Хodimlar oldidagi majburiyatlar Хodimlar oldidagi majburiyatlar o’z ichiga mehnatga haq to’lash, ta’til to’-lovlari, mukofotlar va deponent qilingan ish haqi bo’yicha hisob-kitoblarni aks ettirish natijasida yuzaga keladi. «Хodimlar bilan mehnatga haq to’lash» deb nom-langan hisobvaraqning kredit tomonida korxonaning turli bo’limlari xodimla-riga hisoblangan ish haqi ko’rsatilsa, uning debetida ushbu hisoblangan ish haqi hisobidan ushlanmalar aks ettiriladi.
7-misol. «XYZ» kompaniyasi hisobchisi hisobot yilining mart oyi uchun asosiy ishlab chiqarish ishchilariga 550000 so’m, tsex xodimlarga 200000 so’m, ma’mu-riyat xodimlariga 250000 so’m ish haqi hisobladi. Хodimlarning oylik maoshlari-dan qonunchilik asosida ushlanishi lozim bo’lgan daromad solig’i 322000 so’mni tashkil qildi. aprel oyining 5 sanasida xodimlarga ish haqi berish uchun korxo-naning hisob-kitob hisobvarag’idan uning kassasiga 678000 so’m pul keltirildi. Shundan 600000 so’mi belgilangan muddat ichida xodimlarga tarqatildi, qolgan summa esa talab qilib olinmagan ish haqi sifatida deponetga o’tkazildi. Ushbu xo’jalik muomalalari buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladiMart oyi uchun ish haqi hisoblanganda
Dt «Asosiy ishlab chiqarish xarajatlari» 550000
Dt «Umumishlab chiqarish xarajatlari» 200000Dt «Davr xarajatlari» 250000
Kt «Хodimlar bilan ish haqi bo’yicha hisoblashishlar» 1000000
Ish haqidan daromad solig’i ushlanganda:
Dt «Хodimlar bilan ish haqi bo’yicha hisoblashishlar» 322000
Kt «Ish haqidan daromad solig’i» 320000
Hisob raqamidan korxona kassasiga pul keltirilganda:
Dt «Kassa» 678000
Kt «Hisob-kitob hisobvarag’i» 678000
Хodimlarga ish haqi tarqatilgandaDt «Хodimlar bilan ish haqi bo’yicha hisoblashishlar» 600000Kt «Kassa» 600000Тalab qilib olinmagan ish haqi deponentga o’tkazilganda:
Dt «Хodimlar bilan ish haqi bo’yicha hisoblashishlar» 78000
Do'stlaringiz bilan baham: |