Tadqiqotlari
STEP/PEST makromuhit tahlil uslubiyotlari
Download 6.42 Mb. Pdf ko'rish
|
1503-Текст статьи-4092-1-10-20200627
7.6.
STEP/PEST makromuhit tahlil uslubiyotlari Makromuhit tahlili uchun ko‘pincha STEP-tahlil uslubiyotidan foydalaniladi. STEP atamasi sotsial (Social), texnologik (Technological) iqtisodiy (Economic) va siyosiy (Political) omillarni o‘rganishga asoslangan marketing makromuhiti tahlilini anglatadi. STEP- va PEST-tahlilning ikkita asosiy varianti mavjud. STEP-tahlil varianti rivojlangan iqtisodiyotli va siyosiy barqaror mamlakatlar uchun qo‘llanadi, ustuvorliklar – sotsial va texnologik omillarni hisobga olishdir. Kuchsiz iqtisodiyotga yoki o‘tish davridagi iqtisodiyotga ega mamlakatlarda makromuhitni tahlil qilish uchun PEST-tahlil shaklidan foydalaniladi, bu yerda birinchi o‘rinda siyosat va iqtisodiyot omillari turadi. Tahlil mezoni bo‘lib omillarning mumkin bo‘lgan ta’sir kuchi va monitoring uchun barqarorligi nuqtai nazardan u yoki bu gurh omillarni hisobga olish ustuvorligi hisoblanadi. Mazkur tahlil turi turli shakllardan foydalangan holda o‘tkazilishi mumkin, ko‘pincha ikki xil variant: oddiy to‘rt katakli matritsa va STEP-tahlilning jadval shakli ishlatiladi. Ushbu variantlarning xar biri o‘z afzalliklari va kamchiliklariga ega. Tahlil o‘tkazish usulini tanlash tahlil maqsadlariga, ekspertlarning tayyorgarlik darajasiga va qator boshqa omillarga bog‘liq. To‘rt katakli matritsa shaklidagi STEP-tahlil uslubiyotini amalga oshirish bosqichlari: 1. Tahlil ob’ektini aniqlash: korxona, alohida bo‘linmalar (filiallar) yoki biznes-birliklar. 2. Tanlash mezonlarini aniqlash va ekspertlarni tanlab olish (tahlil ekspert baholari yoki Delfi usulida o‘tkaziladi). Zaruriyatga qarab, turli ekspertlar uchun reyting koeffitsiyentlarini o‘rnatish. 3. Ekspertlar tomonidan omillar tahlili natijalarini kiritish uchun shaklni ishlab chiqish va yakuniy shaklni ishlab chiqish. Zaruriyatga qarab tahlil shaklini testdan 177 o‘tkazish. To‘rt katakli matritsa (7.17-rasm) afzalliklaridan biri uni to‘ldirishning osonligidir, lekin ko‘pincha yakuniy matritsani shakllantirishda qiyinchiliklar yuzaga keladi. Ijtimoiy omillar 1 2 3 4 5 ... Texnologik omillar 1 2 3 4 5 ... Iqtisodiy omillar 1 2 3 4 5 ... Siyosiy omillar 1 2 3 4 5 ... Download 6.42 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling