263
1. Nominal shkala – identifikatsiya maqsadida ob’ekt yoki ob’ekt
sinfini
belgilaydi. Masalan: “Quyida keltirilgan ichimliklarni o‘zingiz
xoxlagan tarzda
joylashtiring!”
1. “soke”
2. “dr. pepper”
3. “mountain dew”
4. “pepsi”
5. “seven up”
6. “sprite”
Ularni joylashtirish orqali qaysi ichimlikka bo‘lgan moyilligingiz aniqlanadi.
Ya’ni, “Sprite” ichimligini boshqa ichimliklarga
nisbatan yuqori darajada
yoqtirsangiz, ushbu ichimlik nomini birinchi o‘ringa va bu ichimlikdan so‘ng oz-moz
taqdirda shunga o‘xshash
ichimlik turini esa, masalan, “seven up”
ichimligini
ikkinchi o‘ringa va shunga o‘xshash harakatlar qilishingiz mumkin.
2. Intervalli (oralatib)
shkala
ob’ektning
darajaviy
jihatlarini belgilaydi. Ya’ni, har
bir
mahsulotga
bo‘lgan
munosabatingiz aniqlanadi.
Masalan:
“Quyida
keltirilgan
ichimliklarni
e’tiboriy
darajaga
muvofiq
taqqoslang!
12.3-jadval
Intervalli shkalalashtirishning darajaviy jihatlari
Juda yoqmaydi
Yoqmaydi
Yoqadi
Juda yoqadi
“mountain dew”
“dr. pepper”
“seven up”
“sprite”
264
Jadvaldan ko‘rinib
turibdiki, bir mahsulot o‘rnini vaqti –vaqti
bilan ikkinchi
mahsulot yoki bir ichmlik turi bo‘lmasa ikkinchi ichimlik turi chanqog‘ini
bosish
borasida harid qilish va tanlash imkonini beradi.
Shuningdek, intervalli shkalalashtirish usuliga misol keltiradigan bo‘lsak, Siz
uyingizdan universitetgacha qancha vaqt oralig‘ini bosib o‘tasiz?
• 15 daqiqadan kam
• 15-20 daqiqa
• 17-20 daqiqa
• 30 daqiqadan ko‘proq
Har bir daqiqa oralig‘ida ma’lum bir intervallni aniqlaymiz va ushbu intervalga
keyingi kunlarda moslashamiz.
3. Nisbiy shkala – ob’ektning qiyosiy jihatlari miqdorini belgilaydi.
Ushbu
shkala turi interval va tartibli shkalalardan bir muncha afzalliklarga ega. Chunki,
ushbu tur tadqiqotchiga ob’ektning idensifikatsiyalaydi va tasniflab beradi.
Shuningdek, intervallarni taqqoslaydi va farqini aniqlab beradi.
Masalan: “Quyida keltirilgan ichimliklarni ustunliklariga ko‘ra 50 ballik tarzda
baholang!
Do'stlaringiz bilan baham: