Tadqiqotlari


 Tajribaning (eksperiment) ishonchliligi va unga ta’sir etuvchi omillar


Download 6.42 Mb.
Pdf ko'rish
bet174/240
Sana08.07.2023
Hajmi6.42 Mb.
#1659218
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   240
Bog'liq
1503-Текст статьи-4092-1-10-20200627

13.2. Tajribaning (eksperiment) ishonchliligi va unga ta’sir etuvchi omillar 
Eksperiment(tajriba) deb bitta yoki bir nechta mustaqil o‘zgaruvchilarning 
o‘zgarishi boshqa bog‘liq bo‘lgan o‘zgaruvchilarga qanday ta’sir ko‘rsatishi 
aniqlanadigan tadqiqotga aytiladi. Ushbu usulning o‘ziga xos belgilari:
➢ izolyatsiya qilinuvchi o‘zgarishlar (ayrim kattaliklar tadqiqotchi tomonidan 
variatsiyalanadi, boshqalari iloji boricha doimiy bo‘lishi lozim); 
➢ tadqiqotchi ma’lumotlarning paydo bo‘lish jarayoniga faol aralashadi; 
➢ sabab-oqibat aloqalari tekshiriladi (masalan, mahsulot o‘rovi rangining sotuv 
hajmiga ta’siri).
Tajriba odatda hodisa bilan sabab-
oqibat munonasabatlarini aniqlashtirish 
uchun qo‘llaniladi. Boshqacha aytganda, 
eksperiment 
deb, 
mustaqil 
o‘zgaruvchilarning 
o‘rganilmayotgan 
boshqa ko‘rsatkichlarga ta’sir ustidan 
nazoratni saqlagan holda bog‘liq bo‘lgan ko‘rsatkichlarga ko‘rsatuvchi ta’sir 
darajasini aniqlash maqsadida ular bilan ishlash tushuniladi. Mustaqil 
o‘zgaruvchilar (narx, reklama harajatlari va hokazo) eksperiment o‘tkazuvchining 
istagi bo‘yicha o‘zgartirilishi mumkin bo‘lgan bir paytda bog‘liq bo‘lgan 
o‘zgaruvchilar (sotuv hajmi, bozor ulushi ko‘rsatkichi) uning beovsita boshqaruv 
sohasida bo‘lmaydi. Ularni mustaqil o‘zgaruvchilar kabi to‘g‘ridan-to‘g‘ri 
almashtirib bo‘lmaydi.


280 
Eksperimentlarning ikki xil turi mavjud: laboratoriya va dala tajribalari. 
Ulardan birinchisini o‘tkazishda qo‘shimcha omillarning ta’sirini yo‘qqa chiqarish 
maqsadida sun’iy sharoitlar yaratiladi. Masalan, reklamaning har xil turlariga 
xaridorlarning reaksiyasini baholashda shunday xaridorlarni taklif etish kerakki, ular 
jinsi, yoshi, ijtimoiy holati bo‘yicha reprezentativ bo‘lsin. Laboratoriya 
eksperimentlari qo‘shimcha omillar ta’sirini nazorat qilishdan tashqari nisbatan arzon 
hisoblanadi va ularni o‘tkazish uchun kamroq vaqt talab qilinadi.
Oxirgi yillarda laboratoriya eksperimentlarini o‘tkazishda kompyuter 
texnikasidan toboro keng foydalanilmoqda. Kompyuterlashtirilgan dastur-savollar 
mavjud bo‘lib, iste’molchilarni supermarketga 
virtual tashrif buyurish va xarid uchun tovar 
tanlashga imkon beradi. Kompyuter ular 
qilgan xaridlarni qayd etadi va ularning 
marketing majmui ma’lum bir elementlarini 
(narx, tovar o‘rovi rangi va shakli, do‘kon 
ichida 
tovarni 
harakatlantirish 
usullari) 
qo‘llashga reaksiyasini baholaydi. 
Dala 
eksperimentlari 
real 
sharoitlarda: 
do‘konlarda, iste’molchilarning uylarida va boshqa 
joylarda o‘tkaziladi. Garchi bunday eksperimentlar 
natijalari laboratoriya eksperimenti natijalariga 
nisbatan ko‘proq ishonchga loyiq bo‘lsada, ularni 
o‘tkazishda qo‘shimcha omillar ta’sirini aniq 
hisobga olish qiyin, ular amalga oshirish uchun 
ko‘proq vaqt va xarajatlar talab qiladi.
Marketingda dala eksperimenti xarakteriga 
ega eksperiment o‘tkazishning ko‘plab usullari «sinov tariqasidagi marketing» noma 
ostida ma’lum. Kompaniyalar bunday eksperimentlarni bitta yoki bir nechta shaharda 
o‘tkazishi mumkin. Eksperiment o‘tkazishda odatda ikkita maqsad ko‘zlanadi: yangi 


281 
mahsulotning potensial sotuv hajmini aniqlash va yangi mahsulotni sotishda 
marketing majmuining ayrim elementlarini qo‘llash samaradorligini topish. 
Bunday sinov marketingini o‘tkazishda turli bozorlar tadqiqot ob’ekti sanaladi, 
shuning uchun eksperiment faoliyati ko‘pincha 
bozorni sinovdan o‘tkazish deb ham ataladi. 
Bozorni sinovdan o‘tkazish standart, 
nazorat qilinuvchi, elektron va imitatsion 
turlarga tasniflanadi. 
Standart turini qo‘llashda firma mahsulot 
va marketing majmuining boshqa elementlarini 
mazkur firma tomonidan foydalaniluvchi odatiy sotuv kanallari orqali sinab ko‘radi. 
Bu usul juda qimmat bo‘lib, uni o‘tkazish uchun ko‘p vaqt talab qilinadi. bundan 
tashqari, u konfidensial sanaladi. 

Download 6.42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   240




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling