pdf
Tannarxni hisoblash obyektlari aniqlanadi
Download 1.93 Mb. Pdf ko'rish
|
tadbirkorlik
- Bu sahifa navigatsiya:
- 7.2.3-rasm. Mahsulot tannarxini hisoblash ketma-ketligi
Tannarxni hisoblash obyektlari aniqlanadi
Mahsulot turlari bo’yicha ishlab chiqarish hajmi hisoblab chiqiladi Asosiy vositlarni saqlash xarajatlari tegishli obyektlar bo’yicha taqsimlanadi Ishlab chiqarishga xizmat ko’rsatuvchi bo’linmalar mahsuloti (ishi, xizmati) tannarxi aniqlanadi Sug’orish va yerni quritish xarajatlari taqsimlanadi Hisobga olish obyektlari bo’yicha jami ishlab chiqarish xarajatlari aniqlanadi O’simlikchilik mahsulotlari tannarxi hisoblanadi Chorvachilik mahsulotlari tannarxi hisoblanadi Chorvamollari tirik vazni va uni o’sishi tannarxi hisoblanadi Qishloq xo’jaligi mahsulotlarini qayta ishlovchi yordamchi ishlab chiqarish mahsulotlari tannarxi hisoblanadi 7.2.3-rasm. Mahsulot tannarxini hisoblash ketma-ketligi Har bir korxona uchun mahsulot tannarxini pasaytirish imkoniyatlarini izlab topish iqtisodiy samaradorlik nuqtai nazaridan muhim hisoblanadi. Chunki, mahsulot tannarxi qanchalik arzon bo’lsa, shunchalik korxona oladigan foyda miqdori oshib boradi. Keyingi yillarda ishlab chiqarish jarayonida iste’mol qilinadigan resurslar hamda xizmat ko’rsatish korxonalari ish va xizmatlari narxlarining tez sur’atlar bilan oshib borganligi mahsulotlar tannarxining ham qimmatlashib ketishiga sabab bo’lmoqda. Bu vaziyat aksariyat hollarda kichik tadbirkorlik korxonalari yetishtirayotgan mahsulotlarni zarar bilan sotishiga sabab bo’ladi. Shuning uchun kuchli raqobatga asoslangan munosabatlari sharoitida kichik tadbirkorlik korxonalari oldida mahsulot tannarxini har tomonlama pasaytirish yo’llarini izlab topish vazifasi turadi. Mahsulot tannarxini pasaytirish yo’llari quyidagilardan iborat bo’lishi mumkin: - ishlab chiqarishga yuqori unumli, ishonchli va arzon ishlab chiqarish vositalarini joriy etish; - asosiy aylanma fondlardan oqilona va samarali foydalanish; - ishlab chiqarishning material sig’imini kamaytirish va tejamkorlikka erishish; - mashina va texnikalarning kunlik va yillik ish unumini ko’tarish; - resurslarni tejovchi va chiqitsiz texnologiyalardan keng foydalanish; - ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishning ilg’or shakllaridan foydalanish; - mehnat unumdorligini oshirish; - mahsulotlar sifatini oshirish va nobudgarchilik, yo’qotishlarga yo’l qo’ymaslik; - qishloq xo’jaligida ekinlar hosildorligi va chorva mollari maxsuldorligin oshirish va boshqalar. Download 1.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling