Tadqiqotlari


Download 6.42 Mb.
Pdf ko'rish
bet157/240
Sana08.07.2023
Hajmi6.42 Mb.
#1659218
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   240
Bog'liq
1503-Текст статьи-4092-1-10-20200627

Oraliqli shkala 
So‘raluvchilarning fikri ma’lum oraliqda belgilanadi. Masalan, Narxi: 
qancha so‘mdan qanchagacha: Yoshi: necha yoshdan qancha yoshgacha
O‘lchami: qanchadan qanchagacha va h.k. 
Yuz 
qiyofasi 
shkalasi 
Fikrni yuz qiyofasi bilan ifodalash 
Eng muhimi, shu to‘plangan ma’lumotlarni statistik tahlil qilib, tegishli xulosa 
chiqarish va marketing tadqiqotlari asosida qabul qilinadigan samarali boshqaruv 
qarorlarni qabul qilish muhim ahamiyatga ega. Chunki to‘plangan ma’lumotlarni 
albatta so‘raluvchilarning ijtimoiy ahvolini inobatga olgan holda xulosa chiqarish 
lozim bo‘ladi. 
So‘raluvchilardan olingan anketalarni quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha guruhlash 
maqsadga muvofiq:

jinsi bo‘yicha, chunki ayollar bilan erkaklarning xizmatlarga bo‘lgan talabi bir-
biridan farq qiladi. Buni tadqiqotning navbatdagi bosqichlarida albatta inobatga olish 
lozim; 

yoshi bo‘yicha, chunki keksa kishi bilan yosh yigit yoki qizning talabi ham bir-
biridan farq qiladi. Shu jihatdan yoshlar biroz erkin bo‘lishi uchun keksalardan 
alohida bo‘lishni xohlaydi; 

yashash joyi bo‘yicha, odamlarning qishloqda yoki shaharda yashashiga qarab 
ham xizmatlarni tabaqalashtirish mumkin. Chunki shaharliklarning talabi bilan 
qishloq aholisining talab hamisha ham bir xil to‘g‘ri kelmaydi; 


261 

ma’lumoti bo‘yicha, chunki oliy ma’lumotli intellegensiya bilan oddiy 
ma’lumotga ega bo‘lmagan ishchining yashash tarzi ham xizmatlarga talabi ham 
turlicha bo‘ladi; 

ijtimoiy ahvoli bo‘yicha, chunki nafaqaxo‘r, talaba, tadbirkor, o‘qituvchi ular 
bir-biridan farq qiladi. Buni ham joyiga qo‘yish kerak.; 

daromad qilish darajasi bo‘yicha, chunki serdaromad tadbirkorlik bilan 
shug‘ullanadigan turist albatta nafaqaxo‘rga nisbatan xizmatlarga bo‘lgan talabi va 
ehtiyoji ham ancha farq qiladi; 

kasbi bo‘yicha, chunki ziyoli insonlar bilan oddiy ishchi yoki fermerlarning 
xizmatlarga bo‘lgan talabi ham bir-biridan farq qiladi. Ushbu farqlarni qayerda 
qanday inobatga olishligini ham marketing tadqiqotlarini o‘tkazayotgan mutaxassis 
yaxshi bilishi lozim va h.k. 
Shkalalashtirish o‘lchanayotgan ob’ektlarning ketma-ketlik kiritilishini 
aniqlaydi. Shkalalashtirish o‘lchashning davomi desak ham bo‘ladi.

Download 6.42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   240




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling