Tadqiqotlari


 Tajriba modellarini tasniflash


Download 6.42 Mb.
Pdf ko'rish
bet176/240
Sana08.07.2023
Hajmi6.42 Mb.
#1659218
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   240
Bog'liq
1503-Текст статьи-4092-1-10-20200627

13.4. Tajriba modellarini tasniflash 
 
Eksperimentni loyihalashtirish shundan iboratki, bog‘liq bo‘lgan o‘zgaruvchiga 
faqat 
o‘rganilayotgan mustaqil o‘zgaruvchi tomonidan ta’sir ko‘rsatishni 
kafolatlovchi sharoitlar yaratish va bunda qo‘shimcha omillar ta’sirini yo‘qqa 
chiqarish lozim. 
Masalan, bizning maqsadimiz do‘kon rastalarida bananlarning joylashuvi sotuv 
hajmiga qanchalik ta’sir ko‘rsatishini aniqlash hisoblanadi. 
Siz barcha meva-cheva do‘konlarini ikki guruhga – eksperimental va nazorat 
guruhiga ajratasiz. Ikkala guruh imkoniyati bo‘yicha barcha jihatlardan bir xil kuchga 
ega, ya’ni shahar markazi va chetida joylashgan katta va kichik do‘konlar soni bir xil 


284 
va hokazo. Ikkala guruhdagi do‘konlarda ma’lum bir muddat davomida sotilgan 
bananlar hajmi aniqlanadi. Shundan so‘ng faqat eksperimental guruh do‘konlarida 
bananlarning do‘kon rastalarida joylashuvi ma’lum tarzda o‘zgartirib chiqiladi va 
belgilangan vaqt o‘tgach ikkala guruhdagi do‘konlarda sotuv hajmi yana bir bor 
o‘lchanadi. Mazkur eksperiment natijalari bo‘yicha bananlarning do‘kon rastalarida 
joylashuvi sotuv hajmiga qanchalik ta’sir ko‘rsatishi aniqlanadi. Biroq eksperimental 
do‘konlarda aniqlangan sotuv hajmining o‘zgarishi faqat bananlarning joylashuvini 
o‘zgartirishgagina emas, balki ishlab chiqaruvchilar reklamasi, ob-havo kabi boshqa 
bir qator qo‘shimcha omillarga ham bog‘liq bo‘ladi. Lekin bu omillar ta’siri nazorat 
guruhidagi sotuv hajmining o‘zgarishini ham tavsiflaydi. Shu tariqa, nazorat va 
eksperimental guruhda sotuv hajmining o‘zgarishi bananlarni sotish hajmiga (bog‘liq 
bo‘lgan o‘zgaruvchi) ularning do‘kon rastasida joylashuvi (mustaqil o‘zgaruvchi) 
ko‘rsatuvchi ta’sirni tavsiflaydi. 
Endi esa olingan natijalarning ishonchlilik darajasini baholash zarur. Bunda 
ichki va tashqi ishonchlilik foydalaniladi. 
Ichki ishonchlilik bog‘liq bo‘lgan o‘zgaruvchining qanday doirada o‘zgarishi 
haqiqatda ham mustaqil o‘zgaruvchining o‘zgarishi bilan izohlanishini aniqlab 
beradi. Masalan, yuqorida keltirilgan misolda nazorat va eksperimental guruhlarning 
to‘liq ekvivalentlik sharti ta’minlanmagan – aytaylik, bu guruhdagi do‘konlarga yoshi 
va moddiy ahvoli turlicha bo‘lgan xaridorlar tashrif buyuradi. Bu farqlar nazorat 
qilinmaydigan omillar tarkibiga mansub bo‘ladi va mazkur eksperiment ichki 
ishonchlilik talablariga javob bermay qoladi. Bunday eksperiment natijalari unchalik 
katta qiymatga ega bo‘lmaydi. 
Tashqi 
ishonchlilik 
eksperiment 
davomida 
olingan 
va 
aniqlangan 
bog‘liqliklardan foydalanish mumkin bo‘lgan doirani tavsiflaydi. Masalan, 
bananlarning do‘kon rastasida joylashuvi va sotuv hajmi o‘rtasidagi bog‘liqlikni 
(agarda u mavjud bo‘lsa) boshqa turdagi do‘konlarga ham tarqatish mumkinmi?
Reklamani sinovdan o‘tkazishda xaridorlarning har xil reklama turlariga 
reaksiyasi baholanadi, bunda sinovdan o‘tkazish maxsus namoyish xonasida amalga 
oshiriladi. Biroq xaridorlarning tovarni ilgari surishdagi turli usular, jumladan


285 
reklamaga haqiqiy reaksiyasi namoyish xonasi va haqiqiy savdo zalida bir-biridan 
farq qilishi mumkin.
Amaliyotda muayyan marketing tadqiqoti o‘tkazishda qoidaga ko‘ra bitta 
emas, balki barcha tadqiqot turlaridan, buning ustiga istalgan ketma-ketlikda 
foydalaniladi. Masalan, tavsiflash xarakteriga ega tadqiqot asosida razvedka tadqiqoti 
o‘tkazish haqida qaror qabul qilinishi mumkin. Buning natijalari kazual tadqiqot 
yordamida aniqlashtirilib, o‘z navbatida, bu tadqiqotga asos qilib eksperiment 
o‘tkazish olinadi. 
Eksperiment usuli o‘rganilayotgan ob’ektlar xulq-avtori haqida axborot 
to‘plash usuli bo‘lib, ushbu ob’ektlar faoliyatiga ta’sir ko‘rsatuvchi barcha omillar 
ustidan nazorat o‘rnatishni nazarda tutadi.
Bu usuldan maqsad marketing omillari va o‘rganilayotgan ob’ektlar xulq-
avtori o‘rtasida sabab-oqibat aloqalarini aniqlashdir. Eksperiment natijalarining 
ishonchliligini ta’minlash uchun o‘rganilayotgan omildan tashqari boshqa barcha 
omillar qiymati o‘zgarmas bo‘lishi lozim.
Eksperiment 
marketing 
tadqiqotlari 
usuli 
sifatida 
tahlil 
davomida 
o‘rganilayotgan omildan boshqa barcha omillar ta’siri yo‘q qilinishini nazarda tutadi. 
Shu sababli eksperiment kamida ikkita o‘rganilayotgan guruh bo‘lishini talab qiladi, 
ulardan biri eksperimental, ikkinchisi esa nazorat guruhi sanaladi.
Sun’iy vaziyatda o‘tkaziluvchi eksperimentlar laboratoriya eksperimenti, 
haqiqiy sharoitlarda o‘tkaziluvchi eksperimentlar esa dala eksperimenti deb ataladi.
Dala tadqiqotlari eng murakkab va qimmatli bo‘lsada, shu bilan bir paytda u 
bozorni o‘rganishning eng samarali usuli hamdir. Uni faqat yirik kompaniyalargina 
qo‘llaydi. U bozor talablari, sotuv 
usullari, narx va boshqa ko‘plab shartlar 
bilan tezda va har tomonlama tanishib 
chiqish, 
potensial 
xaridorlar 
bilan 
shaxsiy 
muloqot 
o‘rnatish, mazkur 
bozorda talab eng katta bo‘lgan tovar 
namunalarini xarid qilishga imkon beradi.


286 

Download 6.42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   240




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling