Tadqiqotlari
Download 6.42 Mb. Pdf ko'rish
|
1503-Текст статьи-4092-1-10-20200627
Oraliqli shkala
So‘raluvchilarning fikri ma’lum oraliqda belgilanadi. Masalan, Narxi: qancha so‘mdan qanchagacha: Yoshi: necha yoshdan qancha yoshgacha; O‘lchami: qanchadan qanchagacha va h.k. Yuz qiyofasi shkalasi Fikrni yuz qiyofasi bilan ifodalash Eng muhimi, shu to‘plangan ma’lumotlarni statistik tahlil qilib, tegishli xulosa chiqarish va marketing tadqiqotlari asosida qabul qilinadigan samarali boshqaruv qarorlarni qabul qilish muhim ahamiyatga ega. Chunki to‘plangan ma’lumotlarni albatta so‘raluvchilarning ijtimoiy ahvolini inobatga olgan holda xulosa chiqarish lozim bo‘ladi. So‘raluvchilardan olingan anketalarni quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha guruhlash maqsadga muvofiq: - jinsi bo‘yicha, chunki ayollar bilan erkaklarning xizmatlarga bo‘lgan talabi bir- biridan farq qiladi. Buni tadqiqotning navbatdagi bosqichlarida albatta inobatga olish lozim; - yoshi bo‘yicha, chunki keksa kishi bilan yosh yigit yoki qizning talabi ham bir- biridan farq qiladi. Shu jihatdan yoshlar biroz erkin bo‘lishi uchun keksalardan alohida bo‘lishni xohlaydi; - yashash joyi bo‘yicha, odamlarning qishloqda yoki shaharda yashashiga qarab ham xizmatlarni tabaqalashtirish mumkin. Chunki shaharliklarning talabi bilan qishloq aholisining talab hamisha ham bir xil to‘g‘ri kelmaydi; 261 - ma’lumoti bo‘yicha, chunki oliy ma’lumotli intellegensiya bilan oddiy ma’lumotga ega bo‘lmagan ishchining yashash tarzi ham xizmatlarga talabi ham turlicha bo‘ladi; - ijtimoiy ahvoli bo‘yicha, chunki nafaqaxo‘r, talaba, tadbirkor, o‘qituvchi ular bir-biridan farq qiladi. Buni ham joyiga qo‘yish kerak.; - daromad qilish darajasi bo‘yicha, chunki serdaromad tadbirkorlik bilan shug‘ullanadigan turist albatta nafaqaxo‘rga nisbatan xizmatlarga bo‘lgan talabi va ehtiyoji ham ancha farq qiladi; - kasbi bo‘yicha, chunki ziyoli insonlar bilan oddiy ishchi yoki fermerlarning xizmatlarga bo‘lgan talabi ham bir-biridan farq qiladi. Ushbu farqlarni qayerda qanday inobatga olishligini ham marketing tadqiqotlarini o‘tkazayotgan mutaxassis yaxshi bilishi lozim va h.k. Shkalalashtirish o‘lchanayotgan ob’ektlarning ketma-ketlik kiritilishini aniqlaydi. Shkalalashtirish o‘lchashning davomi desak ham bo‘ladi. Download 6.42 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling