288
4.
Marketing tadqiqotlarida statistik tahlilda natija o‘zgarishiga
omillar
ta’siri qanday mezonlar bo‘yicha aniqlanadi?
5.
Vaqt mobaynidagi hodisaning yuz berish tartibini tushuntirib bering.
6.
Tajribaning (eksperiment) ishonchliligi va unga ta’sir
etuvchi omillar
nimalardan iborat?
7.
Tajriba usulida tashqi va ichki omillarni ta’riflab bering.
8.
Tajriba
modellarini
tasniflashda
ichki
va
tashqi
ishonchlilik
o‘zgaruvchanlikni aniqlang.
9.
Dastlabki va Haqiqiy tajriba modellarning farqi nimada?
10.
Imitatsiya nima va uning usullarini gapirib bering.
289
14-BOB. KORRELASIALI VA REGRESSIYA TAHLILLAR
14.1.
Korrelyatsion va regressiv tahlilning umumiy tushunchasi
Korrelyatsiya va regressiya bu – marketing tadqiqotlari o‘tkazishda
foydalaniladigan iqtisodiy-matematik usullar guruhiga kiradigan usullardir. Ular
marketing faoliyatini tavsiflaydigan o‘zgaruvchilar guruhlari o‘rtasidagi o‘zaro
aloqalarni belgilash uchun foydalaniladi.
Korrelyatsiya deyilganda ikkita tasodifiy miqdorlarning (X va U)
bir-biriga
bog‘liqligi (aloqadorligi) tushuniladi. Ularning
tasodifiyligi shundaki,
tahlil
qilinayotgan miqdorlar bir-biriga umuman bog‘liq bo‘lmasligi ham mumkin. Bunday
bog‘lanishni yolg‘on korrelyatsiya deb yuritiladi. Ikkita miqdorning o‘rtachasidan
farqlarining yig‘indisi
korrelyatsiya funkiyasi yoki korrelyatsiya deb aytiladi. Bu
quyidagicha ifodalanadi:
Do'stlaringiz bilan baham: