Tadqiqotlari


Download 6.42 Mb.
Pdf ko'rish
bet181/240
Sana08.07.2023
Hajmi6.42 Mb.
#1659218
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   240
Bog'liq
1503-Текст статьи-4092-1-10-20200627

 
14.2. Juftli korrelyatsiya 
 
Agar marketologni ikkita metrik ko‘rsatkich o‘rtasidagi aloqa qiziqtiradigan 
bo‘lsa, bunda juft korrelyatsiyadan foydalaniladi. Ushbu korrelyatsiya Pirson 
korrelyatsiya koeffitsiyenti bilan tavsiflanadi. Korrelyatsiya xususiy koeffitsiyenti – 
o‘zgaruvchilar samarasiga tuzatish kiritishdan so‘ng ikkita o‘zgaruvchi o‘rtasidagi 
bog‘liqlik o‘lchovidir. Korrelyatsiya koeffitsiyenti -1 dan +1 gacha o‘zgaradi. 
Koeffitsiyent mutlaq qiymati aloqa qalinligini tavsiflaydi, belgi esa uning 
yo‘nalishini ko‘rsatadi. 
Juft korrelyatsiya quyidagi kabi savollarga javob beradi: 
- talab reklama xarajatlari bilan qanchalik kuchli bog‘langan? 
- iste’molchilarning tovarlar sifatini qabul qilishi ularning narxni qabul qilishi 
bilan bog‘liqmi? 
Xususiy korrelyatsiya esa quyidagi savollarga javob beradi: 
- agar talabning reklama xarajatlariga bog‘liqligini oladigan bo‘lsak, narx 
omilining ta’siri bormi? 
- sifat va narx ta’sirini o‘rganishda savdo markasi samarasi bormi? 
Xususiy korrelyatsiya qalbaki bog‘liqliklarni aniqlash uchun foydali bo‘lishi 
mumkin.
Agar ma’lumotlar oraliqli yoki nisbiy shkalalar yordamida o‘lchangan bo‘lsa, 
bu korrelyatsiya turlarining birontasi bilan muammo yuzaga kelmaydi. Lekin 
nometrik o‘zgaruvchilar ham mavjud bo‘lib, ularni oraliqli yoki nisbiy shkalalar 
yordamida o‘lchab bo‘lmaydi yoki ular normal taqsimot qonuniga bo‘ysunmaydi. 
Bunday holatlarda Spirmen koeffitsiyentlari yoki Kendal rang korrelyatsiyasi 
foydalaniladi, korrelyatsiyaning o‘zi esa nometrik korrelyatsiya deb ataladi. Bu 
koeffitsiyentlarning farqi shundaki, Kendal rang korrelyatsiyasi kuzatuvlarning katta 
qismi nisbatan kam sonli toifalarga to‘g‘ri kelganda, Spirmen rang korrelyatsiyasi 
esa, aksincha – toifalar soni ko‘p bo‘lganda foydalaniladi. 
Korrelyatsion tahlildan amaliyotda foydalanishga misol : 


295 
Iste’molchilarning savdo markalariga munosabatini o‘rganish bilan 
shug‘ullanadigan marketologlarning aniqlashicha, sotuvchilarning minimal ishtiroki 
bilan sotiladigan tovarlar uchun xaridorning reklamaga munosabati brendni tanib 
olish va unga munosabat o‘rtasida oraliq bo‘g‘in bo‘lib xizmat qiladi. Ular agar 
tovarlar kompyuter tarmog‘i orqali xarid qilinadigan bo‘lsa, bu oraliq o‘zgaruvchi 
bilan nima bo‘lishini bilishga harakat qilib ko‘rdilar. Vengriyada kompaniyalardan 
biri xaridlarga bevosita reklamaning ta’sirini tadqiq qildi. Marketologlar o‘tkazgan 
so‘rov davomida turli ko‘rsatkichlar o‘lchandi. Shundan so‘ng brendga munosabat 
bilan unga ishonch o‘rtasida xususiy korrelyatsiya koeffitsiyentini hisoblab chiqish va 
shu bilan bir paytda reklamaga munosabatni istisno qilish zarur bo‘ldi. Mazkur 
korrelyatsion tahlil reklamaga munosabat haqiqatda muhim ahamiyat kasb etishini va 
iste’molchilar xulq-atvoriga ta’sir etishini ko‘rsatdi, chunki xususiy korrelyatsiya 
koeffitsiyenti brendga ishonch va unga munosabat juft koeffitsiyentidan ancha kichik 
edi.
Tabiat va jamiyatdagi barcha hodisalar va jarayonlar bir-biri bilan uzviy 
ravishda bog‘langan bo‘lib, bu hodisa va jarayonlardan birining o‘zgarishi, albatda 
ikkinchisining o‘zgarishiga olib keladi va aksincha. Bunda birinchisi albatta funksiya 
yoki natija bo‘lsa, ikkinchilari argument yoki omillar bo‘lib hisoblanadi. Bunday 
hodisalar marketing jarayonida ham sodir bo‘ladi. Shu tufayli marketing 
tadqiqotlarida ham ushbu bog‘lanishlarni albatta o‘rganishni taqozo qiladi. 
Natija ko‘rsatkichi bilan omillar o‘rtasidagi bog‘lanishlar xarakteriga qarab 
ikki guruhga bo‘linadi:
- funksional bog‘lanishlar; 
- korrelyatsion bog‘lanishlar. 
Bog‘lanishlar yo‘nalishiga qarab ham ikkiga bo‘linadi: 
- to‘g‘ri bog‘lanishlar; 
- teskari bog‘lanishlar.
Analitik ifodalarning ko‘rinishlariga qarab ham bog‘lanishlar ikki guruhga 
bo‘linadi: 
- to‘g‘ri chiziqli bog‘lanishlar; 


296 
- egri chiziqli bog‘lanishlar. 
Bir ko‘rsatkichning o‘zgarishi bilan ikkinchi ko‘rsatkich albatta o‘zgarsa va 
ular bir-biriga bevosita bog‘liq bo‘lsa bunday bog‘lanishlar funksional bog‘lanishlar 
deb aytiladi. Funksional bog‘lanishning eng muxim xususiyatlari shulardan iborat: 
- natija bilan omillar o‘rtasidagi bog‘liqlik bevosita arifmetik belgilardan iborat 
bo‘ladi; 
- ularning joylashuviga qarab qaysi omil ijobiy yoki salbiy ta’sir qilishi aniq 
bo‘ladi; 
- omilning qanchaga o‘zgarishi natijani qanday o‘zgarganligini ham aniqlash 
imkoniyati mavjud bo‘ladi; 
- ushbu ko‘rsatkichlarning bog‘liqligi (natija bilan omillarning) albatta 
matematik formulalarda tenglama shaklida ifodalanadi. 
Ko‘rsatkichlarning funksional bog‘lanishlarini sxematik tarzda quyidagi 
tenglama bilan ifodalash mumkin: 

Download 6.42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   240




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling