Tadqiqotlari
Download 6.42 Mb. Pdf ko'rish
|
1503-Текст статьи-4092-1-10-20200627
11.3-jadval
CRM tizimi modullari va ular bajaruvchi funksii Nomi Funksiyalari Contact Management Har bir muloqot bo‘yicha kengaytirilgan yozuv, har bir mijoz uchun alohida foydalanuvchi profili, muloqotlar tarixi yuritish, tashkiliy diagrammalardan foydalanish, mijozlarni turli guruhlarga to‘plash imkoniyati va b. Account Management Kontragentlar (jumladan, mijozlar, hamkorlar, agentlar, raqobatchilar) bo‘yicha axborot yuritish, jumladan, o‘zaro munosabatlar tarixi, rejadagi va amalga oshirilgan bitimlar, shartnomalar, moliyaviy va buxgalteriya ma’lumotlari yuritish Sales Management Bevosita oldi-sotdi bilan bog‘liq axborot yuritish – sikllar, statistika, hududiy bog‘lanish, hisobotlar tuzish, sotuv tarixi va h.k. Sotuvni samarali boshqarish va bashorat qilishga imkon beruvchi uni bosqich va qadamlarga bo‘lib qarash Time Management Barcha bo‘linmalar ishini vaqt bo‘yicha muvofiqlashtirish: kalendar, vazifalar ro‘yxati, turli modullar bilan faks, elektron pochta va boshqa aloqa vositalari yordamida aloqa qilish Customer Service Mijozlarni interaktiv qo‘llab-quvvatlash (Internet, virtual tarmoqlar va b) – mijozlarga zarur axborotni mustaqil olishga imkon beradi; mijozlar bilan ishlashni rejalashtirish, muloqotlar statistikasi, hisobotlar tayyorlash, mutaxassislarning vaqt sarfini hisobga olish va b. Field Force Automation, Telemarketing/t elesales Mintaqaviy, tarmoq va boshqa belgilarga ko‘ra taqsimlangan mijozlar bilan guruh bo‘lib ishlash, uzoq hududda joylashgan bo‘linmalar bilan ishlash, buyurtmalarga ishlov berish markazi bilan integratsiya imkoniyati, statistika yuritish, standart savol va javoblarni yozib borish hamda elektron pochta, IP-telefoniya va boshqalardan foydalangan holda mijozlar bilan kommunikatsiya vositalarining boshqa turli imkoniyatlaridan to‘liq foydalanish Marketing Statistik ma’lumotlar to‘plash va taqdim etish, turli marketing aksiyalarini rejalashtirish va olib borish, samaradorlikni hisob-kitob qilish, modellashtirish, yordamchi (o‘quv) materiali, iste’molchilar segmentatsiyasi va b. Lead Management Potensial mijozlar bilan munosabatlarni boshqarish: birlamchi axborot to‘plash, sotuv bo‘linmasi xodimlari o‘rtasida muloqotni taqsimlash, birlamchi muloqot manbalari samaradorligini kuzatib borish PRM Hamkorlar bilan o‘zaro munosabatlarni boshqarish Knowledge Management Bilimlarni boshqarish, kompaniya faoliyati uchun zarur barcha axborotlarni (xaritalar, tarmoq axboroti, tahliliy materiallar, statistika ma’lumotlari) to‘plash, alohida yangiliklar bo‘limlari yaratish (masalan, qayta ishlash sanoati menejerlari uchun), Internetdagi manbalar va kuchli qidiruv tizimlari bilan integratsiya e-Business Mijozlar bilan Internet orqali aloqalarni tashkil qilish va mos keluvchi funksiyalarni qo‘llab-quvvatlash: kompaniya web-sayti mazmunini boshqarish, telekonferensiya 254 xizmati, chat, internet-do‘kon, B2B savdo maydonchasi, internet-auksionlar va hokazo Business Intelligence Muammolarni nazorat qilish bo‘yicha avtomatik imkoniyatlar, oldini oluvchi harakatlarni amalga oshirish, shablon bo‘yicha va individual hisobotlar tuzish, rejalashtirish, modellashtirish. User support Foydalanuvchini qo‘llab-quvvatlash, unga yordam berish. CRM tizimini ishlab chiqqan kompaniyalar safida Siebel (www.siebel.com), Hyperion (www.hyperion.com), Epicor (www.epicor.com), People Soft (www.peoplesoft.com), Nortel Networks (www.nortelnetworks.com), Tranzline (www.tranzline.co.uk), People Link (www.peoplelink.com), Genesys (www.genesys.com), Open Market (www.openmarket.com), BroadVision (www.broadvision.com), Vignette (www.vignette.com), SAS (www.sas.com), SAP (www.sap.com), Oracle (www.oracle.com), Baan (www.baan.com), Symix (www.symix.com), Microstrategy (www.microstrategy.com), Invest axborot texnologiyalari (www.pro-invest.com/it) kabi kompaniyalarni sanab o‘tish mumkin. Sanab o‘tilgan kompaniyalarning bir qismida elektron tijorat uchun ixtisoslashgan CRM tizimlari bor bo‘lsa, boshqa qismida bu funksiyalarni ERP tizimi tarkibida bajaruvchi modul mavjud. Download 6.42 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling