TARTIBLI
TARTIB
IJTIMOIY GURUHLAR
MYeDIANA
INTYeRVA
LLI
INTYERVALNI
TAQQOSLASh
SAVDO BELGISIGA
MUNOSABAT
O‘RTAChA QIYMAT
NISBIY
USTUNLIKNI
TAQQOSLASh
SOTILGAN TOVARLAR
MIQDORI
MIQDORIY
MUNOSABAT
Jadvaldan ko‘rinib turibdiki, har bir usul uchun berilgan qiyosiy darajalar
belgilangan. Masalan, nisbiy usulni oladigan bo‘lsak, unda o‘rganilayotgan ob’ektlar
yoki mahsulotlar nomlari ustunlari, sotilgan tovarlar hajmi va son jihatdan
respondentlarning miqdoriy munosabati aniqlanadi.
Masalan, yuqoridagi misollardan birini qarasak, respondentlardan so‘raladi:
Coke yoki Pepsi istaysizmi?!. Bu taqqoslama shkala tartibli va rangli xususiyatlarga
ega bo‘lib, nisbiylik darajani anglatadi. Shuning uchun, taqqoslama shkalalashtirishni
ba’zan o‘lchovsizlik deb ham atashadi.
Demak, Taqqoslanadigan shkalalar ob’ektlarning to‘g‘ridan-to‘g‘ri qiyoslash
usullarining biridir.
Taqqoslama shkalalashtirishning asosiy afzalliklari shundan iboratki, ko‘rinar-
ko‘rinmas farqlarni ajratib beradi. Ikki ob’ektni taqqoslashda respondentlar
ikkalasidan birini tanlaydilar. Undan tashqari respondentlar berilgan ballar asosida
moyillik vazifasini bajaradilar. Shuning uchun taqqoslama shkalalashtirishni qo‘llash
va qabul qilishni izlanuvchilar e’tirof etadilar.
Yana boshqa afzalligi ushbu shkalalashtirishning shundaki, nazariy
qo‘llanmalarning ishlatish ehtimoli kam va tanlash huquqi respondentlar uchun oson
kechadi.
Taqqoslama shkalalashtirishning birgina kamchiligi,
ularning tartibli
tabiatidadir. Ya’ni, o‘rganilayotgan ma’lum ob’ektlar sonining tahlil xossalari
chegaralangan. Masalan, RC Colani Coke va Pepsilar bilan taqqoslashda yangi
tadqiqot ishlarini olib borish lozim. Ushbu kamchiliklarni ma’lum bir darajada
taqqoslanmaydigan shkalalashtirish usullari orqali bartaraf etishadi.
267
Do'stlaringiz bilan baham: |