Marketing tadqiqotlari (ingl. marketing research) deb axborot to‘plash, uni
izohlash, marketing xizmatlari va firma rahbariyati uchun ularning buyurtmalari
bo‘yicha bajariladigan baholash va bashorat hisob-kitoblariga aytiladi.
Maqsadli bozor - u yoki bu mahsulotni sotish bozorini tadqiq etish natijasida
tanlangan, marketing xarajatlarining minimalligi bilan tavsiflanuvchi va firma
faoliyati natijalarining asosiy ulushini (qismini) ta’minlovchi bozor.
Makromuhit - firmaning marketing muhiti tarkibiy qismi, ijtimoiy jihatdan
mikromuhitga ta’sir ko‘rsatuvchi kuchlarga karaganda keng ifodalanuvchi omillar,
masalan, demografik, iqtisodiy, tabiiy, texnik, siyosiy va madaniy omillar.
Marketing qarori - 1) iste’molchilarning tovar va xizmatlarga talabini
barqaror shakllantirish, rivojlantirish va qondirish uchun zarur bo‘lgan marketing
tadbiri yoki tadbirlari majmui variantlar ichidagi tanlash, javob; 2) firma, tovar va
xizmatlarning raqobatchilik ustunligini saklab kolish yoki yaxshilash uchun
marketing tizimi sub’ekt va ob’ektlariga maqsadli yo‘naltirilgan ta’sir ko‘rsatish.
Marketing qarori qabul qilishning samaradorligi - 1) marketing vazifasini
bajarishning kurib chikilayotgan (kutilayotgan) kuplab variantlari orasidan tanlab
olishda iqtisodiy tavakkalchilik narxining natijasi, foydalilik ko‘rsatkichi; 2)
marketing vazifasini bajarishning tanlab olingan variantining iqtisodiy samara
keltirish qobiliyati.
Marketing axborot tizimi (MAT) - 1) marketing tadbirlarini rejalashtirish,
xayotga tatbik etish va nazorat maqsadida aniq, dolzarb ma’lumotlarni o‘z vaqtida
tuplash, tasniflash, tahlil qilish, baholash va undan marketing sohasida foydalanish
maqsadida tarkatish uchun muljallangan metodik usullar, asbob-uskunalar va
odamlarning muntazam faoliyat ko‘rsatuvchi o‘zaro aloqalar tizimi; 2) marketing
sohasida qarorlarni ishlab chiqish va qabul qilish jarayonida foydalaniluvchi
ma’lumotlarni to‘plash, tahlil qilish va yetkazish usullari, asbob-uskunalar va
xodimlar majmui.
339
Do'stlaringiz bilan baham: |