Tadqiqot predmeti – urug’lik material, va­zi­fasi – ekiladigan materialning sifatini oshirish, tadqiqot uslub­lari


Download 28.25 Kb.
bet6/7
Sana19.09.2023
Hajmi28.25 Kb.
#1681143
1   2   3   4   5   6   7
Urug’lar tozaligi – urug’larning ekishga yaroqliligini ko’rsatuvchi asosiy mezonlardan biri. Urug’lik materialning tozaligi, undagi aso­siy ekin urug’larinnig umumiy massaga nisbatan foiz hisobida ifoda­lanishidir. Aralashmalar qancha kam bo’lsa urug’ tozaligi shuncha yuqori bo’ladi. Toza urug’lar o’zlarining biologik xususiyatlari (uzoq yashashi, unuvchanligi)ni yaxshi saqlaydi, ekishga kam sarflanadi.
Juda ko’p ekinlar urug’larining tozaligi birinchi sinf urug’larda 99 %, ikkinchi va uchinchilarda 98 va 97 % tashkil qiladi.
Urug’likda boshqa madaniy o’simliklar va begona o’tlarning urug’i kam bo’lishi lozim. Namunada karantin va zaharli o’tlarning urug’lari bo’lsa bunday urug’lik partiyalari ekishga ruxsat etilmaydi.
Laboratoriya unuvchanligi deb tahlil uchun olingan urug’lar miqdoriga nisbatan me’yorida unib chiqan urug’lar soniga aytiladi. La­boratoriya unuvchanligi har bir ekin uchun belgilangan muddat (odatda 7-8 sutka)davomida o’stirib aniqlanadi o’sish energiyasi qisqa vaqt (3-4 sutka) da­vomida me’yorida o’sgan urug’larning foiz hisobida ifodalani­shidir. Juda ko’p dala ekinlarida unuvchanlik birinchi sinf urug’larda 95 % dan kam bo’lmasligi talab qilinadi.
Urug’larning o’sish kuchi – maysalarning ma’lum kuch bilan qum yoki tuproqni yorib chiqishi hamda yashil maysalarning massasi bilan baholanadi. O’sish kuchi sog’lom maysalarning soni (% hisobida) 10 sut­kadan keyin va 100 yashil maysa hisobidagi massasi bilan aniqlanadi.
Urug’larning yashovchanligi – urug’lik materialdagi tirik urug’larning % hisobidagi ko’rsatkichidir. Urug’larning unuvchanligi past bo’lganda ularning yashovchanligini aniqlash (qisqa vaqt davomida) ke­rak bo’ladi. Bu usul sekin unib chiqadigan, oddiy usullar bilan unuv­chanlik aniqlanganda urug’lar tinim holatida qolaveradigan turdagi urug’lar uchun qo’llaniladi. YAshovchanlikni aniqlashda turli bo’yovchi mod­dalar – tetrazol, indigokarmin yoki fuksindan foydalaniladi. Tetra­zolning 0,5 % li eritmasi urug’ning tirik murtak hujayralarini qizil rangga bo’yasa, indigokarmin va nordon fuksinning 0,1 % li eritmasida murtakning o’lik hujayralari ko’k rangga kiradi.
Namlik – urug’ sifatining eng muhim ko’rsatkichi bo’lib, ularning saqlanishini belgilaydi. Nami ko’p bo’lganda urug’ning nafas olishi ku­chayadi, harorat ko’tariladi, urug’ o’zidan qiziy boshlaydi va ba’zan harorat 70 °S ga yetishi mumkin. Sovuq kunlarda namligi yuqori urug’lar unuvchanligini yo’qotadi. Davlat standarti bo’yicha urug’ namligi donli ekinlarda 14 % kungaboqarda 10 % dan, xantalda 12 %, rapsda 8 % dan yuqori bo’lmasligi kerak.

Download 28.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling