Тошкент давлат педагогика университети дефектология факультети


 bob. Rivojlanishida nuqsoni  bо‘lgan bolani oilasining maktab bilan


Download 0.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana15.06.2020
Hajmi0.62 Mb.
#118880
1   2   3   4
Bog'liq
rivojlanishida nuqsoni bolgan bolani tarbiyalashda oila va maktab hamkorligining shakl va metodlari


2 bob. Rivojlanishida nuqsoni  bо‘lgan bolani oilasining maktab bilan 

hamkorligi holatini о‘rganish 

2.1. Aqli zaif о‘quvchilar oilasining maktab bilan hamkorligi holatini 

о‘rganish metodikasi 

2.2. Aqli zaif о‘quvchilar oilasining maktab bilan hamkorligi holatini 

о‘rganish natijalari  

Biz  kо‗pincha  ta‘limning  sifati  haqida  gapiramiz,  ta‘limda  uch  birlik- 

pedagog-bola-ota-ona munosabatlari  ham juda muhim hisoblanadi.   

Psixik  jarayonlarni  rivojlanishi  juda  murakkab  va  uzoq  davom  etuvchi 

jarayon  bо‗lib,  kompleks  va  uzviy  tasirni  talab  etadi.  Maxsus  muassasalarda 

mazkur  jarayon  bir  qator  mutaxassislar,  jumladan,  oligofrenopedagog,  tarbiyachi, 

psixolog,  musiqa  rahbari,  tor  mutaxassislikga  ega  shifokorlar  va  albatta  ota-

onalarning hamkorlikdagi ish faoliyati asosida amalga oshiriladi.  

         Aqliy  rivojlanishida  nuqsoni  mavjud    bolalar  alohida  yondashuvni  talab 

etadi.  


       Korreksion  ish jarayoniga ota-onani hamkor hamda uquvli yordamchi sifatida 

jalb etish katta ahamiyatga ega. 

Aqli  zaif  о‗quvchilar  oilasining  maktab  bilan  hamkorligi    о‗rganish  ishlari   

Toshkent  shahar  Mirobod  tumanidagi  57-  sonli  ixtisoslashtirilgan    yordamchi 

maktabda  о‗tkazildi.  Biz  sо‗rovnomani  2  –sinf  ota-onalari  о‗rtasida  о‗tkazdik. 

Sо‗rovnomada  10  nafar  ota-onalar  ishtirok  etdilar.  Sо‗rovnoma  natijalarini  taxlil 

qilishda quyidagi ma‘lumotlarga ega bо‗ldik.  

Farzandlari  2-sinfda  о‗qigani  uchun,  hamda  yordamchi  maktab  uylaridan 

ancha  uzoq  joylashgani  uchun  ular  farzandlarini  har  kuni  maktabga  olib  borib  va 

olib ketishlarini kо‗rsatganlar.  

Sо‗rovnomada  ishtirok  etgan  4  nafar  ota-onalargina  sinf  rahbarining 

familiyasini  bilishar ekan, qolganlari faqatgina ismini kо‗rsatdilar. 

Ota-onalarning barchasi о‗qituvchining ular farzandi haqida norasmiy suhbat 

о‗tkazishni yozganlar. 



25 

 

         Siz farzandingiz ta‘lim olayotgan muassasada о‗tkaziladigan turli tadbirlarda 



ishtirok  etasizmi  savoliga  3  nafar  ota-onalargina  doimo  deb  javob  berganlar,  2 

nafar  ota-onalar  ba‘zan,  5  nafari  esa  kо‗pincha  vaqtim  bо‗lmaydi  deb  javob 

berganlar.  

 

 



 

 

 



2 bob bо‘yicha xulosa 

       Aqli zaif о‗quvchilar oilasining maktab bilan hamkorligi  о‗rganish natijasida 

biz  sо‗rovnoma  о‗tkazgan  ixtisoslashtirilgan  maxsus  maktabda  maktab  va  ota- 

onalarning  hamkorlik  ishlari  birmuncha  darajada      yо‗lga  qо‗yilganligini  kо‗rdik. 

Sо‗rovnoma  natijalarining  taxlili  bizga  hamkorlik    ishidagi  ba‘zi  kamchiliklarni 

kо‗rsatdi.  Xususan,  sо‗rovnomada  ishtirok  etgan  ota  –onalarning  barchasi  ham 

maktab  hayotiga  faol  jalb  etilmagan.  Ular  ochiq  mashg‗ulotlarda  ishtirok 

etmaydilar,              maktabda  ota-onalar  va  bolalar  uchun  eslatma-tavsiyalar, 

taklifnomalar,  kitoblar  kо‗rgazmasi,  о‗yinlar,  bolalar  chizgan  yoki  birgalikda 

chizilgan  rasmlar,  fotokо‗rgazmalar,  gazetalar  tashkil  etilmaydi,  ota-onalarning 

barchasi 

ham 


muassasa 

mutaxassislarining 

(vrach, 

psixolog, 

logoped) 

rivojlantiruvchi ishlari haqida ma‘lumotga ega emas.   

       Maktabda  tashkil  etilgan  tо‗garaklar  haqida  ham  ota-onalarga  yetarlicha 

ma‘lumot  berilmagan.  Maktabda  ota-onalarni  jalb  etish  uchun  vasiylik  kengashi 

tuzilmagan. Ota-onalar uchun amaliy konferensiyalar о‗tkazilmaydi. О‗qituvchilar 

bilan  suhbatning  natijasida  ota-onalar  majlisiga  ham  kо‗pchilik  ota-onalar  faol 

qatnashmaydilar.                                                                                                             Bularning barchasi 

rivojlanishida nuqsoni  bо‗lgan bolani tarbiyalashda oila va maktab hamkorligining  



26 

 

tashkil etish va uning doimiy faoliyat kо‗rsatishi uchun samarali shakl va metodlari 



bilish hamda ularni amaliyotda qо‗llash zaruriyatini keltirib chiqaradi.  

 

 



 

 

 



 

 

 



3 bob. Rivojlanishida nuqsoni bо‘lgan bolaning shakllanishida maktab 

va oilaning о‘zaro hamkorligi bо‘yicha metodik tavsiyalar 

3.1. Hozirgi vaqtdagi ta’lim jarayonida ota-onalar bilan ishlash 

О‗zbekiston  respublikasining  ―Ta‘lim  tо‗g‗risida‖gi  Qonunida  ta‘lim 

muassasalari  oldida  turgan  asosiy  masalalardan  biri  ―bola  shaxsining  tо‗laqonli 

rivojlanishida  oila  bilan  о‗zaro  hamkorlik  qilish‖  deb  kо‗rsatilgan.  Bu  ustuvor 

yо‗nalish  ta‘lim  sohasida  olib  borilayotgan  ishlarning  barcha  jabhalarini  qamrab 

oladi. 


Bolalarni  tarbiyalash  ota-onalarni  pedagogik  bilimlarini  oshirish  bilan 

chambarchas  bog‗liq.  Ota-onalar  tomonidan  bolaning  xarakteriga  asos  solinadi, 

uning  atrofdagilar  bilan  о‗zaro  munosabatlari  shakllanadi.  Har  bir  oila  farzandini 

о‗zicha tarbiyalaydi, ammo har bir oila turli vaziyatlardan kelib chiqqan holda turli 

darajada  malakali  pedagogik  yordamga  muhtoj  bо‗ladi.  Lekin,  hamma  ota-onalar 

ham  bu  yordamni  qabul  qilmaydilar.  Bolani  kuzatayotgan,  uning  muammolarini 

biladigan  pedagogning  vazifasi  ota-onalarni  hamkorlikka  jalb  qilish  yoki  ularni 

pedagogik tamoyillarni tushunish va bilishga yо‗naltirishdir. 



27 

 

Rivojlanishida  nuqsoni    bо‗lgan  farzand  yashayotgan  va  tarbiyalanayotgan, 



maktabda  о‗qiyotgan    oilalar  turli  bо‗lib,  bular  oilaning  ijtimoiy-iqtisodiy 

sharoitlarida,  ota-onalarning  ma‘lumoti,  ularning  tarbiya  muammolari  bо‗yicha 

xabardorligida namoyon bо‗ladi. Bolalar-va ota-onalar о‗rtasidagi munosabatlarda 

muammolar, qiyinchiliklar kelib chiqadi.  

A.S.  Spivakovskayaning  ma‘lumotlariga  kо‗ra  ota-onalar  о‗tkasida 

о‗tkazilgan  sо‗rovnomalar  ularning  korreksiyalash  masalalari  bо‗yicha 

pedagoglarga murojaat etmasliklarinig sabablarini kо‗rsatgan. Bularga: 

 - ota-onalar qiyinchiliklarga e‘tibor bermasliklari; 

-noqulay  deb  hioblashlari,  chunki  bu  turdagi  maslahatlar  pedagogning 

vazifasiga kirmaydi;  

- pedagog bilan muloqot qilishda qiynaladilar; 

-muammolarni о‗zlari hal qilamiz deb hisoblaydilar; 

 - pedagogning kasbiy kompetensiyasidan shubhalanadilar

24

; . 



Pedagoglarga bu muammoga boshqa tomondan qaraydilar: 

-  ota-onalar  indamasdan  muammolarni  tinglaydilar,  lekin  barcha  ishlarni 

о‗zlaricha qiladilar; 

- ota-onalar bilan gaplashish qiyin, chunki ular о‗zlarini haq deb biladilar va 

farzandlarining tarbiyasiga boshqalar aralashishlarini istamaydilar; 

- kо‗p ota-onalarning yoshi pedagognikidan katta va shuning uchun ularning 

e‘tiborini qozonish  va bolasining tarbiyasi bо‗yicha maslahatlar berish mushkul. 

Bularning  barchasi  yana  bir  bor  oila  bilan  ishlashda  defektolog  uchun  hal 

etilmagan  kо‗plab  masalalar  mavjudligini    kо‗rsatadi.  Maktabning  pedagogik 

jamoasi  rivojlanishida  nuqsoni  bо‗lgan    ota-onalarga  yordam  berishlari    uchun 

avval  maktab,  muassasa  xodimlari  bilan  tizimli  va  maqsadga  yо‗naltirilgan 

ishlarni, sо‗ngra esa pedagoglarning ota-onalar bilan  asta-sekinlik, har tomonlama 

                                                           

24

 Спиваковская, А.С. Как быть родителями: (О психологии родительской любви). // А.С. Спиваковская М.: 



Педагогика, 1986.- 243с. 

 


28 

 

о‗ylab  kо‗rilgan  ishlarni  olib  borish  lozim.  Bolalar  va  ularning  ota-onalari  bilan 



obyektiv  vaziyatni  e‘tiborga  olgan  holda  ishlashni  о‗rganigsh  zarur.    Chet  el  va 

respublikamizdagi  olimlar  maktab  oilaning  ehtiyojlarini  faqat  tо‗liq  ravishda 

―ochiq tizim‖ bо‗lganida qondira olishini isbotlab berganlar. 

Ota-onalar  erkin, о‗zlarining vaqtlaridan va istaklaridan kelib chiqqan holda 

maktab  hayotiga  kirib  borib  bolaning  maktabdagi  faoliyati,  pedagogning  bolalar 

bilan muloqot qilish usuli  bilan tanishish imkoniyatiga ega bо‗lishlari kerak. Ota-

onalarga  farzandining  о‗qish  va  boshqa  faoliyatini  uzatishga  ikon  berib 

pedagoglarning  bolalarga  munosabati,  g‗amxо‗rligi,  diqqat-e‘tiborini  kо‗rstish 

ularning maktab xodimlariga bо‗lgan ishonchini orttiradi.   

Ota-onalar  uchun  maktabning  ochiqligi  ularning  pedagogik  bilimlarini, 

kompetentligini oshirishga yordam berishi  mumkin. Pedagoglar va ota-onalarning 

hamkorligi quyidagi tamoyillarga asoslanishi kerak: 

 -bolaning  maktabda  va  oilada  hissiy,  ma‘naviy  va  jismoniy  ehtiyojdarini 

qondirish;   

-maktabda va oilada tarbiyalash va rivojlantirishda birdamlik;   

-bola shaxsini ota-onalar va pedagoglar tomonidan hurmat qilinishi;  

- pedagoglar tomonidan oiladagi tarbiyani, ota-onalar  tomonidan- jamiyatda 

tarbiyalash shartlarini e‘tiborga olinishi. 

Maktab  yo  pedagogik  dialog  bilan  kirib  borib  oila  bolaning  tarbiyasi 

bо‗yicha aniq bilimlarga ega bо‗ladi, mutaxassislarning ish shakllari, usullari bilan 

tanishadi, oilada tarbiyalash mahoratiga ega bо‗ladi.   

Hozirgi vaqtda ota-onalar bilan ishlash yangi darajada bо‗lib, uning vazifasi  

rivojlanishida  nuqsoni  bо‗lgan  bolaning  hayoti  sifatini  oshirish  va  maktab,  oila 

sharoitida rivojlantirishdir

25



Pedagoglarning 



ota-onalar 

bilan 


hamkorligi 

pedagogning 

kasbiy 

mahoratining  о‗sib  natijasidagina  amalga  oshadi.  Korreksion  pedagogika, 



                                                           

25

 Лесгафт, П.Ф. Семейное воспитание ребенка и его значение. // П.Ф. Лесгафт М.: Просвещение, 1991.-423с. 



 

29 

 

psixologiya  va  boshqa  sohalar    bо‗yicha  bilimlar  bilan  qurollangan  pedagog  ota-



onalarbilan bemalol muloqot qila oladi, ular bilan  rivojlanishida nuqsoni bо‗lgan 

bolani  tarbiyalash  va  rivojlantirishga  qaratilgan  muammolarni  hal  etishda 

sherikchilik iladi. Bunga maktabning oila uchun ochiligi imkon yaratadi: 

 - ota-onalar tomonidan maktabga tizimli ravishda qatnash; 

- bayramlarni birgalikda о‗tkazish; 

-  pedagoglar tomonidan tarbiyalanuvchilarining oilasiga tashrif buyurish va 

bunda ota-onalar bilan hamkorlik rejalarini tuzish; 

Suhbatlar,о‗tkazish, maslahat berish, bolalar faoliyatini kо‗rish va hokazo. 

Oila ham pedagoglar tomonidan hurmat qilinishini talab etadi

26



Hozirgi  vaqtda korreksion ta‘lim  bosqichida  ota-onalar  bilan sifatli  ish  olib 

borishning maqbul yо‗nalishlariga quyidagilar kiradi: 

1  yо‗nalish.  Korreksion  pedagogika  va  psixologiyaning    ―klassik 

tizimi‖ining  eng  yaxshi  tomonlarini  amalda  qо‗llash.  Oila  bilan  ishlashda 

buyruqbozlik,  korreksion  muassasaning  ―yopiqligidan‖voz  kechish.  Avvalgi  eng 

yaxshi  tajribalarni  zamonaviy  texnologiyalar  korreksion  pedagogika  sohasidagi 

ishlanmalar bilan birlashtirish. 

Ikkinchi  yо‗nalish.  Ota-onalar  bilan  ishlash  oilada  tarbiyalashning  tajribasi 

bilan  tanishini  nazarda  tutadi,  shu  tarzda  oiladagi  tarbiya  va  jamoatdagi  tarbiya 

yaqinlashadi.    Oiladagi  tarbiyaning  eng  yaxshi  namunalaridan  maktab  sharoitida 

ham foydalanish zarur, maxsus muassasaning yutuqlari oila uchun kerakdir.   

Maxsus  muassasa  va  oilaning  hamkorligini  yangi  shakliga  rivojlanishida 

nuqsoni  bо‗lgan  bolalarni  tarbiyalash  masalalari  bо‗yicha  pedagogik  adabiyotlar 

kо‗rgazmasini  tashkil  qilish,  ota-onalarga    bolalar  rivojlanishidagi  nuqsonlarni 

tashxis  qilish  va  korreksiyalashga,  pedagogik  taxminlar,  psmixologik  testlashga 

doir fandagi yutuqlar haqida ma‘lumot berish kiradi.   

                                                           

26

 Кравцов, Г.Г. Личность формируется в семье. // Г.Г. Кравцов // Дошкольное воспитание, 1991. - № 2.-С.12-



17. 

 


30 

 

Uchinchi  yо‗nalish.  Korreksion  pedagogika  va  psixologiya  sohasi  bо‗yicha 



zamonaviy  ilmiy    hamda  xalq  pedagogikasidagi  eng  yaxshi  tajribalar  asosida 

mutaxassislarni  tayyorlash.  Hozirgi  zamon  korreksion  pedagogikasida  xalq 

pedagogikasining eng zо‗r tarbiya an‘analari am e‘tiborga olish

27

.  



 

 

 



3.2. Maktabning ota-onalar bilan hamkorligining mazmuni  

Pedagoglar va ota-onalarning о‗zaro hamkorligi bosqichma-bosqich amalga 

oshirilishi  va  uning  vazifasiga  ota-onalarning  faol  pedagogik  pozitsiyasini 

shakllantirish  kirishi  lozim.  Tо‗g‗ri  tashkil  etilgan  ish  ta‘limiy  xarakterga  ega 

bо‗ladi.  Pedagog  oilada  tarbiyaning  ijobiy  tajribalariga  tayanishi,  uni  yoyishi 

kerak.  Hamkorlikning  eng  birinchi  va  hal  qiluvchi  sharti  pedagog  va  ota-onalar 

о‗rtasidagi  ishonchli  munosabatlardir.  Aloqa  shunday  bо‗lishi  kerakki,  ota-

onalarda tarbiyaviy va taxlimiy jarayonga nisbatan qiziqish uyg‗onsin. 

Ikkinchi, yanada ahamiyatli bо‗lgan vazifa – oilani pedagogik kо‗nikma va 

bilimlar  bilan  qurollantirishdir.  Pedagogik  hamkorlik  jarayonini  bunday  tarzda 

tashkil  etish  natijasida    ota-onalarning  faqatgana  о‗zining  farzandini 

tarbiyalashdagina 

ema, 

balki 


butun 

sinning 


tarbiyaviy 

ishlarida 

faol 

ishtirochkchiga  aylanishini  kо‗rish  mumkin.  Pedagoglar  va  ota-onalar  sherik 



sifatida bir-birlarini tо‗ldirib boradilar. Sherikchilik munosabatlari ikkala tomnning 

tengligini, о‗zaro iliq munosabat va hurmatni nazarda tutadi.  

Oila va  maktabning hamkorligida quyidagilar nazarda tutiladi:  

-  oilani  uning  bola  tarbiyasidagi  imkoniyatlarini  aniqlash  maqsadida 

о‗rganish; 

- oilalarni bola tarbiyasidagi ahloqiy imkoniyatlari bо‗yicha guruxlash;  

                                                           

27

 Маленкова, Л.И. Педагоги, родители и дети. // Маленкова Л.И. М.: Просвещение, 1994.- 474с. 



 

31 

 

- pedagog va ota-onalarning birgalikdagi harakatlari bо‗yicha dastur tuzish;  



 

  - tarbiyaviy faoliyatning oraliq va yakuniy natijalarini taxlil qilish;. 

Hozirgi  vaqtda  barcha  mutaxassislar  ota-onalarni  maktab  ishiga  jalb 

etishning  zarurligini  tan  oladilar,  ammo  pedagog  va  ota-onalarning  о‗rtasidagi 

munosabatlarda    ma‘lum  bir  disgarmoniya,  muvofiq  emaslik  ham  kuzatiladi. 

Bunday  munosabatlarning  rivojlanishiga  shaxsiy  hamda  kasbiy  omillar  tо‗sqinlik 

qilishi  mumkin:  vaqtning  yetishmasligi,  о‗ziga  ishonmaslik,  etnik  stereotiplar, 

alam  qilish  hislari-  bularning  barchasi,    shaxsiy  va  kasbiy  qarashlar  oilalarga 

bolalarining  tarbiyasida  faol  ishtirokchi  bо‗lishiga  tо‗sqinlik  qiladi.    Shuning 

uchun pedagoglarning о‗zlari tashabbus kо‗rsatib har bir alohida oila bilan qanday 

hamkorlik    qilishni  tushunishlari  kerak.  Ota-onalarning  ishtirokida  individual 

yondoshish  tamoyilidan  foydalanib  kо‗pchilik  oilalarni  ishga  jalb  etishning  turli-

tuman usullarini ishlab chiqish mumkin. 

Ota-onalarning ishtirokini 5 darajasi ajratiladi 

1) bir martalik yordam kо‗rsatish;  

2) 


ota-onalarning 

qobiliyatlaridan 

ba‘zan  mashg‗ulotdar  о‗tishda 

foydalaniladi;  

3) 

ota-onalar 



doimiy 

ravishda 

yordam 

kо‗rsatadigan  kо‗ngilli 



yordamchilarga aylanadilar;  

4)  ota-onalar  sinfda  ishning  asosiy  yо‗nalishlarini  aniqlashga  yordam 

beradilar;  

5)  ota-onalar  maktabning  ishida  yordam  beradigan    kо‗p  masalalarni 

muhokama qilishda ishtirok etadilar;. 

Har  bir  variantda  ota-onalarda  tajriba  almashishb,  bir-biridan  ma‘ulm  bir 

malakalarni  о‗rganish  imkoniyati  mavjud.  Shuning  uchun  ish  davom  etgan  sari 

ota-onalar ishtirokining  imkoniyatlari   kо‗payib boradi.  Pedagog oila a‘zolarining 

qaysi  biri  sinfning  ishida  ishtirok  etishidan  fqat‘iy  nazarmota-onalarga  yordam 

berishga  doimo  tayyor  bо‗lishi  kerak.  Asta-sekinlik  bilan  berilgan  yordam  va 



32 

 

qо‗llab-quvvatlash  ota-onalarga о‗zarini ancha dadil tutishga,  mustaqil ishlashga 



imkon yaratadi. 

Ota-onalarning  kuchli  tomonlari  va  ijobiy  sifatlari  e‘tiborga  olish  ishning 

muvaffaqiyatli  bо‗lishini  ta‘minlaydi.  О‗zaro  munosabatlarning  rivojlanib  borishi 

bilan  ishonch  mustahkamlanadi,  ota-onalar  rivojlanishida  nuqsoni  bо‗lgan  bolani 

tarbiyalashda ma‘lum bir ma‘suliyatga ega bо‗ladilar.  

Bolani  har  tomonlama  rivojlantirishda  maktab  va  oila  hamkorligining 

mazmuni,  shakl  va  metodlarini  takomillashtirish  juda  muhim.  Maxsus  muassasa 

pedagogi  bu  vaziyatda  bolalarning  tarbiyachisi  va  ota-onalarning  sherigi  sifatida 

ish  kо‗radi.  Pedagoglar  va  oila  a‘zolari  о‗rtasidagi  aloqaning  xarakteri  va 

samaraliligi    maktabning  oila  bilan  hamkorligidagi  ishning  metodlarini  tо‗g‗ri 

tanlashiga ham bog‗liq bо‗ladi.   

Shunday  qilib  rivojlanishida  nuqsoni  bо‗lgan  bolani  shakllanishida  maktab 

va oilaning о‗zaro hamkorligi muhim va ahamiyatlidir.  

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



33 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

3.3. Maktab-va oilaning hamkorligini tashkil etish yо‘llari  

Rivojlanishida  nuqsoni  bо‗lgan  bolalarni  tarbiyalashda  maktab  va  oilaning 

hamkorligi  muhim  bо‗lib  uning  samarali  bо‗lishi  pedagog  va  ota-onalarning  bir 

fikrdaligidan kelib chiqadi. 

Rivojlanishida  nuqsoni  bо‗lgan  bolaning  shaxsni  shakllanishida  va 

rivojanishida ham pedagog va ota-onalarning hamkorligi zarur.  

Ota-onalarning  bola  hayotida  faqatgina  uyda  emas,  balki  maktabda  ham 

ishtiroki:  

- dunyoni bolalar pozitsiyasida kо‗rishga;   

- farzandiga о‗ziga teng sifatida qarashga;   

- bolaning kuchli va kuchsiz tomonlarigi bilish va ularni e‘tiborga olish;  

- bolani hissiy о‗llab-quvatlashga tayyor bо‗lish;   

-bola  bilan  ishonchli  munosabatlar  о‗rnatish,  uning  ishlarida  ishtirok  etish, 

uning quvonchlari va g‗amlarini birgalikda sezish imkonini beradi.  

Zamonaviy  tadqiqotlar  bolaning  tarbiyasida  oilaning  asos  ekanligini 

ta‘kildaydi  va  oiladagi  tarbiyaning  kuchi  va  turg‗unligini  beglilaydigan  omillarni 

kо‗rsatib bergan. Bularga quyidagilar kiradi: 



34 

 

1.  chuqur,  hissiy  xarakterga  ega  bо‗lgan  ota-onaning  farzandga  bо‗lgan 



sevgisi va unga javob hislar;   

2.  onaning,  otaning  va  boshqa  oila  a‘zolarining  tarbiyaviy  ta‘sirining 

doimiyligi va uzoq davom etishi;   

3. ilk yoshdanoq bolaning turli faoliyatga jalb etish.  

Pedagoglar  va  ota-onalar  birgadikdagi  harakatlari,  intilishlari  bilan 

istalyotgan natijalarga erishishga harakat qilishlari kerak.  

Ota-onalar va pedagoglar quyidagilarni esda saqlashlari lozim: 

- bola shaxs va biz uning individualligini qо‗llab-quvvatlashimiz zarur; 

-ota-onalarda va pedagoglarda bola unga yordam berishga tayyor insonlarni 

kо‗rishi, his etishi lozim;   

-  pedagoglar  bolalarda  ota-onalariga  bо‗lgan  beqiyos  hurmat  hissini 

tarbiyalashlari lozim;   

-ota-onalar  bolada  pedagogga  nisbatan  ishonch  hissini  tarbiyalashlari  va 

guruxning ishlarida faol ishtirok etishlari lozim;  

Ota-onalar  va  pedagoglar  tarbiyaga  bо‗lga  munosabatini  о‗zgartirishi, 

yoshining  psixologik  xususiyatlarini  bilish    asosida    bola  bilan  dialoglar 

о‗tkazishni;   

-ota-onalar  va  pedagoglar  bolani  tarbiyalashda  va  о‗qitishda  tushunish, 

ehtiyotkorlik, madaniyatli mnosabatda bо‗lishlari, bolaning sizgi va hislarini inkor 

emasliklari zarur.  

Maktab va oilaning hamkorlik shakllariga quyidagilar kiradi: 

- oilaga tashrif buyurish; 

- suhbatlar, shkola roditel rebenok otkloneniye 

- maslahatlar; 

-ota-onalar majlislari, seminar-praktikumlar;  

- ochiq eshiklar kuni; 

- ochiq darslar, mashg‗ulotlar; 

- ota-onalar  konferensiyalari; 

- sо‗rovnomalar о‗tkazish;  


35 

 

- yaxshi ishlar kuni;  



- ma‘lumot kechalari;  

- stol atrofidagi muhokamalar;  

-  maktab  mutahassislari  bilan  uchrashuv  kechasi;    (psixolog,  logoped. 

metodist, vrach); 

- adabiyotlar kechasi;  

- sport musobaqalari; 

- dam olish kechalari; 

- xalq bayramlari;. 

Ota-onalar  bilan  hamkorlikda  ishlashning  eng  samarali  shakklaridan  –bular  

stol  arofidagi  suhbat,  tajriba  almashish,  sо‗rovnoma,  yangi  metodik  adabiyotlar 

bilan  tanishish,  ochiq  eshiklar  kuni,  yakka  tartibdagi  maslahatladir.  Bayramlar 

umumiy ishning sevimli qismidir. Bayramlarda ota-onalar tо‗laqonli ishtirokchilar 

bо‗lib,  yangiliklar  bilan  tanishadilar,  g‗oyalar  almashinadi,  amaliy  maslahatlar, 

bayram liboslarini tayyorlash bо‗icha ishlar maslahatlashiladi. 

Bunday  yondoshuv  ijodiy  hamkorlikka  undaydi,  ishonch  uyg‗otadi,  kо‗p 

muammolarni hal etadi.  

Oilada  rivojlanishida  nuqsoni  bо‗lgan  bolani  tarbiyalashda,  uning  shaxsini 

rivojlantirishdagi  ijobiy  muhitni  yaratishda  eng  avvalo,  psixologik-pedagogik 

bilimlar, amaliy kо‗nikma va malakalarga ega bо‗lish lozim.  

Ota-onalarning 

pedagogik 

madaniyatini 

va 

maktadagi 



hamkorlik 

jarayonidagi  ishtiroki  darajasini  aniqlashda  ijtimoiy-pedagogik  mktodlardan 

sо‗rovnoma, test, yakka suhbatlar, oilaga borish, bolalar va klarning ota-onalarini 

kuzatish metodlarini qо‗llash mumkin.  

Ota-onalarning toifalariga bog‗liq  ravishda  yangi  faol  ish shakllaridan  ―stol 

atrofidagi  yig‗ilishlar‖,  auksionlar,  kо‗rgazmalar,  viktorinalar,  pedagogik 

kaleydoskoplar,  disputlar,  qiziqishlari  bо‗yicha  klublar,  tanlovlar,  ―Savol-javob 

kechalari‖dan foydalaniladi.   



36 

 

Hamkorlikni  tashkil  etishda  pelagoglarning  о‗zlarini  ham  kasbiy 



malakalarining 

darajasini 

oshirish 

 

zamonaviy 



talablardan,ta‘limni 

modernizatsiyalashga bо‗lgan kelib chiqqan holda amalga oshirilishi kerak. 

Maktab va oota-onalarning hamkorligining mazmuni va metodikasi 

quyidagilardan о‗z ichiga oladi: 

1. bolalarni tarbiyalash ishida  maktab va oilaning birligi;  

2.pedagoglar va ota-onalar о‗rtasida о‗zaro ishonch, bolaning qiziqishlari va 

ehtiyojlarini    va  tarbmiyachilar  sifatida  о‗zlarining  vaziflarini  tushunish;  oilada 

pedagogning, maktabda ota-onalarning hurmatini mustahkamlash;  

3. ijobiy tanqid va о‗z-о‗zini tanqid asosida tо‗g‗ri munosabatlarni о‗rnatish;  

4. rivojlanishida nuqsoni bо‗lgan bolalarni tarbiyalashda о‗zaro yordam;  

5.  oilada  tarbiyalashning  eng  maqbul  tajribalarini  о‗rganish  va  ularni  ota-

onalar  о‗rtasida    tashviqot  qilishi,  maktab  ishida  oilada  tarbiyalashning  ijobiy 

metodlaridan foydalanish;  

6.  maktabning  oila  bilan  ishlashida  turli  ish  shakllaridan  foydalanish:  ota-

onalar  va  oilaning  boshqa  a‘zolari  bilan  tanishish,  maslahatlar,  ota-onalarning 

guruxli  va  umumiy  majlislari,  konferensiyalari,  ota-onalar  universitetlari, 

tashviqotning kо‗rgazmali shakllari; 

7. ota-onalar bilan individual va guruxli ishlash shakllari bir-birini tо‗ldiradi. 

Ota-onalar  bilan  pedagogning  har  kungi  muloqoti  individual  ish  uchun  katta 

imkoniyatlar yaratadi, maktab va oilaning aloqalarini mustahkamlaydi;  

8.  ota-onalarning  faollarini,  jamoatchilikni  maxsus  ta‘lim  muassasasining 

faoliyatiga, ota-onalar bilan ishlashga jalb etish. 

Tadqiqot  asosida  ota-onalarni  maktab  faoliyatiga  jalb  qilish  bо‗yicha 

harakatlar yо‗nalishini ajratishimiz mumkin:  

1. Oila va maktab о‗rtasidagi dastlabki aloqalar: 

—  ota-onalarni  bolalari  bilan  yoki  ularsiz  muassasani  mashg‗ulotlar 

boshlanguniga qadar taklif qilish;  

— pedagoglarning oilalarga borishi;  

— muassasa haqida ota-onalarga yozma ma‘lumotlar berish;  


37 

 

— shartnoma tuzish.  



2.  Keyinchalik  ota-onalar  va  pedagoglarning  о‗zaro  hamkorligi  quyidagi 

jarayonlarda  amalga oshiriladi:  

—  ota-onalar  farzandlarini  muassasaga  olib  kelganlaridagi  va  olib 

ketayotganlaridagi kundalik aloqalar;  

—  ota-onalar  bilan  bolalari  haqida,  ularning  muvaffaqiyatlari  va 

muammolari bо‗yicha norasmiy suhbatlar;  

— ota-onalarni farzandlari haqidagi yozma ma‘lumotlar bilan tanishtirish;  

— vrachga borish kerakligi haqidagi maslahatlar va hokazo;  

—  ota-onalarni  farzandlari  qanday  о‗qiyotganini  bilish  yoki  muassasaning 

ishi bilan tanishishlari uchun maktabga kelishlari. 

Ota-onalarga  maktabga  yordam  kо‗rsatish  taklif  etiladi;  ular  о‗yin 

majmualarini ishlab chiqishda, bolalar uchun materiallar yig‗ishda va hokazolarda 

yordam bera oladilar.  

4.  Ota-onalar  bolalarning  muassasaga  kо‗nikib  ketishi  maqsadida  kundalik 

mashg‗ulotlarda,    turli  xil  tadbirlarda  ham  ishtirok  etishlari;  kundalik 

mashg‗ulotlarda, ekskursiyalar о‗tkazishda va boshqa tadbirlarda yordam berishlari 

mumkin.  

5. Ota-onalar uylarida bolalari bilan ishni davom ettiradilar yoki uy rejasini 

bir qismini amalga oshiradilar.  

6.  Ota-onalar  farzandlari  tо‗g‗risida  qaror  qabul  qilishda  ishtirok  etishlari  

mumkin;  ota-onalar  komitetlari  muassasaning  ishiga  doir  masalalarni  hal  etishda 

ham ishtirok etadilar.  

7.  Ota-onalar  uchun    jamoatchilik  tadbirlari  samaralidir,  ularga  tarbiya 

masalalari  bо‗yicha  kurslarga,  seminarlarga  borish,  ma‘ruzachilarni  taklif  etish, 

ota-onalar klubining ishlari va hokazolar kiradi.  

8.  Maktab  ota-onalarga  bolani  parvarishlash,  rivojlantirish,  oilada 

tarbiyalash  yuzasidan  ma‘lumotlar  va  amaliy  maslahatlar  yig‗ishda,  krizisli 

vaziyatlardan chiqishda yordam beradi. 



38 

 

Pedagoglar ham, ota-onalar ham bolalarni sog‗lom va baxtli bо‗lishlarini 



kо‗rishni  istaydilar.  Ota-onalar  pedagoglarning  bolalarniqiziqishlari  va 

ehtiyojlarini  qondirishga  qaratilgan    ishlarini  davom  ettirishlari    lozim.  Ota-

onalar  hayot  tajribasiga  ega,  vaziyatni  taxlil  qila  oladigan    katta  odamlardir, 

shuning uchun ba‘zi muammolarni hal qilishda pedagog ulardan kerakli va zarur  

maslahatlarni iolish mumkin. 

Shu  tarzda  ta‘limiy  ishlarnining  kо‗p  qismini  bolalr  va  ota-onalar  bilan  bir 

vaqtda  tashkil  etish  mumkin,yuzaga  keladigan  muammolarni,  belgilangan 

vazifalarni birgalikda, bir-birlarining manfaatlarini e‘tiborga olgan holda kuchlarni 

birlashtirib hal etish zarur.  

Ota-onalarni maktab faoliyatiga jalb etish bо‗yicha maxsus metodika ishlab 

chiqilgan. Ushbu metodika uch bosqichni о‗z ichiga oladi:  

birinchi  bosqich  —  farzandining  ta‘limida  ota-onalarning  ehtiyojlarini 

e‘tiborga olish;  

ikkinchi  bosqich—  maxsus  muassasalarda  ta‘lim  xizmati  buyurtmachilari 

bо‗lgan ota-onalarning pedagogik bilimlarini oshirish;  

uchinchi  bosqich  maktab  faoliyatida  pedagoglar  va  ota-onalarning 

sherikchiligi  bо‗lib,  uning  asosini  munosabatlarning  insonparvarligi,  insoniy 

qadriyatlar, shaxsga yо‗naltirilgan yondoshuv tashkil etadi. 

Bunday 

metodikani 



joriy 

etish 


ota-onalar 

bilan 


ishlashning  

murakkablashgan    2  blokli  tizimining  yaratish  imkonini  beradi.  Har  bir  blokning 

о‗z ichiga faoliyatning vazifalari, shakli va metodlarini oladi.  

Maktabda  ushbu  ishning  mazmunini  amalga  oshirishda    faoliyatning 

jamoali  va  individual  ish  shakllari  qо‗llaniladi.  Hamkorlikni  amalga  oshirishda 

jamoali  va  individual  ish  shakllari    birgalikda  qо‗llash  maqsadga  muvofiq 

bо‗ladi.  Bularga:  suhbat,    fikrlash-maslahatlar,  yakka  topshiriqlarni  bajarish, 

muammoni  hal  etishda  birgalikda  izlanish,  maktablar  yozish    va  hokazolar 

kiradi.  Bu  shakllar  har  bir  ota-ona  bilan  о‗zaro  munosabatlarda  ulardaning 

xususiyatlaridan kelib chiqqan holda yondashilganda samarali bо‗ladi. 



39 

 

Ota-onalarni  о‗ziga  qaratish,  ularning  ishonchini  qozonish,    ochiq 



sо‗zlashuvga  chiqirish,  pedagog  bilan  о‗zining  ichki    fikrlari,  shahbalari  bilan 

bо‗lishishga  istak  uyg‗otish  muhim.  Bularning  barchasi  rivojlanishida  nuqsoni 

bо‗lgan  bolani  tо‗g‗ri  tushunishga,  uni  uyda  va  maktabda  tarbiyalashdagi 

muammolarning  maqbul  usullarini  topishga  yordam  beradi.  Bunday 

muvaffaqiyatli  shaxslararo  hamkorlikning  psixologik  sharti  diqqat,  tushunish, 

ast-seinklikdir. 

Oila bilan ishlashning nazariy va amaliy tomonlarini taxlil hozirgi vaqtdagi 

yana bir muammoni- ota-onalar va bolalarning birgalikdagi faoliyatini tashkil etish 

muammolarini  ochib  berdi.  Pedagoglarning  asosiy  vazifalaridan  biri-  oilada 

meyoridagi munosabatlarni rivojlanishi uchun sharoit yaratish bо‗ilib, u faqatgina 

ota-onalar  va  bolalar  faoliyatida  yuz  berib  turli  shakllarda  amalga  oshiriladi. 

Masalan,  bilish  faoliyatining  shakllari-  bu  bilim,  kо‗nikma  va  malakalarning 

jamoatchilikda namoyon etish, faoliyat yо‗nalishlari bо‗yicha hisobotlar, bilim va 

ijod  bayramlari,  ochiq  eshiklar    kunidir.  Bunday  tadbirlarning  mavzusi,  predmeti 

va  о‗tkazish  metodikasini  pedagoglar  va  ota-onalar  birgalikda  belgilaydilar. 

Tarbiyachi topshiriqlar tuzadi, guruxlarni shakllantirishga, tayyorlov ishlarini olib 

borishga yordam beradi, ota-onalar esa yasatishda, rag‗batlantiruvchi mukofotlarni 

tayyorlashda, natijalarni baholashda ishtirok etadilar. 

Mehnat  faoliyati  shakllari  –sinfni  bezatish,  maktab  hovlisini  tozalash  va 

kо‗kalamzorlashtirish, gullar ekish, kutubxona tashkil etish va hokazolar. Dam 

olish shakllari –spektakllar, bayramlar, musobaqalar, tanlovlar va hokazolardir. 

Faollashtirish  shakllari-  diskussiyalar,  dialogalar,  vaziyatlarni  muhokama 

qilish, bolarning nutqini yokiijodlrini taxlil qilish, teringlar, о‗yinni modellashtirish 

metodi va hokazolar.  

Kо‗rgazmali  shakllar-  kutubxonalar  ,  videofilmlar,  ota-onalar  va  bolalar 

uchun  eslatma-tavsiyalar,  taklifnomalar,  kitoblar  kо‗rgazmasi,  о‗yinlar,  bolalar 

izgan yoki birgalikda chizilgan rasmlar, fotokо‗rgazmalar, gazetalar va hokazolar. 


40 

 

Ota-onalar  bilan  ishlashning  ancha  yangi  shakllaridan  biri  bо‗lgan  ma‘lum 



bir  mavzu  bо‗yicha,  masalan,  ―Oilada  bolaning  mehnat  tarbiyasi‖,  ―Maktabda 

bolalarning mehnat tarbiyasi‖ mavzularidagi videofilmlarn  yaratish kiradi.  

Gazetani  chiqarish  hamkorlikning  qiziqarli  shakllaridan  biridir.  Gazetani 

tayyorlashda maktab ma‘muriyati, pedagoglar, mutaxassislar, ota-onalar va bolalar 

ishtirok etadilar.  

Nazariya va amaliyotda korrekion ta‘lim muassasalarda ota-onalar bilan 

ishlashning bir qator umumiy vaziflari aniqlangan:  

—ota-onalarning  boshqa  ijtimoiy  institutlarda  (oila  va  xokazo)  amalga 

oshirilmaydigan qiziqishlari, fikrlari va savollarini о‗rganish;  

— ota-onalar tomonidan turli ijtimoiy rollarni о‗zlashtirishlarida о‗zlarining 

rivojlanishi uchun optimal sharoitlar yaratish;  

—  ota-onalar  bilan  hamkorlik  modelini  tuzish  uchun  boshqa  ta‘lim 

muassasalarining tajribalaridan foydalanish;  

— ota-onalar bilan ishlash vositalari va usullarini kengaytirish;  

—  birlashma  ishtirokchilarining  о‗sishlari  uchun  sharoit  yaratish,  ijodiy 

muhitni yuzaga keltirish. 

Ota-onalar  majlislarini  eski  strukturada  о‗tkazish    ularning  ishonchlarini 

oqlamaydi. Korreksion ta‘lim muassasasining meyoriy –huquqiy bazasiga muvofiq 

ota-onalar  ta‘lim  xizmatarining  buyurtmachilari  hisoblanadilar  va  ularta‘lim 

jarayonini  tashkil  etishda  ishtirok  etishga  huquqli  bо‗lib,  о‗zlarining  boshqaruv 

organlarini  tashkil  etish  va  ba‘zi  masalalarni  ota-onalar  majlislarida, 

konferensiyalarda  va  boshqa  ish  shakllarida  mustaqil  raishda  hal  qilishlari 

mumkin. 

Hozirgi  vaqtda  kо‗pgina  ta‘lim  muassasalari  ota-onalarning  anjumanlarini 

о‗tkazmoqdalar,  bu  anjumanlarda  rivojlanishida  nuqsoni  bо‗lgan    bolalarning 

ta‘limi,  ularni  rivojlantirish  masalalari  muhokama  qilinmoqda.  Bu  anjumanlar 

ilmiy-amaliy, nazariy, tajriba almashish turida bо‗lishi mumkin. Anjumanlar yiliga 


41 

 

1  marta  о‗tkaziladi,  ammo  jiddiy  tayyorgarlikni  talab  etadi,  ota-onalarning 



ishtiroki, bolalar rasmlari kо‗rgamalari, konsertlari  nazarda tutiladi. 

Konferensiyalarning tuzilishi: 

1)  maktab  rahbarining  nutqi;    2)  ota-onalarning    ushbu  muammo  bо‗yicha 

oila  tajribasi  yuzasidan  chiqishlari  (3-5);  3)  videofilmlar;  4)  xoxlovchilar 

chiqishlari; 5) bolalarning chiqishlari; 6) yakun. 

Ota-onalar bilan ishlashning yangi shakllaridan biri –bu  vasiylik kengashini 

tuzishdir.    Maktabning  vasiylik  kengashi  kollegial  organ  bо‗lib,  jamoatchilik 

asosida doimiy faoliyat kо‗rsatadigan о‗z-о‗zini idora qilish organidir. 

Vasiylik  kengashi  rais  va  vasiylik  kengashining  7  nafar  a‘zolaridan  iborat 

bо‗ladi.    Vasiylik  kengashiga  maxsus  ta‘lim  muassasasi  rahbari,  muassasaga 

qatnaydigan  bolalarning  ota-onalari,  shuningdek  maktab  xodimlari,  ta‘lim 

muassasasini mablag‗ bilan ta‘minlaydigan tashkilotlardan vakillar kiradi. 

Vasiylik kengashining vazifalariga kiradi: 

kо‘maklashish: 

1) maktabning rivojlanishi va faoliyat kо‗rsatishi uchun byudjetdan tashqari 

mablag‗larni jalb qilishga k;  

2) maxsus ta‘lim muassasasida bolalarning hayot foliyati ni tashkil qilish va 

yaxshilashga;  

3)pedagogik jamoaning mehnat sharoitlarini yaxshilashga;  

4)Ota-onalar bilan hamkorlik faoliyatini tashkil etishga. 

Ota-onalarni  tizimli  ravishda  har  tomonlama  pedagogik  jihatdan  bilimlarini 

oshirish  ularni  nazariy  bilimlar  asoslari,  kо‗p  jihatdan  esa  rivojlanishida  nuqsoni 

bо‗lgan bolalar bilan ishlash amaliyoti bilan tanishtirishni nazarda tutadi.  

Pedagogik  tashviqot  ishlari  dastur  asosida  oib  borilishi  lozim.  Pedagogik 

tashviqot  ishlari  ota-onalarni  korreksion  pedagogika  va  psixologiya  sohasidagi 

ilg‗or g‗oyalar bilan tanishtirishni nazarda tutadi.  Ota-onalarni pedagogik bilimlar 

bilan  qurollantirishda  ba‘zi  talablarga  e‘tibor  berish  lozim:  mashg‗ulotlarni 

ma‘ruza,  suhbat,  dialog  tarzida  о‗tkazish,  savolni  yoritish  vaqtida  amaliyotdan 

misollar  keltirish,  yakunlashda  esa  olingan  bilimlarni  faollashtirishga  yordam 



42 

 

beradigan  pedagogik  topshiriqlarni  bajarish  maqsadga  muvofiq  bо‗ladi. 



Tinglovchilarni muloqot bо‗yicha sheriklari sifatida qabul qilish zarur. Matnni esa 

о‗qib bermasdan, sо‗zlab bergan ma‘qul.  

Ma‘ruzalar mavzusi ota-onalarning pedagogik bilimlarga bо‗lgan ehtiyojlari 

asosida,  ota-onalar  majlislarida,  suhbatlarda  va  maslahatlarda  yuzaga  keladigan 

masalalar bо‗yicha aniqlashtiriladi, qо‗shimchalar kiritiladi.  

Materialni bayon qilishda amaliyotdan, pedagogik vaziyatlardan turli-tuman 

misollar  keltirish,  nazariy  materialni  amaliy  materiallar  bilan  bog‗lashga  e‘tibor 

beriladi.  

Psixologik-pedagogik praktikum  ma‘ruzadan sо‗ng qо‗llanilishi mumkin.   

Pedgogik ta‘lim jarayonida barcha ota-onalarning ehtiyojlari qondirilmasligi 

mumkin.  Shu  sababli  ota-onalarni  tashvishlantirayotgan  masalalar  bо‗yicha 

individual ish olib borish, ularga malakali maslahatlar berish kerak.  

Ota-onalar  bilan  individual  ish  olib  borishning  asosiy  shakli-  pedagogik 

maslahatdir.    Uning  qimmati  shundan  iboratki,  maslahatga  ota-onalar  о‗zlarining 

istaklari,  tashabbuslari  bilan  keladilar,  ularni  tashvishlantirayotgan  masalalarni 

muhokama  qilishga  tayyor  bо‗ladilar.    Maslahatlar  vaqtidagi  tabiiy  vaziyat 

pedagog va ota-onalar о‗rtasidagi psixologik tо‗siqni bо‗lmasligiga olib keladi. 

Og‗zaki  maslahatlarni    maxsus  belgilangan  kunda  о‗tkazish  mumkin. 

Maslahatlar  kunini  belgilashda  albatta  ota-onalar  bilan  kelishilishi  lozim,  chunki 

kо‗p ota-onalarning vaqti tо‗g‗ri kelmasligi mumkin.   

Ota-onalar  bilan  ndividual  ish  jamoali  mashg‗ulotlarni  tо‗ldiradi,  oilaning 

pedagogik madaniyatini oshishiga yordam beradi.   

Yuqorida  keltirilgan  ish  shakllari  ota-onalaga  farzandlarini  tarbiyalashdagi 

tipik  xatolarni  oldini  olishga  yordam  beradi,  ularni  tarbiyaning  tо‗g‗ri  metodlari 

bilan qurollantiradi.   

Yuqorida  kо‗rib  chiqilgan  metodlar,  ularni  kompleks  ravishda  har  bir 

mashg‗ulotda  qо‗llash  ota-onalarning  faollashuviga,  ularda  о‗zining  tarbiyaviy 

faoliyatiga  tanqidiy  qarashga,  olingan  nazariy  bilimlarini  amalda  qо‗llashlariga 



43 

 

imkon yaratadi. Shunday qilib, egallangan pedagogik bilimlar ota-onalarning  bola 



bilan uy sharoitida shug‗ullanishlarida yordam beradi.     

Xulosa  qilib  shuni  aytish  mumkinki,  maxsus  ta‘lim  muassasasi  sharoitida 

ota-onalar va pedagoglarning ishi yorqin ifodalangan hmkorlik xarakteriga egadir, 

bunga  sabab    ota-onalar  va  maktabning  о‗zaro  munosabatlarining  mazmuni  va 

shakllari о‗zgaradi. 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

3 bob bо‘yicha xulosa 

1.  Maktab  va  ota-onalarning  о‗zaro  harakatlari,  hamkorligi  yagona 

pedagogik  jarayonda  umumiy  asoslarga  tayanadi,  ular  tarbiyada  ma‘lumot, 

tarbiyaviy va nazorat funksiyalarini bajaradi.  

2.    Maktabning  oila  bilan  ishlashda  tо‗g‗ri  metodlarni  tanlashidan 

pedagoglar  va  oila  a‘zolari  bilan  aloqaning  xarakteri  va  samraliligi  kelib  chiqadi. 

Bu ishlar rivojlanishida nuqsoni bо‗lgan bolaning va uning oilasini xusuistyalarini 

e‘tiborga olgan holda olib borilishi lozim.   

3. Rivojlanishida nuqsoni bо‗lgan bolalarni tarbiyalashdagi maktabning ota-

onalar bilan i turli shakllari (ma‘ruzalar, praktikumlar, seminarlar, suhbatlar, 

maslahatlar va boshqalar)   о‗zaro bog‗liq bо‗lib bir tizimni tashkil etishi zarur.  


44 

 


Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling