Tadqiqotlari
-rasm. Marketing tadqiqoti vazifalari
Download 6.42 Mb. Pdf ko'rish
|
1503-Текст статьи-4092-1-10-20200627
1.3-rasm. Marketing tadqiqoti vazifalari 1 Marketing tadqiqoti o‘z oldiga yechilishi lozim bo‘lgan vazifalar to‘plamini qo‘yadi. Marketing tadqiqoti vazifalari ro‘yxati, doimiy o‘zgarib turadigan vaziyatni, turli omillar to‘plamining ta’siri, turli firmalar salohiyatini hisobga olib, firmaning marketing xizmati oldiga qo‘yiladigan muayyan tadqiqot vazifalari rang-barangligiga olib keladi. Tadqiqotlarning asosiy yo‘nalishlarini ajratib orqali, marketing tadqiqotlari oldida quyidagi vazifalarni qo‘yadi: - axborot to‘plash, qayta ishlash, umumlashtirish va saqlash; - marketing makromuhiti omillari va global kuchlarning firma faoliyati va uning natijalariga ta’sirini tahlil qilish; -bozor kon’yunkturasini baholash va tahlil qilish, bozor sig‘imini hisob-kitob qilish, talabni tavsiflash va bashorat qilish, uning moslashuvchanligini tahlil qilish; 1 Qosimova M.S., Abduhalilova L.T. Marketing tadqiqotlari. O’quv qo’llanma. - T.: TDIU, 2012. - 189 b. Marketing tadqiqotlarining vazifalari Bozor konyunkturasi tavsifi Bozor xususiyatlari va dinamikasi tahlili Bozor subyektlarining faoliyati va imkoniyatlari tahlili Bozor istiqboli rivojlanishi aniqlash bozor dinamikasi qonuniyatlarini aniqlash Faoliyatning uslubiy taʼminoti Tadqiqot obyekti va predmetini aniqlash Tahlil uchun maʼlumotlarni toʻplash Tadqiqot oʻtkazish uchun uslubni tanlash 26 - firmaning o‘z imkoniyatlarini, uning salohiyati va raqobatbardoshligini baholash; - raqobatchilarning xulq-atvori va imkoniyatlarini baholash; - marketing makromuhiti ta’sirini tahlil qilish; - sotuv bozorini, firma egallab turgan ulushni tahlil qilish, sotuv bozorini hududiy tahlil qilish; - tovar sifati va uning raqobatbardoshligini sinovdan o‘tkazish va sertifikatsiyalash, iste’molchilarning yangi yoki modifikatsiyalangan tovarga reaksiyasini o‘rganish; - tovar nomenklaturasi va assortimentini, ular strukturasidagi o‘zgarishlarni o‘rganish; - bozor segmentatsiyasining axborot-tahliliy asoslanishi (iste’molchilarni guruhlash va strukturalash); - tovar ishlab chiqishning axborot-tahliliy ta’minoti va uning hayotiylik davrini tartibga solish; - marketing strategiyasini ishlab chiqishning axborot-tahliliy ta’minoti; - strategik va tezkor marketing rejalashtirishni ta’minlashning axborot-tahliliy ta’minoti; - kontrolling axborot-tahliliy ta’minoti; - narx shakllanishi va narxlarni tartibga solishning axborot-tahliliy ta’minoti; - tovaraylanmasi, tovar zahiralari, muomala xarajatlari va foydani hisobga olish va tahlil qilish; - marketing tadqiqoti va marketing samaradorligini tavsiflash, firmaning ekologik muammolarni hal qilishga hissasini baholash. Undan tashqari yuqorida ta’kidlanganidek, marketing tadqiqotlarining asosiy maqsadi, uning vujudga kelish, shakllanish va rivojlanishning ob’ektiv sabablari, zarurati bilan belgilandi, hamda uning maqsadi nixoyatda keng va murakkab masalalarni xal qilishga qaratilgandir. U ishlab chiqarishni xaridor ehtiyojiga moslashtirib, talab va taklifni muvozanatiga erishgan xolda, uni tashkil etgan 27 korxona, tashkilotlarga yuqori foyda keltirishdir. Bunga erishish uchun marketing quyidagi muhim vazifalarni xal etmogi lozim: ➢ xaridorlar (iste’molchilar) ehtiyojini o‘rganish; ➢ tovarlarga bo‘lgan ichki va tashqi talablarni o‘rganish; ➢ korxonaning faoliyatini xaridorlar ehtiyojiga moslashtirish; ➢ talab va taklif to‘g‘risidagi olingan ma’lumotl ar asosida bozorni o‘rganish; ➢ tovarlar reklamasini tashkil etish, xaridorlarni tovarlarni sotib olishga qiziqishini oshirish; ➢ tovar yaratuvchi yoki uni sotuvchi korxona tadqiqotlarini amalga oshirish uchun ma’lumotlar tuplash va tahlil qilish; ➢ tovarni bozorga chiqarishdagi barcha xizmatlar to‘g‘risida ma’lumotlar olish; ➢ to‘ldiruvchi tovarlar va o‘rnini bosuvchi tovarlar to‘g‘risida axborotlar yig‘ish; ➢ tovarlarga bo‘lgan talabni istiqbollash, ularni amalga oshirishni nazorat qilishdan iboratdir. Shuningdek, marketing tadqiqotlari maqsadga erishishda, marketing xizmatlari va korxona rahbariyati uchun ularning buyurtmalari bo‘yicha bajariladigan baholash va bashorat hisob-kitoblarni ham inobatga olish zarur. Bozorni tadqiq etish - marketing tadqiqotlarining ma’lum bir qismidir, xolos. Faqatgina shartli ravishdagina ularni marketing tadqiqotlarining asosi deb qabul qilish mumkin. Bozorni tadqiq qilish jarayonida mahsulotlarning sotish mumkin bo‘lgan miqdori, tovarlar xarakteristikasi, iste’molchilar guruhi, korxona raqobatbardoshligi va bozordagi o‘rni, reklamani tashkil qilish va xaridorlar istagi aniqlanadi. Bozor to‘g‘risidagi ma’lumotlar miqdori katta va turli xarakterga ega. Shuning uchun bozorni tadqiq qilishda turli bilim sohalarining mutaxassislari qatnashadilar va bu tadqiqotlar ancha qimmatga tushadi, lekin firmalar bozorni iloji boricha tezroq o‘zlashtirish maqsadida xarajatlardan qochmaydilar, chunki raqobatchilar bozorda yangi raqobatchi paydo bo‘lishini oldini olish uchun qarshi 28 choralar ko‘radilar. Shuning uchun tadqiqotlar jarayoni, ayniqsa, uning natijalari olinganidan keyin va firma ularni marketing konsepsiyasini asoslash uchun qabul qilingandan so‘ng tovarni sinovli sotishni tashkil qilish boshlanadi. Bu jarayonning asosiy vazifasi, firmaning bozordagi samarali o‘rnini aniqlovchi o‘ziga xos omillarni o‘rganishdir. Qo‘yilgan maqsadlarni amalga oshirish yuzaga kelgan vaziyat sabablarini aniqlash va tushuntirib berish bo‘yicha harakatlar keng doirasini hal qilish, shuningdek, firmaning raqobat ustunliklarini ta’minlashga yo‘naltirilgan muayyan chora-tadbirlar taklif qilishga imkon beradi. Bozorni marketing nuqtai nazaridan o‘rganish o‘z oldiga kompaniyalar, firma (korxona) tovarlarini samarali sotish imkonini, uning kengayish uchun yangi segmentlar, sifatini yaxshilash, zahiralar va yangi tovarlar yaratishni, iste’molchilar talabini qondirish va yuqori foyda olishni maqsad qilib qo‘yadi. Bu maqsadni amalga oshirish uchun chuqur marketing tadqiqotlari amalga oshiriladi. Bozorni marketing nuqtai nazaridan tadqiq qilishning vazifasi, ishlab chiqarish va unda chiqadigan tovarlarning bozor va iste’molchining yuqori talablariga moslashtirishdan iborat. Bu narsa firmaning yuqori rentabelli, raqobatga bardoshli faoliyati asosida amalga oshirish kerak. Korxonalar tomonidan marketing tadqiqotlarini amalga oshirish jarayonida qo‘yilgan maqsadlarni amalga oshirish yuzaga kelgan vaziyat sabablarini aniqlash va tushuntirib berish bo‘yicha harakatlar keng doirasini hal qilish, shuningdek, firmaning raqobat ustunliklarini ta’minlashga yo‘naltirilgan muayyan chora-tadbirlar taklif qilishga imkon beradi. Quyidagi rasmda marketing tadqiqotlarining oldiga qo‘yiladigan va o‘z yechimini topa oladigan vazifalarni ko‘rishimiz mumkin (1.4- rasm). Korxonalarda marketing tadqiqotlarining asosiy maqsadi, uning vujudga kelish, shakllanish va rivojlanishning ob’ektiv sabablari, zarurati bilan belgilandi, hamda uning maqsadi nixoyatda keng va murakkab masalalarni xal qilishga qaratilgandir. U ishlab chiqarishni xaridor ehtiyojiga moslashtirib, talab va taklifni muvozanatiga erishgan holda, uni tashkil etgan korxona, tashkilotlarga yuqori foyda |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling