Tadbirkorlik va boshqaruv” fakulteti “moliya va bank ishi” kafedrasi


Download 167.62 Kb.
bet20/23
Sana21.02.2023
Hajmi167.62 Kb.
#1219064
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
Bog'liq
kurs ishim ahror

Dt «Pul mablag’lari» 500000
Kt «Buyurtmachi va xaridorlardan olingan bo’naklar» 500000
2004 yilning 14 yanvar kuni xaridorga mahsulot jo’natilganda
Dt «Buyurtmachi va xaridorlardan olingan bo’naklar» 500000
Kt «Mahsulotni sotishdan olingan daromad» 500000
Hisoblangan soliqlar bo’yicha majburiyatlar hisobi. Хo’jalik yurituvchi sub’ektlar mamlakat hududida amaldagi qonunlarga ko’ra faoliyatlarining barcha turlaridan olayotgan daromadlari, yaratayotgan qo’shimcha qiymati summasi, mulki, xodimlarining ish haqidan ushlab qolingan daromad solig’i hamda boshqa soliqlar va majburiy ajratmalar bo’yicha yuzaga kelayotgan majburiyatlarning hisob-kitobini to’g’ri yuritishlari lozim. Bir necha misol yordamida soliqlar bo’yicha yuzaga keladigan majburiyatlarni hisobga olish tartibini keltiramiz.
6-misol. «XYZ» kompaniyasi qo’shilgan qiymat solig’i to’lovchisi hisoblanadi. Hisobot davrida korxona xaridorlarga nasiyaga 300000 so’mlik mahsu-lot sotdi. Qo’shilgan qiymat solig’ining harakatdagi stavkasi 20 %. Ushbu holatda qo’shilgan qiymat solig’i bo’yicha yuzaga kelgan majburiyatni hisoblab topish va buxgalteriya yozuvi bilan rasmiylashtirish lozim.
Dt «Хaridor va buyurtmachilardan olinadigan hisobvaraqlar» 300000
Kt «Qo’shilgan qiymat solig’i» (300000 x 20 %) : 120 % 50000
Kt «Mahsulot sotishdan olingan daromad» 250000
Sug’urtalash bo’yicha qarzdorlik va byudjetdan tashqari jamg’armalarga ajrat-malar hisobi Korxona mulki va xodimlarini sug’urta qilish bo’yicha qarzdorlik to’g’ri-sidagi axborotni umumlashtirish hamda davlat ijtimoiy sug’urtasi, nafaqa ta’minoti, korxona xodimlarining tibbiy sug’urtasi uchun ajratmalar, yong’in, halokat, tabiiy ofat, ekologik fojialar va favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf qilish bilan bog’liq bo’lgan xarajatlarni mablag’lar bilan ta’minlash uchun sug’urta jamg’armalarini tashkil qilish xarajatlari, shu bilan birga tashkilot mulkini, ishchilar hayotini, hamda uchinchi shaxslarning mulkiy manfaat-lariga keltirilgan zararlar uchun fuqarolik javobgarligini sug’urta qilish va byudjetdan tashqari jamg’armalarga qilinadigan to’lovlarni hisobga olish uchun 21-sonli BHMSda quyidagi hisobvaraqlar ko’zda tutilgan: «Mulkiy va shaxsiy sug’urta bo’yicha to’lovlar»«Ijtimoiy sug’urta bo’yicha to’lovlar»«Byudjetdan tashqari jamg’armalarga to’lovlar»Тa’sischilar oldidagi qarzdorlik hisobi Тa’sischilar oldidagi qarzdorlik bo’yicha majburiyat: ularga hisoblangan dividendlar; chiqib ketayotgan ta’sischilarga ularning ulushlari bo’yicha yuzaga kelgan qarzdorlikni aks ettirish jarayonida paydo bo’ladi. Aktsiyadorlar yig’ilishi tomonidan e’lon qilingandan keyin, hisobot davrida pul mablag’lari yoki mulk shaklida to’lanishi kutilayotgan dividendlar joriy majburiyatlar tarzida hisobga olinadi. Kumulyativ imtiyozli aktsiyalar bo’yicha dividendlar ko’rinishidagi majburiyatlar moliyaviy hisobotlarning tushuntirish xatlarida yoritilishi lozim.

Download 167.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling