Sug’urta majburiy va ixtiyoriy shakllarda amalga oshiriladi. Hozirgi kunda O’zbekistonda majburiy sug’urtaning quyidagi turlari amalga oshiriladi: - harbiy xizmatchilar va harbiy majburiyatli shaxslarning, oddiy askarlar hamda boshliqlar tarkibiga kiruvchi shaxslarning davlat majburiy sug’urtasi;
- soliq organlari xodimlarining davlat majburiy sug’urtasi;
- davlat sud ekspertlarining hayoti va sog’lig’ini davlat tomonidan majburiy sug’urta qilish;
- sudyalarning hayoti va sog’lig’ini davlat tomonidan majburiy sug’urta qilish;
- Hukumat kafolati ostida kiritilayotgan va Davlat byudjeti mablag’lari hisobidan qurilayotgan ob’ektlardagi qurilish risklarini majburiy sug’urtasi;
- xavfli ishlab chiqarish ob’ektiga ega korxonalarning xavfli ishlab chiqarish ob’ektida avariya yuz bergan taqdirda boshqa shaxslarning hayoti, sog’lig’i va (yoki) mol-mulkiga hamda atrof muhitga zarar etkazganlik uchun fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urta qilish;
- transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urta qilish;
- ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urta qilish;
- tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urta qilish.
- Sug’urta tashkilotlarining faoliyati boshqa xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning faoliyatidan tubdan farq qiladi. Avvalo, sug’urta tashkilotlari ko’plab yuridik va jismoniy shaxslar - sug’urta qildiruvchilar oldida o’z zimmasiga olgan majburiyatlarni bajarish uchun mas’ul hisoblanadi. Shundan kelib chiqqan holda ularning faoliyati davlat tomonidan nazorat qilinadi. Xususan, sug’urta faoliyatini nazorat qilishga vakolatli davlat organi – O’zbekiston Respublikasi moliya vazirligi tomonidan sug’urta tashkilotlarining to’lov qobiliyatini ta’minlashga qaratilgan me’yorlar ishlab chiqilgan. Shuningdek, sug’urta tashkiloti rahbarlari va bosh buxgalteriga nomzodlar uchun malakaviy talablar o’rnatilgan. Bundan tashqari, sug’urta zaxiralarini shakllantirish, sug’urta tashkilotlarining investitsiya faoliyatini nazorat qilish bo’yicha ham me’yoriy hujjatlar qabul qilingan va amal qiladi..
Do'stlaringiz bilan baham: |