Marketing budjeti - firmaning marketing faoliyatini amalga oshirishdagi
xarajatlar, foyda va daromadlar miqdori detallashtirilgan tarzda (marketing kompleksi
elementlari yoki marketing tadbirlari bo‘yicha) aks ettirilgan ko‘rsatkichlar tizimi,
marketingning moliyaviy rejasi, korxona marketing rejasining bo‘limi. Marketing
budjetini
rejalashtirish
maqsadli
foydaga
asoslanishi
yoki
foydani
optimallashtirishdan kelib chiqishi mumkin.
Marketing jarayoni - yangi ehtiyoj va g‘oyalarni izlab topish, tanlash va
ularni tovar yoki xizmatga aylantirish, bu tovarlarni izlab chiqish va bozorlarda yoki
savdo taqsimot tarmoqlariga sotish bilan bog‘liq xarakatlar va bosqichlarning
tartibga solingan majmui.
Marketing kommunikatsiyalari tizimi - 1) marketing tizimining tashki muhit
bilan o‘zaro aloqalari jarayonida sub’ektlar (junatuvchi va qabul kiluvchi), vositalar,
kanallar, to‘g‘ri (xabar) va teskari (qabul kiluvchining taxriri) aloqalar majmui;
2) insonlar o‘rtasidagi o‘zaro aloqa shakl va vositalari majmui.
Marketing konsepsiyasi - 1) bozor munosabati sharoitlarida faoliyat
ko‘rsatayotgan firma, tashkilot yoki shaxsning ish yuritish, tadbirkorlikni tashkil etish
falsafasi; 2) korxonaning yakuniy maqsadi - daromad olish va iste’molchilar
ehtiyojini qondirish uchun foydalaniluvchi marketing faoliyatining asosiy vositalari,
qoida va goyalari tizimi. Atrofdagi aniq xolatga, bozor munosabatlari rivojlanish
darajasiga qarab an’anaviy, ishlab chiqarish, savdo. Tovar, ijtimoiy va servis
konsepsiyalarini ajratib ko‘rsatish mumkin.
Marketing majmuasi (marketing - miks) - marketing retsepti, undan
foydalanish korxonaga maqsadli bozorlar ehtiyojlarini qondirish va atrof-muhitdagi
uzgarishlarga moslashishda eng yaxshi ko‘rsatkichlarga erishishga imkon beradi.
Eng sodda marketing retsepti tovar, narx, savdo va kommunikatsiya siyosati sohasida
(4R: Rroduct, Price, Plase, Promotion) muvofiqlashtirilgan chora-tadbirlar utkazishni
talab qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |