Tadqiqotlari
Nazorat va mulohaza uchun savollar
Download 6.42 Mb. Pdf ko'rish
|
1503-Текст статьи-4092-1-10-20200627
- Bu sahifa navigatsiya:
- 12–BOB. MARKETING TADQIQOTLARIDA O‘LCHASH VA SHKALALAShTIRISH 12.1. O‘lchash va shkalalashtirish tushunchasi va mohiyati
Nazorat va mulohaza uchun savollar 1. “Internet” tarmog‘i qachon vujudga kelgan va nima maqsadda shakllantirilgan? 2. Internetda marketing tadqiqotlarining roli va o‘rni nimalardan iborat? 3. Samarali Marketing tadqiqotlarini o‘tkazish nechta bosqichdan iborat? 4. Internet tarmog‘ida qaysi axborot turlarining ma’lumotlaridan ko‘proq foydalanadilar? 5. Qidiruv mashinalar yordamida qanday axborotlar qidiriladi va marketing tadqiqotlari usullarining qaysi biriga to‘g‘ri keladi? 6. Qidiruv mashinalariga so‘rovlar tuzish va bajarishda axborotlar to‘plashning qanday mezonlari asosida tuziladi? 7. Internetda mijozlar hatti – harakatini o‘rganishda qaysi omillarni inobatga oladi va uning muloqot doirasi nimalardan iborat? 8. CRM (Customer Relationships Management) iste’molchilar bilan o‘zaro munosabatlarni boshqarishda qanday yondashuvga asoslanadi? 9. CRM tizimida ekstropolyatsiya usuli orqali mijozning nimani afzal ko‘rishini osonlashtiradi? 10. CRM tizimi tarkibi va modulini tavsiflab bering. 257 12–BOB. MARKETING TADQIQOTLARIDA O‘LCHASH VA SHKALALAShTIRISH 12.1. O‘lchash va shkalalashtirish tushunchasi va mohiyati Har qanday tadqiqot jarayonida, shu jumladan marketing tadqiqotlarida ham asosiy foydalanadigan vosita axborotlar bo‘lib hisoblanadi. Ularni shakllantirish masalasi ham o‘ta murakkabdir. Chunki ushbu tadqiqotda ikkilamchi ma’lumotlar bilan birga juda ko‘p birlamchi ma’lumotlarni ham to‘plashga to‘g‘ri keladi. Shu tufayli ushbu axborotlarni shakllantirish bilan birga ulardan foydalanish masalasi ham o‘ziga xos bo‘ladi. Avvalom bor, korxonaning istiqbolini ko‘zlashda va raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqarishda, bozorda o‘z ulushiga ega bo‘lish uchun va raqobat kompaniyalar tomonidan to‘sqinlikka uchrashmaslik uchun to‘g‘ri tanlangan marketing tadqiqoti rejasini ishlab chiqish kerak. Chunki har bir tanlangan to‘g‘ri marketing tadqiqoti rejasi aniqlik va tejamkorlik omillarini ta’minlaydi. Marketing tadqiqot rejasini ishlab chiqishda va aniqlashda, qanday axborot turini to‘plash kerak?, degan savolda ko‘pincha tadqiqotchilar to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘lchash va shkalalashtirish muammosi bilan to‘qnashadilar. Demak, shkalalashtirish nima, nima uchun shkalalashtirish usulidan foydalanadilar?, ularning qanday turlari mavjud degan savollarga javob beramiz. Shkalalarning asosiy to‘rt xilini ko‘rib chiqamiz: nominal, tartibli, intervalli va nisbatan. Undan tashqari qiyoslash va taqqoslash turlari ham mavjud. Masalan, sport sohasiga misol keltiradigan bo‘lsak, ularning o‘lchash, tartibga solish va ularni reytingini aniqlashda ushbu usuldan foydalanish maqsadga muvofiqdir. 258 FIFA xalqaro futbol federatsiyasining reytingiga qaraganda, Braziliya 2012 yili 73,45 ballni, Germaniya esa 65,41ballni to‘plab jahon 10 talik tarkida liderlikni qo‘lga kiritdi. Davlatlarning tartib raqami nominal shkala tartibini bildiradi, ranjirovka bo‘yicha joylar tartibli hisoblanadi, (100-balldan) ifodalangan ballarning soni intervalli hisoblanadi. Shunday qilib 6-raqamli sonda Kolumbiya 10-o‘rinni egallab 59,44 ballni yig‘ganligi aniqlandi. Eslatib o‘tamiz, Davlatlar raqami futbol borasida imkoniyatlarni belgilamaydi, uning identsifikatsiya uchun ishlatiladi. 7-raqam bilan Meksika davlati ifodalangan bo‘lsada, lekin bu degani Meksika Kolumbiyadan yaxshi yoki yomon o‘ynashida emas. Bu shkalashtirishda ranjirovka o‘rinlariga qaraladi. Meksikaning balli 60,80 bo‘lsa Kolumbiyaniki 59,44 ballni tashkil etadi. Ballardagi farq esa intervalni anglatadi. Download 6.42 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling