Tadqiqotlari
Dastlabki va haqiqiy tajriba modellari
Download 6.42 Mb. Pdf ko'rish
|
1503-Текст статьи-4092-1-10-20200627
13.5. Dastlabki va haqiqiy tajriba modellari Eksperimentni o‘tkazishga tayyorgarlik jarayonida uni o‘tkazish joyi, muddati, doimimy yoki o‘zgaruvchi omillar tarkibini aniqlab olish zarur. Eksperiment usulining afzalliklari: ➢ ob’ektiv xarakter, ➢ omilar o‘rtasida sabab-oqibat aloqalarini o‘rnatish imkoniyati. Eksperiment usuli kamchiliklari: ➢ barcha omillar ustidan tabiiy sharoitlarda nazorat o‘rnatishning qiyinligi, ➢ laboratoriya sharoitlarida ob’ektning normal xulq-atvorini takror ishlab chiqarishning qiyinligi, ➢ yuqori xarajatlar. O‘xshatish (imitatsion modellashtirish) korxonaning taktika va strategiyasini belgilab beruvchi nazorat ostidagi va nazorat qilinmaydigan omillarning matematik, grafik yoki boshqa modelini ifodalaydi. Imitatsion modellashtirish marketing strategiyasini belgilab beruvchi ko‘plab omillarni har tomonlama o‘rganishga imkon beradi. Imitatsiyani o‘tkazishga tayyorgarlik tadbirlari ob’ektning faoliyat ko‘rsatish modelini ishlab chiqish va uning mos kelishini tekshirishdan iborat. Jamiyatimiz hayotida iqtisodiy va ijtimoiy jarayonlar uzluksiz davom etmoqda. Ammo ularni axborotlarda ifodalash, jamlash va tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha xulosa qilish hamda boshqaruv qarorlarini qabul qilish masalasi shu axborotlarni nima uchun jamlanish maqsadiga bog‘liq. Marketing tadqiqotlarini o‘tkazish uchun ham shunga dxldor axborotlar zarur bo‘ladi. Chunki, axborotlarni to‘plash va ulardan foydalanish bir qancha masalalarni hal qilish imkonini beradi. Jumladan: - korxonaning holatini bilish imkonini beradi; - korxonaning bozordagi mavqeiga tashxis qo‘yishga asos bo‘ladi; - raqobatchilar o‘rtasidagi ahvolini bilish imkonini beradi; - qay darajada samarali faoliyat ko‘rsatayotganliginiga baho berish mumkin bo‘ladi; 287 - korxonaning marketing strategiyasini ishlab chiqish uchun asos bo‘ladi; - korxonaning tashqi hamkorlariga tegishli qaror qabul qilishi uchun sharoit yaratadi; - korxonaning o‘z faoliyatiga tashxis qo‘yish imkonini yaratadi. Ko‘rinib turibdiki, axborotlar korxona faoliyatida, xususan marketing tadqiqotlarida ham juda katta ahamiyatga ega ekan. Modellashtirish xaridorlar xulq-avtorini o‘rganishda eng ko‘p qo‘llanadi. Xaridorlar xulq-avtorini o‘rganishning eng mashhur usullari ehtimoliy (stoxastik), chiziqli-eksperimental va axborotni qayta ishlash modellari hisoblanadi. Ehtimoliy modellar bundan oldingi va ayniqsa, oxirgi xarid iste’molchining bozordagi keyingi xulq-atvorini belgilab berishiga asoslanadi. Bu modellar yangi tovarlarga talabni bashorat qilish va tovar markalariga moyillikni aniqlashda foydalaniladi. Chiziqli-eksperimental modellar odatda ta’riflash xarakteriga ega bo‘lib, tovarlarga potensial talabni modellashtirish, muayyan tovarlarga nisbatan xaridorlar xulq-avtori tendensiyalarini aniqlash uchun qo‘llanadi. Imitatsiya usulining afzalligi marketing harakatlarining ko‘plab variantlarini tezkorlik bilan tahlil qilish va shu asosda ularning ichidan eng yaxshisini tanlab olishdan iborat. Mazkur usulning kamchiligi esa marketing omillari, uning tashqi muhiti va xaridorlar xulq-atvorini belgilab beruvchi omillar o‘rtasida sabab-oqibat aloqalarini ifodalash va chuqur o‘rganishni talab qiluvchi modelni yaratishning qiyinligi va ko‘p mehnat talab qilishidir. Download 6.42 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling