Tadqiq etilayotgan davrda indeks qiymati 43,9 dan 59,9 gacha ko‘tarildi
Download 140.75 Kb.
|
jahon bozori
Zamonaviy bandlikning bu shakli turli xil nomlar bilan ataladi ya’ni internet orqali ishlash, uzoqdan turib ishlash yoki frilans (inglizcha freelance — “erkin rassom”, shtatdan tashqari xodim, erkin professional). O‘zbekistonning frilans bozoriga chiqish imkoniyatlarini baholandi. Tadqiqot davomida 2015—2021-yillarda O‘zbekistonning frilans bozoriga kirish uchun tayyorlik indeksi hisoblab chiqildi va quyidagi asosiy natijalar olindi: Tadqiq etilayotgan davrda indeks qiymati 43,9 dan 59,9 gacha ko‘tarildi. Bu vaqt oralig‘ida infratuzilmalarning rivojlanish ko‘rsatkichi 38,0 dan 64,2 gacha ko‘tarildi va u indeksning ortishiga eng katta hissa qo‘shdi. Eng katta o‘sish ma’lumotlarni uzatish xalqaro tarmog‘ining o‘tkazuvchanlik imkoniyati (74,7 marotaba) va masofaviy bank xizmatlari tizimlaridan foydalanuvchilar soni (20,2 marotaba) kabi ko‘rsatkichlar bo‘yicha qayd etildi. O‘zbekistonning frilans bozoriga kirish uchun tayyorlik darajasiga oliy ta’lim bilan qamrab olish (3,8 marotaba), internetdan foydalanuvchilar soni (2,4 marotaba) kabi ko‘rsatkichlarning ortishi, provayderlar uchun internet-xizmatlar (tashqi kanal) uchun tariflar qiymati ko‘rsatkichning pasayishi (86,4 marotaba) ham o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. Upwork frilans platformasi hisobotiga ko‘ra, bugungi kunda frilanserlarga bo‘lgan talabning kattagina qismi (taxminan 50 foizi) hamon kichikroq va o‘rtacha kapital aylanishiga ega bo‘lgan kompaniyalarning ulushiga to‘g‘ri keladi. Biroq Fortune 500 ro‘yxatidagi (ro‘yxatda Amazon, Apple, Microsoft, Facebook, PepsiCo va boshqa kompaniyalar bor) yirik kompaniyalarning 33 foizi o‘z ishini autsorsingga berish uchun frilanserlar birjasiga murojaat qilmoqda. 2021-yilda nafaqat xarajatlarni kamaytirish va alohida loyihalardagi ehtiyoj, balki keng ekspertizadan foydalanish imkoniyatlarining ortishi ham frilanserlarni jalb qilishdagi birlamchi sababga aylandi. Upwork kompaniyasi fikricha, kompaniyalarning operatsion xarajatlarni kamaytirish va biznesning moslashuvchanligini ta’minlashga intilishi tufayli frilans bozorida yuqori o‘sish sur’atlari saqlanib qoladi. Prognozlarga ko‘ra, 2025-yilga borganda global frilans bozorining hajmi 13,84 trillion dollarga yetadi. Foto: PMTI Shunday qilib, 2021-yilda frilanserlar va jamoalar mustahkamlandi va oyoqqa turdi. Endi frilans hamma joyda yanada kuchayadi va yanada mustahkamlanadi. Frilanserlar foizi ham tez sur’atlar bilan oshadi va shtatdagi xodimlari strategik vazifalar bilan shug‘ullanadigan, qolgan barcha ishlarni autsorsingga beradigan kompaniyalar kelajak kompaniyalariga aylanadi. Dunyo frilans bozorining tez sur’atlar bilan rivojlanishi unga O‘zbekistonning ham kirishi zarurligidan dalolat beradi. Bu masala qancha uzoq cho‘zilsa, mamlakat shuncha ko‘p imkoniyatni qo‘ldan boy beradi. Hozirgi vaziyatni inobatga olganda mamlakat hukumati tomonidan frilans bozori faoliyatini faollashtirish va rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar qabul qilindi. O‘zbekistonda o‘zini-o‘zi band qilgan fuqarolar (frilanserlar) ning huquqiy maqomi yaqinda qonuniylashtirildi va soddalashtirildi. O‘zbekistonda frilanserlar faoliyatini davlat me’yoriy aktlari bilan qonuniylashtirish uchun vaqtinchalik mehnat guvohnomalarini tatbiq etish ko‘zda tutilgan. Mehnat guvohnomalarining joriy etilishi rasmiy ro‘yxatdan o‘tmasdan yashirin iqtisodiyotda band bo‘lgan fuqarolarning mehnatini qonuniylashtirishga qaratilgan. Frilanserlarni guvohnomani rasmiylashtirish uchun rag‘batlantirish maqsadida o‘zini o‘zini band qilgan davr mehnat stajiga qo‘shiladi va bu kelgusida unga pensiya ta’minotidan foydalanish imkoniyatini beradi. 2020-yilning iyun oyida Prezident tomonidan “Tadbirkorlik faoliyati va o‘zini o‘zi band qilishni davlat tomonidan tartibga solishni soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaror imzolandi. Ushbu qaror doirasida o‘zini o‘zi band qilganlar uchun kasblar ro‘yxati 24 tadan 67 tagacha kengaytirildi. Mazkur kasblarda o‘zini o‘zi band qilganlar daromad solig‘ini to‘lashdan ozod etildi. Shuningdek, frilanserlar bugun quyidagi huquqlarga ega: tashqi savdo operatsiyalari yagona elektron axborotlar tizimiga tegishli ma’lumotni kiritmasdan banklardagi hisob raqamlari orqali xorijiy valyutadagi to‘lovlarni qabul qilish; ochiq oferta yoki hisob-faktura (jumladan elektron ko‘rinishda) asosidagi shartnomasiz xorijliklarga xizmat ko‘rsatish. Ayni chog‘da O‘zbekistonning dunyo frilans bozoriga qanchalik muvaffaqiyatli kira olishi juda muhim masala hisoblanadi. Mamlakatning imkoniyatlarini baholash uchun Jahon bankining moslashtirilgan usulidan foydalanildi. Mazkur usul birlamchi manbadan zamonaviy ko‘rsatkichlardan foydalanilgani, shuningdek, indikatorlar O‘zbekiston milliy statistika bazasidagi ma’lumotlarga moslashtirilgani bilan farq qiladi. Mamlakatda ko‘rilgan chora-tadbirlar tufayli O‘zbekistonning frilans bozoriga kirish uchun tayyorlik indeksi 43,9 dan 59 gacha ko‘tarildi. Download 140.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling