Tadqiqotlari


Nazorat va mulohaza uchun savollar


Download 6.42 Mb.
Pdf ko'rish
bet154/240
Sana08.07.2023
Hajmi6.42 Mb.
#1659218
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   240
Bog'liq
1503-Текст статьи-4092-1-10-20200627

 
Nazorat va mulohaza uchun savollar 
1. “Internet” tarmog‘i qachon vujudga kelgan va nima maqsadda 
shakllantirilgan? 
2. Internetda marketing tadqiqotlarining roli va o‘rni nimalardan iborat? 
3. Samarali Marketing tadqiqotlarini o‘tkazish nechta bosqichdan iborat? 
4. Internet tarmog‘ida qaysi axborot turlarining ma’lumotlaridan ko‘proq 
foydalanadilar? 
5. Qidiruv mashinalar yordamida qanday axborotlar qidiriladi va marketing 
tadqiqotlari usullarining qaysi biriga to‘g‘ri keladi? 
6. Qidiruv mashinalariga so‘rovlar tuzish va bajarishda axborotlar to‘plashning 
qanday mezonlari asosida tuziladi? 
7. Internetda mijozlar hatti – harakatini o‘rganishda qaysi omillarni inobatga 
oladi va uning muloqot doirasi nimalardan iborat? 
8. CRM (Customer Relationships Management) iste’molchilar bilan o‘zaro 
munosabatlarni boshqarishda qanday yondashuvga asoslanadi? 
9. CRM tizimida ekstropolyatsiya usuli orqali mijozning nimani afzal 
ko‘rishini osonlashtiradi? 
10. CRM tizimi tarkibi va modulini tavsiflab bering. 


257 
12–BOB. MARKETING TADQIQOTLARIDA O‘LCHASH VA 
SHKALALAShTIRISH 
 
12.1. O‘lchash va shkalalashtirish tushunchasi va mohiyati 
Har qanday tadqiqot jarayonida, shu jumladan marketing tadqiqotlarida ham 
asosiy foydalanadigan vosita axborotlar bo‘lib hisoblanadi. Ularni shakllantirish 
masalasi ham o‘ta murakkabdir. Chunki ushbu tadqiqotda ikkilamchi ma’lumotlar 
bilan birga juda ko‘p birlamchi ma’lumotlarni ham to‘plashga to‘g‘ri keladi. Shu 
tufayli ushbu axborotlarni shakllantirish bilan birga ulardan foydalanish masalasi 
ham o‘ziga xos bo‘ladi. Avvalom bor, 
korxonaning istiqbolini ko‘zlashda va 
raqobatbardosh 
mahsulotlarni 
ishlab 
chiqarishda, bozorda o‘z ulushiga ega 
bo‘lish uchun va raqobat kompaniyalar 
tomonidan to‘sqinlikka uchrashmaslik 
uchun 
to‘g‘ri tanlangan marketing 
tadqiqoti rejasini ishlab chiqish kerak. Chunki har bir tanlangan to‘g‘ri marketing 
tadqiqoti rejasi aniqlik va tejamkorlik omillarini ta’minlaydi.
Marketing tadqiqot rejasini ishlab chiqishda va aniqlashda, qanday axborot 
turini to‘plash kerak?, degan savolda ko‘pincha tadqiqotchilar to‘g‘ridan-to‘g‘ri 
o‘lchash va shkalalashtirish muammosi bilan to‘qnashadilar. 
Demak, shkalalashtirish nima, nima uchun shkalalashtirish usulidan 
foydalanadilar?, ularning qanday turlari mavjud degan savollarga javob beramiz. 
Shkalalarning asosiy to‘rt xilini ko‘rib chiqamiz: nominal, tartibli, intervalli va 
nisbatan. Undan tashqari qiyoslash va taqqoslash turlari ham mavjud. 
Masalan, sport sohasiga misol keltiradigan bo‘lsak, ularning o‘lchash, tartibga 
solish va ularni reytingini aniqlashda ushbu usuldan foydalanish maqsadga 
muvofiqdir.


258 
FIFA xalqaro futbol federatsiyasining reytingiga qaraganda, Braziliya 2012 yili 
73,45 ballni, Germaniya esa 65,41ballni to‘plab jahon 10 talik tarkida liderlikni 
qo‘lga kiritdi. 
Davlatlarning tartib raqami nominal shkala tartibini bildiradi, ranjirovka 
bo‘yicha joylar tartibli hisoblanadi, (100-balldan) ifodalangan ballarning soni 
intervalli hisoblanadi. Shunday qilib 6-raqamli sonda Kolumbiya 10-o‘rinni 
egallab 59,44 ballni yig‘ganligi aniqlandi. Eslatib o‘tamiz, Davlatlar raqami futbol 
borasida imkoniyatlarni belgilamaydi, uning identsifikatsiya uchun ishlatiladi.
7-raqam bilan Meksika davlati ifodalangan bo‘lsada, lekin bu degani Meksika 
Kolumbiyadan yaxshi yoki yomon o‘ynashida emas. Bu shkalashtirishda ranjirovka 
o‘rinlariga qaraladi. Meksikaning balli 60,80 bo‘lsa Kolumbiyaniki 59,44 ballni 
tashkil etadi. Ballardagi farq esa intervalni anglatadi. 

Download 6.42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   240




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling