Tadbirkorlik va boshqaruv” fakultedi “tarix va falsafa” kafedrasi
Download 262.45 Kb.
|
“AVESTO” DA HUQUQIY TARTIBOT MASALALARINING YORITILISHI”
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzuning maqsad va vazifasi
Mavzuning obyekti va predmeti “Avesto”da aks etgan ta‘limiy-axloqiy
qarashlar va davlatchilikka oid g`oyalar ishimizning asosiy obyekti sanaladi. Ishimizning predmetini esa bizgacha yetib kelgan «Avesto»ning Yasht, Vispart, Vendidot, Yasna nomlari bilan ma‘lum bo’lgan bo’laklari hamda ―Avesto‖ning sharhiga bag`ishlangan mavjud manbalar tashkil etadi. Mavzuning maqsad va vazifasi "Avesto"dagi ta‘limiy — axloqiy qarashlarni aniqlash va davlatchilikka oid atamalarni sharhlash orqali davlatchilik g’oyalarini belgilash. Ushbu maqsadni amalga oshirish uchun quyidagi vazifalar belgilandi: 1. "Avesto" va uning yaratilish davri, mazmun-mohiyati haqidagi mavjud manbalarni qiyosiy o’rganish; 2. Avestoda keltirilgan ta‘limiy –pedagogik g’oyalarni aniqlash; 3. Avestodagi axloqiylik va komillikka oid pandnomalarni ajratish va bugungi kun nuqtai nazaridan sharhlash; 4. Ilk davlatchilikning paydo bo’lishida zardushtiylik dinining ahamiyati va o’rnini ko’rsatish; 5. Avestoda qo’llangan ilk davlatchilik atamalarini aniqlash va sharhlash “Avesto” da tilga olingan 16 ta davlat hududiy-ma'muriy va siyosiyhuquqiy tuzilishi aniq va ravshan bayon yetilgan, bunga ko’ra davlatni- podshoh "kavi" boshqargan, kavi muhim ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, huquqiy masalalarni o’zida mujassamlashtirgan. Tarixchilarning fikriga ko’ra, "kavi"ning hukmdorlik huquqi belgilanishida "farr" (Avestoda Xvarno) asos sifatida qabul qilingan, ya'ni oliy dunyoviy hokimiyat sulolaning (vakilidan ikkinchisiga o’tishida muayyan ilohiy belgi sodir bo’lar, ya'ni muayyan bir jonivor yoki yog’du shulasi hukmronlikka tanlangan kishilarni ko’rsatadi. Oilalarning birlashmasi, "nmana", uy, oila jamoasi - dmana, katta oila jamoasi oqsoqoli -nmanapati, urug’ jamoasi boshlig’i -vis, katta qishloq oqsoqoli "vispati" qabila boshlig’i "zantupati", viloyat hokimi -daxyupati‖ (bir necha viloyatlarning boshlig’i va harbiy boshliq -daxiyu sastar). Qonun chiqaruvchi organ oqsoqollar kengashi "varzanapati" deb, xalq Majlisi esa "vyaxa" deb atalgan. Oqsoqollar Kengashining uyushmasi kohin Oliy sudya vazifasini bajargan, uni - Zaraushtroema‖ deb atashgan, uning hukmi qat'iy bo’lgan, unga hyech kimning e'tiroz bildirishga haqqi bo’lmagan. Oqsoqollar kengashivarzanapati qo’lida diniy mafkura va hokimiyat birlashgan.. Download 262.45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling