Тошкент давлат педагогика университети дефектология факультети


Download 0.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana15.06.2020
Hajmi0.62 Mb.
#118880
  1   2   3   4
Bog'liq
rivojlanishida nuqsoni bolgan bolani tarbiyalashda oila va maktab hamkorligining shakl va metodlari


 

ЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИ 



ОЛИЙ ВА ЎРТА МАХСУС   ТАЪЛИМ  ВАЗИРЛИГИ 

НИЗОМИЙ   НОМИДАГИ  

ТОШКЕНТ  ДАВЛАТ  ПЕДАГОГИКА  УНИВЕРСИТЕТИ 

 

ДЕФЕКТОЛОГИЯ ФАКУЛЬТЕТИ 

 

 



 

 

Бакалавр даражасини олиш учун 

 

 

БИТИРУВ МАЛАКАВИЙ ИШИ 

 

 



 

Мавзу: 

Rivojlanishida nuqsoni bо‘lgan bolani tarbiyalashda oila va 

maktab hamkorligining shakl va metodlari 

 

Бажарди: 

4-босқич талабаси 



Alimova    Surayo

 

 

 

 

 

Илмий раҳбар: 

 

 

 

п.ф.н., доц.   



Нуркелдиева Д.А. 

Тошкент - 2014 йил 

 

 

 



 

 

MUNDARIJA 

Kirish 

1bob.  Rivojlanishida  nuqsoni  bо‗lgan  bolaning  shakllanishida  maktab  va 



oilaning о‗zaro hamkorligining dolzarb muammolari   

1.1 Oila- bolani ma‘naviy-ahloqiy shakllanishidagi ijtimoiy institut sifatida  

1.2.  Nuqsonga  ega  bola  tarbiyalayotgan  oiladagi  muammolarning  tarixiy 

jihatlari   

1.3  Rivojlanishida  nuqsoni  bо‗lgan  bolaning  shakllanishida  maktab  va 

oilaning hamkorlikdagi faoliyatini tashkil etish  

1 bob bо‗yicha xulosa 

2  bob.  Rivojlanishida  nuqsoni    bо‗lgan  bolani  oilasining  maktab  bilan 

hamkorligi holatini о‗rganish 

2.1.  Aqli  zaif  о‗quvchilar  oilasining  maktab  bilan  hamkorligi  holatini 

о‗rganish metodikasi 

2.2.  Aqli  zaif  о‗quvchilar  oilasining  maktab  bilan  hamkorligi  holatini 

о‗rganish natijalari 

2 bob bо‗yicha xulosa 

3  bob.Rivojlanishida  nuqsoni  bо‗lgan  bolaning  shakllanishida  maktab  va 

oilaning о‗zaro hamkorligi bо‗yicha metodik tavsiyalar 

  3.1. Hozirgi vaqtdagi ta‘lim jarayonida ota-onalar bilan ishlash  

3.2. Maktabning ota-onalar bilan hamkorligining mazmuni  

3.3. Maktab-va oilaning hamkorligini tashkil etish yо‗llari  

Xulosa 


Foydalanilgan adabiyotlar  

 

Kirish 



Mavzuning  dolzarbligi.  Prezidentimiz  Islom  Karimov  tomonidan  О‗zbekiston 

Respublikasi  Konstitusiyasi  qabul  qilinganining  21  yilligiga  bag‗ishlangan 

tantanali  marosimda  2014  yilni  mamlakatimizda  «Sog‗lom  bola  yili»  deb  e‘lon 

qilinishi barcha yurtdoshlarimiz tomonidan mamnuniyat bilan kutib olindi

1



Binobarin,  Davlatimiz  rahbarining  bunday  oqilona  qarorga  kelishi 



mustahkam  asoslarga  ega.  Boisi,  mustaqillikning  dastlabki  yillaridan  yurtimizda 

«sog‗lom ona — sog‗lom bola» masalasi davlat siyosatining ustuvor yо‗nalishiga 

aylandi. Farzandlarimizning hech kimdan kam bо‗lmay ta‘lim-tarbiya olishlari, о‗z 

bilim  va  iqtidorlarini  namoyon  qilishlari  uchun  barcha  shart-sharoitlar 

yaratilmoqda.  Natijada  bugungi  yosh  avlod  о‗zining  intellektual  va  jismoniy 

salohiyatlarini ishga solgan holda nufuzli olimpiadalarda, musobaqa va tanlovlarda 

zafar qozonib, yuksak marralarni qо‗lga kiritmoqda. Davlatimiz siyosatida nafaqat 

meyorida  rivojlanayotgan  bolalar,  balki  rivojlanishida  muammolari  bо‗lgan 

bolalarga ham e‘tibor juda kuchli.  

Oila-mahalla-ta‘lim muassasasi» hamkorligini yanada kuchaytirish bо‗yicha 

tasdiqlangan  chora-tadbirlar  majmuasi  doirasida  farzand  tarbiyasida  va  ta‘lim 

olishida  ota-onalarning  mas‘uliyatini  oshirish,  о‗quvchilarning  davomatini 

ta‘minlash borasida ham  muayyan ishlar amalga oshirilmoqda.  Jumladan, birgina 

joriy yilning о‗tgan davri mobaynida ta‘lim muassasalaridagi ta‘lim-tarbiya sifatini 

о‗rganish  maqsadida  25  mingdan  ortiq,  о‗quvchilarning  dars  jarayoniga  jalb 

etilishi bо‗yicha 21 mingta tadbirlar о‗tkazilib, о‗qishga muntazam qatnamaydigan 

bolalarning  ota-onalari  bilan  30  mingdan  ortiq  tushuntirish  ishlari  olib  borilgani 

ham yuqoridagi fikrning isbotidir. 

                                                           

1

 Prezident Islom Karimovning О‗zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi qabul qilinganining 21 yilligiga 



bag‗ishlangan tantanali marosimdagi ma‘ruzasi 

 

       О‗zbekiston Respublikasining «Ta‘lim tо‗g‗risida»gi Qonuni



2

 talablari asosida 

maktabgacha yoshdagi bolalarga ta‘lim —tarbiya berishning asosiy maqsadi - yosh 

avlodni milliy mafkurasi asosida sog‗lom har tomonlama rivojlangan shaxs sifatida 

tarbiyalash va maktab ta‘limiga tayyorlashdan iboratdir. Ushbu maqsadga erishish 

uchun maktabgacha yoshdagi maktabgacha yoshdagi bolalar bilan xam turli ishlar 

amalga  oshirilmoqda.  Ularning  bilish  faoliyatidagi  nuqsonlarini  bartaraf  etish 

ishlari korreksion ishlar tizimi asosida amalga oshirilishi lozimligi barcha maxsus 

adabiyotlarda  ta‘kidlab  о‗tilgan.  Bu  о‗rinda  maktabgacha  ma‘lim  muassasasining 

rivojlanishida  nuqsoni    bо‗lgan  bolani,  xususan    aqli  zaif  bolani  tarbiyalashda 

uning  oilasi  bilan  hamkorligi  ham  muhim  ahamiyat  kasb  etadi.  Defektolog 

rivojlanishida 

nuqsoni 

bо‗lgan  bolani  faqatgina  maxsus  muassasada 

tarbiyalashnigina amalga oshirmasdan, balki uning oilasi bilan ham ish olib borishi 

zarur.  Defektolog bolaning oilasiga psixologik, bolani tarbiyalashning tashkil etish 

yо‗llari,  usullarini  kо‗rsatib  borishi  lozim.    Aqli  zaif  bola  bilan  ishlashga  jalb 

etilgan  mutaxassis  bolaga  yaqindan  yordam  berish  uchun  uning  oilaviy  sharoiti 

xususiyatlarini tushunishi muhim. 

                  Sо‗nggi  yillarda  imkoniyati  cheklangan  bolalarning  ijtimoiylashuvi 

masalalari respublikamiz va chet elda pedagogika,  psixologiya va sotsialogiyaning 

dolzarb muammolariban biri safiga kirgan. Oiladagi shaxslararo munosabatlarning 

tuzilishida bolaning о‗rni  uning psixik  rivojlanishida  muhim  ahamiyat  kasb etadi. 

Maxsus  muassasalar  amaliyotida  shunday  yondoshish  mavjudki,  bunda 

rivojlanishida  nuqsoni  bо‗lgan  bola  tarbiyalayotgan  oilaning  muammosi  bolaning 

о‗zidagi muammolar prizmasidan qaraladi.  Ammo,  keyingi paytlarda u yoki bu 

nuqsonga ega bо‗lgan bolalarning ijtimoiy moslashuvi muammosigina emas, balki 

ular  tarbiyalanayotgan  oilalar  muammolariga  ham  e‘tibor  qaratilmoqda.  Maxsus 

ta‘lim muassasalari pedagoglari  kо‗pincha ota-onalarga farzandlarining psixik va 

jismonyi rivojlanishi xususiyatlari hamda oila sharoitida korreksion ish yuzasidan 

                                                           

2

 О‗zbekiston Respublikasining "Ta‘lim tо‗g‗risida"gi Qonuni. T.: "Sharq‖ , 1997. 



 

 

ba‘zi  bir  tavsiyalar  berish    yetarli  deb  hisoblaydilar.    Ammo,  bu  tavsiyalar  va 



tushuntirishlar  yetarlicha  bо‗lmaydi,  chunki  ular  rivojlanishida  muammolari 

bо‗lgan  farzandga  ega    ota-onalarning  turli    yо‗nalishdagi  mutaxassislardan 

malakali  yordamga  bо‗lgan  ehtiyojlarini  qondira  olmaydi.  Bundan  tashqari,  kо‗p 

ota-onalar bu tavsiyalarga rioya qilmaydilar.  Buning sababi ota-onalar shaxsidagi 

о‗ziga  xos  о‗zgarishlar  bо‗lib,  bu  о‗zgarishlar  ularga  rivojlanishida  nuqsoni 

bо‗lgan  bola  bilan  bog‗liq  vaziyatni  tо‗g‗ri  baholash,  bola  va  uni  о‗qitayotgan 

pedagog  bilan  zarur  bо‗lgan  munosabatlarni  о‗rnatishga  imkon  bermaydi.  

Kundalik  hayotda  rivojlanishida  nuqsoni  bо‗lgan    ota-onalar    juda  kо‗p 

muammolarga  duch  keladilar.  Bir  tomondan  ular  о‗zlarining  farzandlari  tarbiyasi 

va ta‘limi bilan bog‗liq vositalarni tanlashda qiynalsalar, ikkinchi tomondan, oilada 

nuqsonli bola dunyoga kelishi bilan bog‗liq bо‗lgan chuqur psixologik muammolar 

yuzaga keladi.   

Nuqsonli  bola  oilasining  alohida  muammolari    Bogdanova,  T.A.  , 

Shoumarov  G‗.B.,  Dobrovolskaya,  A.I.,  Zaxarova,  I.Y.  Levchenko,  Mamaychuk 

I.I.,  Martinova  V.L.,  Pyatakova  G.V.,  Mastyukova  YE.M.,  Mishina  G.A.,  Raku 

A.I.,  Semago  M.M.,  Skvorsova  I.A.,  Osipenko  T.N.,  Spivakovskaya  A.S.,  N.B. 

Shabalina,  A.R.  Sharipova,  N.N.  Shkolnikova,  V.V.,  Yurtaykina  boshqalar 

tadqiqotlarida yoritilgan.  

Bizning respublikamizda Nurmuxamedova L.SH. ―Oilada nogiron farzandni 

tarbiyalashning  pedagogik  xususiyatlari‖

3

  mavzusida  tadqiqot  ishini  olib  borgan 



bо‗lib,  uning  tadqiqoti  ota-ona  va  nogiron  farzandni  tarbiyalashning  pedagogik 

holatlarini о‗rganish va  pedagogik tavsiyalar ishlab chiqishga bag‗ishlangan.  

Rivojlanishida  nuqsoni  bо‗lgan  bola,  agarda  u  ma‘sus  ta‘lim  muassasasiga 

qatnayotgan  bо‗lsa  shaxsini  rivojlanishi,  ijtimoiy  yetukligining    muhim 

shartlaridan  biri  uning  atrorfdidagi  kattalarning:  ota-onalar  va  о‗qituvchilarning 

hamkorlikdagi  ishidir.    Bu  ishning  samarali  bо‗lishi  va  bolaning  ijtimoiy 

                                                           

3

 Nurmuxamedova L.SH.  Oilada nogiron farzandni tarbiyalashning pedagogik xususiyatlari. 



Ped.fan.nomz.dis....avtoref. – T.:Nizomiy nomidagi TDPU.2005. -26 b.

 

 



 

rivojlanishiga  tо‗laqonli  yordam  berishi  uchun  nima  qilish  lozim,    maktab  va 



bolaning  oilasini  hamkorligini  qanday  tashkil  etish  kerak  va  bundan  faqatgina 

pedagoglar  emas,  balki  kо‗p  jihatdan  ota-onalarning  qoniqishi  –  bu  masalalar 

maxsus pedagogika, korreksion pedagogikaning dolzarb masalalaridan biridir. 

        Shu  sababli    oiladagi  muammolarni    bilishi  va  ota-onalarni  aqli  zaif  bolani 

tо‗g‗ri  tarbiyalash  tamoyillari  va  metodlariga  о‗rgatish  kerak.  Bularni  amalga 

oshirish  uchun  maktabgacha  tar‘lim  muassasasi  doimo  ota-onalar  bilan 

hamkorlikda  ish  olib  borishi  zaruriyati  kelib  chiqadi.  Ana  shu  hamkorlikning 

muvaffaqiyatli  bо‗lishi  uchun  uning  tashkil  etishning,  olib  borishning  samarali 

usullarni,  yо‗llarini  bilish  muhim  ahamiyat  kasb  etadi.  Ana  shunga  bog‗liq 

ravishda 

tadqiqotimizning 

bitiruv 


malakaviy 

ishimizning 

mavzusini 

―Rivojlanishida  nuqsoni    bо‗lgan  bolani  tarbiyalashda  oila  va  maktab 

hamkorligining shakl va metodlari‖ deb belgiladik  

Tadqiqot  maqsadi:  rivojlanishida  nuqsoni  bо‗lgan  bolani  shakllanishida 

maktab va oilaning hamkorlik qilish shakllari va metodlarini aniqlash.  



Tadqiqot  obyekti:  rivojlanishida  nuqsoni  bо‗lgan  bolani    tarbiyalashda 

maktabgacha muassasa va oilaning hamkorligi jarayoni 



Tadqiqot  predmeti:  rivojlanishida  nuqsoni  bо‗lgan  bolani    tarbiyalashda  oila  va 

maktabning о‘zaro hamkorligi shakllari va metodlari 

Tadqiqot  vazifalari: 

1) 


Rivojlanishida nuqsoni bо‗lgan  bolaning  shakllanishida  maktab  va 

oilaning о‗zaro hamkorligi xususiyatlarini tadqiq etish; 

2) 

Maktabning ota-onalar bilan hamkorligining mazmunini yoritish; 



3) 

Rivojlanishida nuqsoni bо‗lgan  bolaning  shakllanishida  maktab  va 

oilaning hamkorligini shakl va metodlarini aniqlash.  

Belgilangan vazifalarni hal etishda quyidagi metodlardan foydalanildi:  

- nazariy metodlar (pedagogik va ilmiy-metodik adabiyotlarni о‗rganish; 


 

-defektologlar, tarbiyachilar bilan suhbat о‗tkazish; 



-ota-onalar о‗rtasida sо‗rovnoma о‗tkazish va uning natijalarini taxlil qilish. 

    Tadqiqotning  metodologik  asosini  –  Sharq  mutafakkirlarining  ma‘naviyat, 

milliy  о‗zlikni  anglash,  komil  insonni  tarbiyalash  haqidagi  falsafiy,  axloqiy 

qarashlari,  О‗zbekiston  Respublikasining  «Ta‘lim  tо‗g‗risida»  Qonuni,  ―Bola 

huquqlarini kafolatlari tо‗g‗risida‖gi  Qonuni,  «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi», 

milliy  istiqlol  g‗oyasi  va  mafkurasi,  prezidentimiz  I.A.Karimov  asarlarida  olg‗a 

surilgan ta‘lim haqidagi g‗oyalari tashkil etadi. 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

1bob. Rivojlanishida nuqsoni bо‘lgan bolaning shakllanishida maktab va 



oilaning о‘zaro hamkorligining dolzarb muammolari 

1.1 Oila- bolani ma’naviy-ahloqiy shakllanishidagi ijtimoiy institut 

sifatida 

Oila  bola shaxsini shakllanishida  ma‘naviy-ahloqiy muhit bо‗lgan va bо‗lib 

kelmoqda,    shuningdek,  xalqning  ijtimoiy  shakllanishiga  javob  beradigan    bosh 

ijtimoiy  institutdir.    Ijtimoiy  munosabatlarning  rivojlanishi,  ilmiy-texnikaning 

rivojlanishi  va  urbanizatsiyaning  ta‘siri  natijasi  oila  pedagogikasining  bola 

tarbiyasidagi  rolini  kamayishiga  olib  kelmoqda.  Ammo,  bola  shaxsini 

shakllanishida oilaning tarbiyaviy funksiyasi о‗zining ta‘sirini yо‗qotgani yо‗q 

4



Oilani tarixiy jihatdan kichik ijtimoiy guruxni tashkil etuvchi sifatida kо‗rib, 

uning  a‘zolari  nikoh  yoki  qarindoshlik  aloqalari  bilan  bog‗langan,  hayot  tarzi 

umumiy bо‗lgan,  о‗zaro ma‘naviy  javobgarlikka ega  zveno deb qaraladi

5



Halq 

tomonidan 

yaratilgan,qomusiy 

ahamityaga 

ega 

bо‗lgan 


―Pandnoma‖lar, buyuk allomalardan Abu Rayxon Beruniy, Imom Al-Buxoriy, At-

Termiziy, Amir Temur, Yusuf Xos Xojib, Alisher Navoiy, Muxammad Zaxriddin 

Bobur,  Mirzo  Ulug‗bek,  Axmad  Donish,  Abu  Ali  ibn  Sino,  Al  Forobiy,  Abdulla 

Avloniy  va  boshqa  о‗nlab  buyuk  shoir  va  mutaffakirlar  maktab  va  oilada  bolani 

xush-xulq,  ahloqiy  va  har  tomonlama  kamol  topgan  qilib  tarbiyalash  haqidagi 

qarashlari  о‗ziga  xos  xususiyatlarga  ega  bо‗lib,  о‗zining  alohidaligi  bilan  ajralib 

turadi. 

 

Abu  Ali  ibn  Sino  о‗zining  pedagogik  qarashlarida  jamoadan,  jamiyatdan 



ajralib tarbiya topgan bolaning baxtsiz bо‗lib qolishini ta‘kidlaydi

6



                                                           

4

 Васильева, А.К. Структура семи. // А.К. Васильева М.: Педагогика, 1988. – 164с. 



5

 Аркин Е.А. Родителям о воспитании. // Е.А. Аркин М.: Просвешение, 1997. – 204с. 

 

6

 Abu Ali ibn Sino. Tib qonunlari. Tabobat va meditsina haqida.  ZiyonET 



 

Jumladan,  Abu  Nasr  Forobiy  har  bir  kishining  baxt-saodatga  erishishida 



yolg‗iz  о‗zi  emas,  balki  kо‗plab  kishilarning  birgalikdagi  sa‘i-harakati,  odamlar 

faoliyati,  bu  davlatda  yashovchi  insonparvar,insonga  muhabbatni,  yuksak  ahloqiy 

kishilar ta‘sirida bо‗lishga intilish kerakligini kо‗rsatgan.  

Musurmonova  O.zamonaviy  milliy  pedagogikada  kо‗rib  о‗tilayotgan 

masalaning dolzarbligiga alohida ahamitya qaratgan holda, yangi tug‗ilgan bolaga 

ham xuddi nihol kabi parvarish zarurligini, pedagogik g‗oyaning tub mohiyati oila 

tarbiyasini tо‗g‗ri yо‗lga qо‗yish, mustahkamlash va yanada chuqurlashtirish bilan 

bog‗liqligini ta‘kidlab, quyidagicha xulosalaydi: ―Oila tarbiyasida hikmat (falsafiy-

pedagogik yо‗nalishlar) kо‗p‖

7



Har  bir  ota-onaning    bola  tarbiyasi  va  rivojlanishi  haqidagi  ilmiy-pedagogik 

bilimlarni  takomillashtirish  davssasasir  taqozosi  ekanligi,  bunday  dolzarb, 

murakkab  ish  maktabgacha  tarbiya  muassasasi  hamda  oila  hamkorligida  amalga 

oshiriluvchi  yagona,  yaxlit  tarbiya  tizimi  mavjud  bо‗lgandagina  ijobiy  natija  

berishini kо‗rsatib о‗tadi. 

Sharipova  D.J.  nogiron  bolalarga  qonunchilikda  belgilangan  kafolotlarni 

tо‗laqonli  yetkazish,  tibbiy-ijtimoiy  ishlarni  keng  kо‗lamda  о‗tkazish,  ularni 

kelajak  hayotga,  jamiyatga  moslashtirish  va  о‗z  о‗rinlarini  topishlarida  yordam 

berish  hozirgi  kundagi  dolzarb  muammolarligidan  biri  ekanligini  alohida  qayd 

etadi.  


 Oila  bolaga  bо‗lgan  ta‘sirining  chuqur  о‗ziga  xosligi  uchun  bolani 

tarbiyalashda  asosiy    omil  bо‗lib  xizmat  qiladi.  Oilaning  ishtirokisiz 

tarbiyalanayotgan bolalar oilada tarbiyalanayotgan bolalarga qaraganda  u yoki bu 

tomondan rivojlanishdan orqada qoladilar.   

Oilada tarbiyalashning zaruriyati quyidagilar bilan asoslanadi:  

1. Oilada tarbiyalash  boshqa tarbiyalarga qaraganda ancha hissiy  gabо‗lib, 

uning  ―о‗tkazuchi  yо‗li‖    ota-onalarning  farzandlariga  bо‗lgan  sevgisi  va 

                                                           

7

  Farzand  aziz,  ona  -  mо‗tabar:  Tо‗plam  /Tahrir  hay‘ati:  V.Karimova,  O.Musurmonova,  X.Sultonov  va  boshq.-



Toshkent: О‗zbekiston, 2001.-204 b. 

 


10 

 

bolalarining  ota-onalariga  bо‗lgan    javob  hislari  (bog‗langanlik,  ishonch)  bilan 



ajralib turadi.  

2.  Bola,  ayniqsa  ilk  yoshda  boshqa  ta‘sirlarga  qaraganda  oilaning  ta‘siriga 

moyil bо‗ladi. 

Z. Oila kichik guruxni, о‗ziga xos ijtimoiy  mikrokosmni tashkil etib bolani 

ijtimoiy  hayotga  asta-sekin  yо‗naltirish  va  uning  dunyoqarashi  va  tajribasini 

oshirishga bо‗lgan talablarga javob beradi.  

4.  Shu  bilan  birgalikda  oila  bir  xil  bо‗lmagan,    differensirlashgan  ijtimoiy 

gurux  bо‗lib,  unda  turli  yoshdagi,  turli  jinsdagi  ,  hatto  turli  kasbiy  tizimlar 

yotadigan  ijtimoiy    guruxdir.  Bu  bolaga  о‗zining  hissiy  va  intellektual 

imkoniyatlarini  faol  namoyon  etishga,  ularni  tezroq  amalga  oshirish  imkonini 

beradi

8



Oila 

faqatgina 

bolalarnigina 

emas, 


balki 

kattalarning 

ham 

ijtimoiylashuvining  muhim  omili  bо‗lib,  unga  insonning  butun  hayoti  davomida  



jismoniy,  hissiy  va  ijtimoniy  rivojlanishi    bog‗liq  bо‗ladi.  Jismoniy  rivojlanish 

oilaning mavjudligi va xarakteri bilan bog‗liq.  

Hissiy  rivojlanishda  oiladagi  muhim  va  munosabatlar  muhim  rol  о‗ynab,  u 

о‗zining a‘zolari uchun ―ekologik zona‖ hisoblanadi.  

Ijtimoiy  rivojlanish  jarayonida  oila  ma‘qullashi,  qо‗llab-quvvatlashi, 

e‘tiborsizligi  yoki  qoralashi  bilan    insonning  ijtmoiy  bog‗lanishiga    ta‘sir  qiladi, 

unga  murakkab  hayotiy  vaziyatlarda  yordam,  yoki  vaziyatdan  chiqish  yо‗lini 

izlashga, yangi ijtmoiy muhitga moslashuvida  halaqit berishi mumkin 

9



Oilada  tarbiya    bola  shaxsini  ijtimoilashuvi  uchun  faqatgina  jamoatning 



manfaatlariga  emas,  balki  ota-onalarning  ma‘naviy  ta‘siriga,  farzandlarning 

                                                           

8

 Ковалев, С.В. Психология современной семи. // С.В. Ковалев М.: Просвешение, 1988.- 342с. 



Маленкова, Л.И. Педагоги, родители и дети. // Маленкова Л.И. М.: Просвешение, 1994.- 474с. 

 

9



 Гребенников, И.В. Основи семейной жизни. // И.В. Гребенников М.: Просвешение, 1991.- 276с. 

11 

 

qо‗llab-quvvatlash,  himoyalanishga    bо‗lgan  manfaatlariga,  ota  –onalarning 



ma‘naviy yordamlariga imkon yaratadi. 

Oilaviy  hayotda  ijtimoiy-biologik,  ahloqiy-xuquqiy,  psixologik  va  estetik 

munosabatlar yotadi

10

 . 



Oilaning  tarbiyaviy  potensialini  uning  pedagogik    imkoniyatlarini 

belgilovchi  omillar  va  sharoitlar  tashkil  etadi.    Oilaning  tarbiyaviy  potensiali 

komponetlari sifatida quyidagilarni kо‗rsatish mumkin: 

- oila a‘zolarining soni va tuzilishi; 

-  oiladagi  ahloqiy-  psixologik  muhit,  oila  a‘zolari  о‗rtasidagi  muloqotning 

xarakteri; 

 

-  ota-onalarning  hayotiy  va  kasbiy  tajribasi,  ularning  ma‘lumoti  darajasi  va 



pedagogik madaniyati;  

- oiladagi vazifalarning taqsimlanganligi  (tarbiyaviy vazifalarning ham);  

- oiladagi  moddiy va maishiy sharoit;   

- oilada dam olishning iashkil etilishi, oilaviy an‘analarning mavjudligi

11



- oilaning maktab va boshqa ijtimoiy institutlar bilan о‗zaro aloqasi.   



Bolaning  tarbiyasida    oiladagi  ahloqiy-psixologik  muhit,  avlodlar  bilan  va 

er-xotin  о‗rtasidagi  munosabatlar  yetakchi  rol  о‗ynaydi.  Rus  pedagogi    V.  A. 

Suxomlinskiyning  kо‗rsatishicha,bolaning  tarbiyasidagi  asosiy  maktab  –  bu  er  va 

xotinning,  ota  va  onaning  о‗zaro  munosabatlaridir.  «Bolalarni  tarbiyalash  bu 

alohida  kuchlarni,  ma‘naviy  kuchlarni  berishdir.  Insonni  biz  sevgi  bilan,  otaning 

onaga, onaning otaga bо‗lgan sevgisi, xurmati orqali  dunyoga keltiramiz. Ota va 

onasi  bir  –birini  hurmat  qilgan  shuningdek    odamlarni  sevgan  va  hurmat  qilgan 

sevgan oilalarda tarbiyali bolalar ulg‗ayadi»

12



Oila  pedagogikasining  muhim  va  ajralmas  qismi  bu  ota-onalarning 



farzandlarini  sevishidir.  Ayniqcha  ilk  yoshlarida  ota-onalarning  farzandlariga 

                                                           

10

 Плотниекс, Н.Э. Психология в семье. // Н.Э. Плотниекс М.: Просвещение, 1991. – 325с. 



11

 Ковалев, С.В. Психология современной семьи. // С.В. Ковалев М.: Просвещение, 1988.- 342с. 

Плотниекс, Н.Э. Психология в семье. // Н.Э. Плотниекс М.: Просвещение, 1991. – 325с. 

12

 Кравцов, Г.Г. Личность формируется в семье. Г.Г. Кравцов  Дошкольное воспитание, 1991. - № 2.-С.12-17. 



12 

 

bо‗lgan  sevgisi,  e‘tibori  bо‗lmagan  oilalardagi  bolalarda    о‗smirlik  yoshga  kelib 



nevrotik  о‗zgarishlar  yuzaga  kelishi  mumkin.  Bolaning  tо‗laqonli  rivojlanishi 

uchun ham otaning ham onanining farzandga bо‗lgan sevgisi zarur.   

Oiladagi bо‗sh vaqt sferasi eng avvalo bolaning tarbiyasi,  oila a‘zolarining 

ma‘naviy rivojlanishi, ularning kelajakdagi mehnat faoliyatiga  psixik va jismoniy 

tayyorgarligi  uchun  sharoit  yaratadi.  Oiladagi  avlodlar  о‗rtasidagi  muloqot, 

munosabatlar (otaonalar-farzandlar, buvi va buvalar- nabiralar) tarbiyaviy xarakter 

tusini oladi vabshsh vaitlarini shunga qartishni nazarda tutadi

13

 [19, 37-38].  



Oilada  bо‗sh  vaqtni  tashkil  etishda  bir  oila  a‘zosining  manfaatlarini, 

qiziqishlarini  oilaning  boshqa  a‘zolari  qiziqishlariga  ham  tо‗g‗ri  kelishini,  ya‘ni 

ma‘lum bir psixologik kelishuvni e‘tiborga olish lozim. Oilaviy bо‗sh vaqt undagi 

qarama-qarshiliklar  va  muammolarni  ochadi,  bu  muammolar  boshqa  faoliyat 

doiralarida  keyinga  planga  surilishi  mumkin.  Bunday  muammolar  (obyektiv  va 

suyektiv)  er-xotinning  individual  xususiyatlari,  oila  qadriyat  sifatida  qarashga 

bо‗lgan psixologik ustanovkalari bilan bog‗liq bо‗ladi. Bо‗sh vaqtlardagi muloqot 

oilaning bir qator funksiflarini samarali amalga oshirishga imkon yaratadi [19, 81] 

Oilada  bola  tarbiyasining  samaraliligi  unga  ota-onalar  va  pedagoglar 

tomonidan qо‗yiladigan talablarning birligiga bog‗liq bо‗ladi.   

 

 

 



 

 

 



                                                           

13

 Маленкова, Л.И. Педагоги, родители и дети. // Маленкова Л.И. М.: Просвещение, 1994.- 474с



 


13 

 


Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling