Tadbirkorlik va boshqaruv
Mikromoliyaviy xizmatlar ko'rsatish uchun mablag'larning manbalari
Download 90.09 Kb.
|
Referat mavzu O‘zbekiston Respublikasi bank tizimining rivojlan-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida O‘zbekiston Respublikasi bank tizimini hamda nobank tashkilotlari faoliyatini 2011-2015 yillarda rivojlantirish yo‘nalishlari.
Mikromoliyaviy xizmatlar ko'rsatish uchun mablag'larning manbalari
Mikrokredit tashkiloti quyidagilar hisobidan mikromoliyaviy xizmatlar ko'rsatadi: o'z mablag'lari, shu jumladan olgan daromadlari; investorlar, shu jumladan chet ellik investorlar tomonidan investitsiya shartnomalari asosida berilgan mablag'lar; banklarning kreditlari va davlat maqsadli jamg'armalarining mablag'lari; xalqaro moliya institutlari, nodavlat notijorat tashkilotlarining, shu jumladan chet el nodavlat notijorat tashkilotlarining grantlari va qarz mablag'lari; qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar. lombardlar adliya organlari tomonidan davlat ro'yxatidan o'tkazilganligi uchun qonun hujjatlarida to'lov kunida belgilangan eng kam oylik ish haqining to'rt baravari miqdorida davlat boji undiriladi; litsenziyalovchi organ tomonidan litsenziya talabgorining arizasi ko'rib chiqilganligi uchun ariza berilgan kunda qonun hujjatlarida belgilangan bitta eng kam oylik ish haqi miqdorida yig'im undiriladi; lombardlar faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya berilganligi uchun to'lov kunida qonun hujjatlarida belgilangan eng kam oylik ish haqining besh baravari miqdorida davlat boji undiriladi. Lombardlar davlat ro'yxatidan o'tkazilganligi uchun to'lanadigan davlat boji summasi belgilangan tartibda taqsimlanadi. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida O‘zbekiston Respublikasi bank tizimini hamda nobank tashkilotlari faoliyatini 2011-2015 yillarda rivojlantirish yo‘nalishlari. «Aynan banklar, ta’bir joiz bo‘lsa, butun iqtisodiyotimizni oziqlantirib turadigan qon tomir hisoblanadi, mamlakatimizning moliyaviy-iqtisodiy barqarorligi ko‘p jihatdan ularning samarali faoliyatiga bog‘liq”. Muhtaram Prezidentimizning Vazirlar Mahkamasi yig‘ilishlaridagi dasturiy ma’ruzalarida belgilangan ustuvor vazifalar: · Bank-moliya tizimining barqarorligini ta’minlash va bunda banklarning kapitallashuvini kuchaytirish; · Aholi va xo‘jalik sub’ektlarining bo‘sh pul mablag‘larini banklarning uzoq muddatli depozitlariga jalb etish; · Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni, fermerlikni rivojlantirishni moliyalashda tijorat banklarining rolini kuchaytirish. Mazkur qaror bilan respublika moliya-bank tizimini yanada isloh qilish, uning barqarorligini oshirishning ustuvor yo‘nalishlari hamda yuqori xalqaro reyting ko‘rsatkichlariga erishishga qaratilgan 2 ta Dastur: 1) “2011-2015 yillarda respublika bank tizimini yanada isloh qilish, uning barqarorligini oshirish va yuqori xalqaro reyting ko‘rsatkichlariga erishish bo‘yicha chora-tadbirlar” Dasturi; 2) “2011-2015 yillarda mikromoliyalash va nobank moliya sohalarini yanada rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar” Dasturi tasdiqlangan. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan yuqori likvidli qimmatli qog‘ozlar sifatida davlatning qimmatli qog‘ozlari (davlatning qisqa muddatli obligatsiyalari va o‘rta muddatli xazina majburiyatlari), Markaziy bankning obligatsiyalari tan olinmoqda. Investorlarning davlatning qimmatli qog‘ozlaridan oladigan daromadlarining foyda (daromad) solig‘idan ozod qilinganligi ularning investitsion jozibadorligini oshirishga xizmat qiladi. 2011-2015 yillarda respublikamiz tijorat banklarining kapitallashish darajasi o‘rtacha 2,1 martaga oshishi kerak. Yillar kesimida oladigan bo‘lsak, tijorat banklarining kapitallashuv darajasining oshishi quyidagi prognoz ko‘rsatkichlariga ega: 2011 yil – 4114 mlrd. so‘m; 2012 yil – 4731 mlrd. so‘m; 2013 yil – 5441 mlrd. so‘m; 2014 yil – 6257 mlrd. so‘m; 2015 yil – 7357 mlrd. So‘m Bank tizimida amalga oshirilgan islohotlar 2012 yilda respublika bank tizimidagi islohotlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010 yil 26 noyabrdagi PQ-1438-sonli Qarori bilan tasdiqlangan “2011-2015 yillarda respublika moliya-bank tizimini yanada isloh qilish va barqarorligini oshirish hamda yuqori xalqaro reyting ko‘rsatkichlariga erishishning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar” Dasturi hamda respublika moliya-bank tizimini rivojlantirishga oid boshqa hujjatlarda belgilangan vazifalarni bajarishga qaratildi, jumladan: - bank nazorati tizimini yanada takomillashtirish, bank nazorati bo‘yicha Bazel qo‘mitasining yangi tavsiyalarini tatbiq etish bilan bog‘lik tadbirlarni davom ettirish; - mamlakat bank tizimi va tijorat banklari faoliyatini etakchi xalqaro reyting tashkilotlari tomonidan qo‘llaniladigan me’yor, andoza va ko‘rsatkichlar asosida baholash amaliyotini kengaytirish; - tijorat banklarining resurs bazasini ularning kapitallashuv darajasi hamda aholi va xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning bo‘sh pul mablag‘larini depozitlarga jalb qilish orqali yanada oshirish; - tijorat banklari aktivlarini, shu jumladan, ularning investitsion faolligini hamda ishlab chiqarishni texnik va texnologik qayta jihozlash bo‘yicha loyihalarni kreditlash hajmlarini oshirish; - tijorat banklari balansiga olingan iqtisodiy nochor korxonalar faoliyatini tiklash, ular bazasida tashkil etilgan yangi korxonalarni strategik investorlarga sotish ishlarini yanada faollashtirish; - kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, birinchi navbatda, investitsiya maqsadlari, boshlang‘ich kapitalni shakllantirish uchun uzoq muddatli kreditlar ajratish hajmini kengaytirish; - xalqaro andozalar va tamoyillar hamda mamlakatimizda bozor munosabatlari rivojlanishining hozirgi real holatidan kelib chiqqan holda moliya-bank sohasining qonunchilik bazasini yanada takomillashtirish ishlari amalga oshirildi. 2013 yilning 1 yanvar holatiga ko‘ra, respublikamizda 29 ta tijorat banki faoliyat yuritayotgan bo‘lib, ularning 3 tasi davlat-tijorat banki, 13 tasi aksiyadorlik-tijorat banki, 9 tasi xususiy bank va 4 tasi chet el kapitali ishtirokidagi banklar hisoblanadi. Respublikamizda faoliyat yuritilayotgan barcha bank muassasalari soni 9 551 taga etdi, jumladan, banklarning filiallari 829 tani tashkil etdi. Respublikamizning har 100 mingta katta yoshli aholisiga yil yakuniga o‘rtacha 49,7 ta bank muassasasi xizmat ko‘rsatdi, bu esa O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 7 yanvardagi PQ-1464 sonli Qarori bilan tasdiqlangan indikatorlar tizimiga asosan “yuqori” bahoga muvofiq keladi. Respublikamizda bank infratuzilmasining kengayib borishi banklar o‘rtasidagi raqobat muhitining kuchayishi hamda bank xizmat turlari sifati va ko‘lamining oshishiga xizmat qilmoqda. 2011-2015 yillarda respublika bank tizimini yanada isloh qilish, uning barqarorligini oshirish va yuqori xalqaro reyting ko‘rsatkichlariga erishish bo‘yicha belgilangan chora-tadbirlar . O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010 yil 26 noyabrdagi PQ-1438- sonli Qaroriga 1-ilovasi bevosita respublika bank tizimini 2011-2015 yillarda yanada islox kilish,uning barkarorligini oshirish va yukori xalkaro reyting kursatkichlariga erishishga bagishlangan bulib , bunga kuyidagi yirik bulimlarda belgilangan maksadlar orkali erishish kuzda tutilgan: I. Bank faoliyatining qonunchilik bazasini yanada takomillashtirish II. O‘zbekiston bank tizimi faoliyatini baholash uchun etakchi xalqaro reyting tashkilotlari tomonidan qo‘llaniladigan xalqaro me’yor, andozalarni va baholash ko‘rsatkichlarni joriy etish III. Bank tizimini yanada isloh qilish va institutsional rivojlantirish, halqaro andozalar asosida tijorat banklari kapitallashuv darajasini, barqarorligini va likvidligini oshirish, ko‘rsatilayotgan bank xizmatlari ko‘lamini kengaytirish a) tijorat banklari kapitallashuvi darajasini oshirish, bank tizimini yanada institutsional rivojlantirish b) aholi va yuridik shaxslarga ko‘rsatilayotgan moliya-bank xizmatlarining hajmi va ko‘lamini kengaytirish v) bank Kengashlari rolini yanada oshirish va tijorat banklarida korporativ boshqaruvni takomillashtirish IV. Tijorat banklarining investitsion faolligini, ular tomonidan ishlab chirqarishni texnik va texnologik qayta jihozlash, modernizatsiyalash bo‘yicha loyihalarni kreditlash hajmlarini kengaytirish V.Tijorat banklari aktivlarini, shu jumladan kredit portfellarini yanada o‘sishini va sifatini yaxshilashni ta’minlash, tavakkalchilikni baholash tizimini takomillashtirish VI. Moliyaviy nobarqaror va iqtisodiy nochor korxonalar faoliyatini tiklash va strategik investorlarni jalb qilish VII. Jamg‘arib boriladigan nafaqa tizimini yanada kengaytirish va rivojlantirish VIII. Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha, xalqaro andozalarini joriy qilish hamda ichki nazorat va xavfsizlikni ta’minlash tizimlarini yanada takomillashtirish IX. Kichik biznes sub’ektlarini va xususiy tadbirkorlikni kredit-moliyaviy qo‘llab-quvvatlash X. Tijorat banklarida moliya-bank hisobi va hisobotlari buyicha zamonaviy texnologiya va uslublarni ishlab chiqish va tadbiq qilish, moliya-bank va kredit axborotlari darajasi va sifatini oshirish va undan keng ko‘lamda foydalanishni ta’minlash XI. Banklar va boshqa moliyaviy xizmatlar ko‘rsatuvchi xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarni yuqori malakali mutaxassislar bilan mustahkamlash, moliya-bank faoliyati sohasida kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish. I. O‘zbekiston bank tizimi faoliyatini baholash uchun etakchi xalqaro reyting tashkilotlari tomonidan qo‘llaniladigan xalqaro me’yor, andozalarni va baholash ko‘rsatkichlarni joriy etish buyicha · Tijorat banklari faoliyatlarini va butun respublika moliya-bank tizimini baholash uchun «Fitch Reytings», «Mudis» va «Standart end Purs» etakchi xalqaro reyting kompaniyalari tomonidan qo‘llaniladigan me’yor, andozalarni va baholash ko‘rsatkichlarni joriy etish. · Respublika tijorat banklari tomonidan «Fitch Reytings», «Mudis» va «Standart end Purs» etakchi xalqaro reyting kompaniyalarining reyting baholarini muntazam ravishda yangilab borilishini ta’minlash. · Respublika tijorat banklari va boshqa moliya institutlari faoliyatlarini baholash tizimini xalqaro reyting kompaniyalarining mezon va andozalari asosida amalga oshirish uchun xalqaro moliya instituti va reyting kompaniyalaridan texnik yordam va ekspertlarni jalb etishni amalga oshirish. · Har chorakda xalqaro baholash tizimi asosida tijorat banklarining moliyaviy holatini va barqarorligini baholash va uning natijalarini doimiy ravishda ko‘rib chiqish mexanizmini joriy etish. · Nobank kredit tashkilotlari, sug‘urta tashkilotlari, investitsiya fondlari, moliyaviy xizmat ko‘rsatadigan boshqa tashkilotlar, mahalliy emitentlar va ular tomonidan muomalaga chiqarilgan qimmatli qog‘ozlarni reyting baholashning milliy tizimini joriy etish va yanada takomillashtirish. · Etakchi xalqaro reyting kompaniyalaridan mamlakat reytingini olishga qaratilgan chora-tadbirlar majmuasi bo‘yicha takliflarni tayyorlash va Vazirlar Mahkamasiga kiritish. II. Bank tizimini yanada isloh qilish va institutsional rivojlantirish, halqaro andozalar asosida tijorat banklari kapitallashuv darajasini, barqarorligini va likvidligini oshirish, ko‘rsatilayotgan bank xizmatlari ko‘lamini kengaytirishning a) tijorat banklari kapitallashuvi darajasini oshirish, bank tizimini yanada institutsional rivojlantirish yunalishida · Tijorat banklari umumiy kapitalini o‘stirish, shu jumladan ularning qo‘shimcha aksiyalarini chiqarish orqali oshirish, 2011-2015 yillarda uning o‘rtacha 2,1 martaga oshirilishini ta’minlash · Bank tizimining umumiy ustav kapitalida nodavlat sektori ulushini kengaytirish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish · Bank nazorati tizimiga, kapital etarliligiga bo‘lgan talablarni takomillashtirishni, kutilayotgan yo‘qotishlar modeli asosida ehtimoliy yo‘qotishlarga zaxiralarni shakllantirishni ko‘zda tutuvchi Bazel qo‘mitasining yangi tavsiyalarini tadbiq etish. · Xalqaro bank amaliyotiga muvofiq operatsion xarajatlarini qoplashni va banklar tuzilmalarining ratsional foydaliligini ta’minlashni hisobga olgan holda respublika tijorat banklarining tarif siyosatini takomillashtirish. · Banklar kapitali, aktivlari, boshqaruvi, daromadlari, majburiyatlarining sifati va darajasini xolis baholanishini ta’minlovchi CAMEL(S) tizimining yangi talqinini tadbiq qilishni ko‘zda tutgan holda tijorat banklarining moliyaviy holatini baholash tizimini yanada takomillashtirish. b) aholi va yuridik shaxslarga ko‘rsatilayotgan moliya-bank xizmatlarining hajmi va ko‘lamini kengaytirish · 2011-2015 yillarda aholi va xo‘jalik sub’ektlarining tijorat banklaridagi depozitlari hajmini 2,5 martaga oshirish. · Aholi va xo‘jalik sub’ektlari talablarini hisobga olgan holda depozit va omonatlarning yangi turlarini muntazam ravishda joriy qilish, shu jumladan, uzoq muddatli obligatsiyalar va depozit sertifikatlarni chiqarish, subordinar qarzlarni faol jalb qilish · Ko‘rsatilayotgan bank xizmatlarining sifati va ko‘lamini axborot-aloqa texnologiyalarni keng qo‘llash bilan kengaytirish bo‘yicha chora – tadbirlarni amalga oshirish, shu jumladan 2015 yilgacha respublikaning barcha tijorat banklari tomonidan yuridik va jismoniy shaxslarga internet-banking bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatilishini ta’minlash · 2011-2015 yillarda bank plastik kartochkalarini muomalaga chiqarish hajmini 1,5 martaga oshirish orqali bank plastik kartochkalaridan foydalangan holda naqd pulsiz hisob-kitoblar tizimini yanada kengaytirish · Mahalliy xom ashyodan foydalangan holda plastik kartochkalarni yiliga 500 ming donadan kam bo‘lmagan hajmda ishlab chiqarilishini mahalliylashtirishni ta’minlash · Bank plastik kartochkalaridan to‘lovlarni qabul qilish bo‘yicha hisob-kitob terminallarini ishlab chiqarishni ta’minlash. · Banklar bo‘linmalari va filiallaridan banklar bosh ofisining qayta ishlash markazlari, YAgona umumrespublika protsessing markazi va hisob-kitob bankigacha ma’lumotlarni etib kelishida ularni qayta ishlash oraliq bo‘g‘inlarini qisqartirish hisobiga, to‘lovlar o‘tkazish jarayonlarini tezlashtirish v) bank Kengashlari rolini yanada oshirish va tijorat banklarida korporativ boshqaruvni takomillashtirish · Tijorat banklari kengashi tarkibiga minoritar aksiyadorlar manfaatlarini ifoda etuvchi a’zolarni majburiy ravishda kiritish talabini amaliyotga joriy qilish. · Bankning yirik (umumiy kapitalning 15 foizi va undan yuqori miqdordagi) bitimlarini tuzish va ular muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi qarorlarni bank Kengashi tomonidan ma’qullanilishining majburiyligi bo‘yicha tegishli me’yorlarni kiritish. · Bankning korporativ boshqaruv tuzilmasiga bank Kengashiga bevosita bo‘ysunuvchi risklar nazoratini amalga oshiruvchi tegishli Qo‘mitani majburiy ravishda kiritilishini joriy qilish. Tijorat banklarining ichki audit xizmatlarini quyidagilarga asosan yanada kuchaytirish: tijorat banklari filiallari faoliyatlarini monitoringi natijalarini bank Kengashi yig‘ilishlarida muntazam ravishda ko‘rib chiqish orqali monitoring tizimini takomillashtirish; bank ichki audit xizmati xodimlariga nisbatan bankning pul muomalasi, kredit, valyuta, depozit operatsiyalari yoki buxgalteriya hisobi va hisoboti bo‘limlarida kamida 3 yil ish stajiga ega bo‘lish talabini o‘rnatish; · ichki audit xizmati ishining samaradorligini bankning aktivlari, kredit va investitsiya portfeli sifati hamda bank faoliyatiga tegishli boshqa ko‘rsatkichlaridan kelib chiqib baholash mexanizmini joriy qilish. III. Tijorat banklarining investitsion faolligini, ular tomonidan ishlab chirqarishni texnik va texnologik qayta jihozlash, modernizatsiyalash bo‘yicha loyihalarni kreditlash hajmlarini kengaytirish · 2011-2015 yillarda tijorat banklari tomonidan korxonalarni modernizatsiyalash, texnik va texnologik qayta jihozlash bo‘yicha investitsiyaviy loyihalarni va iqtisodiyotning real sektor tarmoqlarini kreditlash hajmini 2,8 martaga oshirish · Loyihaviy moliyalashtirishning xalqaro tamoyillariga muvofiq yirik investitsion loyihalar (200 mln. AQSH doll.dan yuqori) hujjatlarini ishlab chiqish, ekspertiza qilish, tasdiqlash va moliyalashtirish va to‘g‘risidagi Nizom loyihasini ishlab chiqish. · Bankda investitsiya loyihalarining ekspertizasi sifatini, shu jumladan, ularning jarayonlarning shaffofligini oshirish, banklarning loyihalashtirish institutlar bilan o‘zaro faoliyatlarini tajriba almashish, zaruriyat tug‘ilganda loyihalarni ekspertiza qilishga loyihalashtirish institutlarni jalb qilish orqali mustahkamlash, shuningdek loyiha ekspertizasi jarayonida barcha potensial omillar va risklarni inobatga olishni ta’minlash · Tijorat banklari tomonidan xo‘jalik birlashmalari va yirik korxonalar bilan birgalikda investitsiyaviy loyihalarni va boshqa hujjatlarni ishlab chiqish bo‘yicha injiniring kompaniyalarini tashkil etish. · Tijorat banklarining investitsiyaviy faoliyatiga mas’ul bo‘lgan tashkiliy tuzilmalar faoliyatini takomillashtirish, shu jumladan ularning ishlarini tashkillashtirishni va samarasini yaxshilash, kadrlar potensialini oshirish. IV. Tijorat banklari aktivlarini, shu jumladan kredit portfellarini yanada o‘sishini va sifatini yaxshilashni ta’minlash, tavakkalchilikni baholash tizimini takomillashtirish · Bank tavakkalchiliklarini boshqarishda chuqur omilli tahlilni amalga oshirishning aniq mexanizmi joriy qilish, zaxiralarni shakllantirish, kredit portfelini diversifikatsiyalashlarni ko‘zda tutgan holda banklar aktivlari sifati monitoringini takomillashtirish, shuningdek muammoli qarzdorlik paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan ogohlantiruvchi choralar qabul qilish · Bank operatsiyalarini amalga oshirishda operatsion va bozor tavakkalchiliklarini aniqlash bo‘yicha me’yoriy va uslubiy hujjatlarni ishlab chiqish · Jahonning eng barqaror banklari tajribasini inobatga olgan holda banklar mijozlarining kreditga layoqatliligini skoring-tahlil qilishning zamonaviy uslubiyotini ishlab chiqish va joriy etish · Kredit operatsiyalarining qaytishlilik, qoplanuvchanlilik va daromadliligidan hamda amalga oshirilayotgan investitsion loyihalarning samaradorliligidan kelib chiqqan holda bevosita kredit ajratish masalalari bilan shug‘ullanuvchi tijorat banklari rahbar va xodimlarini rag‘batlantirish tizimini yanada takomillashtirish. V. Moliyaviy nobarqaror va iqtisodiy nochor korxonalar faoliyatini tiklash va strategik investorlarni jalb qilish Tijorat banklarining boshqaruvchi kompaniyalari faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha: banklar balanslariga olingan bankrot-korxonalarining ishlab chiqarish faoliyatini tiklash; korxonalarni tiklash jarayoniga potensial investorlar va hamkorlarni, jumladan korxonalarni modernizatsiyalash faoliyatida ilg‘or tajriba va bilimga ega bo‘lgan yuqori malakali xorijlik menejerlar va mutaxassislarni yanada faol jalb etish. · Xodimlarni moddiy rag‘batlantirish, ularning malakasini oshirish va qayta tayyorlashning ta’sirli mexanizmlarini yaratish. Quyidagi mexanizmlarni joriy etish: tijorat banklari balanslariga berilgan bankrot korxonalar mol-mulki negizida yangi tashkil etilgan korxonalar ishlab chiqarishini tiklash hisobiga yangi ishchi o‘rinlarni yaratish, mahsulot (ish, xizmat)lar ishlab chiqarish, investitsiyalarni o‘zlashtirish bo‘yicha prognoz hajmlarni ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirishning har yillik reja jadvallarni tasdiqlash; · tijorat banklari Boshqaruvlari tomonidan doimiy ravishda tasdiqlangan reja-jadvallarining bajarilishini ko‘rib chiqish. · Tijorat banklariga auksion va tanlov savdolarida sotilgan iqtisodiy nochor korxonalar negizida ishlab chiqarishni tiklash va moliyaviy sog‘lomlashtirish, biznes-rejalarni bajarish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar natijalaridan kelib chiqqan holda tijorat banklari rahbarlari va tegishli tuzilmaviy bo‘linmalari javobgarligini kuchaytirish va ularni moddiy rag‘batlantirish mexanizmlarini joriy etish. VI. Jamg‘arib boriladigan nafaqa tizimini yanada kengaytirish va rivojlantirish Quyidagilarni hisobga olgan holda, fuqarolarning ixtiyoriy ajratmalaridan jamg‘arib boriladigan nafaqa tizimiga kelib tushadigan mablag‘larni ko‘paytirishni rag‘batlantirish bo‘yicha chora–tadbirlarni amalga oshirish: a) Xalq banki tomonidan jamg‘arib boriladigan nafaqa tizimiga ixtiyoriy ravishda badal qo‘yuvchi shaxslarga jozibador bank xizmati turlarini joriy qilish, jumladan kreditlar berish, bank xizmatlari bo‘yicha jozibador tariflarni taqdim etish; · b) jamg‘arib boriladigan nafaqa tizimiga uzoq muddatga mablag‘larni joylashtirishning afzalliklarini, qonunchilikda belgilangan soliq imtiyozlarni, joylashtirilgan mablag‘larning daromadliligi va to‘liq qaytarilishini aholi o‘rtasida keng tushuntirish ishlarini olib borish. · Iqtisodiyotning asosiy tarmoqlarida va yirik ishlab chiqarish ob’ektlari infrastrukturalarida strategik muhim investitsiyaviy loyihalarni, jamg‘arib boriladigan nafaqa tizimi mablag‘lari, shu jumladan O‘zbekiston Respubliki Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining valyuta krediti hisobidan tijorat banklari orqali moliyalashtirishni yanada kengaytirish · Jamg‘arib boriladigan nafaqa tizimining vaqtincha bo‘sh mablag‘larini tijorat banklarining yuqori likvidli moliyaviy instrumentlariga (depozit, obligatsiya) va respublikadagi moliyaviy barqaror yirik korxonalarining resurs bazalarini kengaytirishni ta’minlashga yo‘naltirish hamda jamg‘arib boriladigan nafaqa tizimining joylashtiriladigan mablag‘lari portfelini diversifikatsiyalash. · Fuqarolarning individual jamg‘arib boriladigan pensiya hisob varaqlariga mablag‘larni kiritish tizimini takomillashtirish maqsadida ish beruvchilar tomonidan taqdim etiladigan elektron reestrlarni uzatish va qayta ishlash mexanizmlarini ishlab chiqish va amalga oshirish. VII. Kichik biznes sub’ektlarini va xususiy tadbirkorlikni kredit-moliyaviy qo‘llab-quvvatlash · 2011-2015 yillarda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarini kreditlash hajmlarini 2,7 barobarga kengaytirish · Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarining loyihalarini moliyalashtirishni kengaytirish maqsadida xalqaro moliyaviy institutlar va xorijiy mamlakatlar hukumatlarining imtiyozli kredit liniyalari va grantlarini o‘zlashtirish va jalb qilishni faollashtirish, bunda ko‘rsatilgan moliyalash manbalari hisobidan 2011yilda–75 mln. doll., 2012 yilda–90 mln. doll., 2013 yilda–110 mln. doll., 2014 yilda–130 mln. doll. va 2015 yilda–155 mln. doll. dan kam bo‘lmagan holda moliyalashtirishni ta’minlash. O‘zbekiston banklari Assotsiatsiyasi huzurida quyidagilarni nazarda tutgan holda iqtisodiyotning ustuvor yo‘nalishlaridagi investitsion loyihalarni moliyalashtirish bo‘yicha loyiha hujjatlarini tayyorlashga ixtisoslashtirilgan Jamg‘armani tashkil etish: - Jamg‘arma mablag‘lari texnik-iqtisodiy asosnoma (TIA) loyihalarini tayyorlash uchun ishlatilib, keyinchalik ushbu xarajatlar loyiha moliyalashtirilishi boshlangandan so‘ng bank krediti summasiga qo‘shiladi; - Jamg‘arma ta’sischilari, tijorat banklari, nobank kredit va moliya uyushmalarining badallari Jamg‘arma manbalari hisoblanadi; · - TIA loyihalarini tayyorlash uchun loyiha g‘oyalarini saralash va tanlash tanlovm asosida amalga oshiriladi. · Hududlar va kreditlanadigan faoliyat turlari (xizmat va servis sohasini, qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlashni, iste’mol mahsulotlarini ishlab chiqarishni va boshqalarni kengaytirish) kesimida, shuningdek kreditlarni o‘zlashtirish natijasida yangi ishchi o‘rinlarni yaratish bo‘yicha ATB «Mikrokreditbank» tomondan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarga ajratiladigan mikrokreditlarni kengaytirish yillik Dasturlarini ishlab chiqish va tasdiqlash. VIII. Tijorat banklarida moliya-bank hisobi va hisobotlari buyicha zamonaviy texnologiya va uslublarni ishlab chiqish va tadbiq qilish, moliya-bank va kredit axborotlari darajasi va sifatini oshirish va undan keng ko‘lamda foydalanishni ta’minlash http://fayllar.org Download 90.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling