342
va amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan barcha (moddiy-texnik mexnat va hokazo)
resurslarga nisbati yordamida baholanadi.
Marketing xarajatlari - tovar va xizmatlarni shakllantirish va takror ishlab
chiqarish bo‘yicha marketing chora-tadbirlari va marketing
faoliyatini amalga
oshirish uchun zarur bo‘lgan sarf va chikimlar yig‘indisi. Marketing xarajatlarining
asosiy tarkibiy qismlari: boshqaruv xarajatlari, marketing bo‘limi
xodimlari maoshi,
amortizatsion ajratmalar, marketing bo‘limining normal faoliyat ko‘rsatishi uchun
zarur bo‘lgan
material va resurslar, tovar siyosati, narx siyosati,
kommunikativ
siyosat, savdo va distributiv siyosat uchun sarflanuvchi xarajatlar.
Marketing chora-tadbirlarining iqtisodiy samaradorligi - 1) marketing
chora-tadbirlarini amalga oshirish samarasining (natijasi)
buning uchun sarflangan
barcha xarajatlar miqdoriga nisbati; 2) marketing majmuasining (marketing-miks)
samaradorlik ko‘rsatkichi. Natural va kiymat shaklida ulchanadi.
Marketing o‘zaro aloqalari - 1) xizmat ko‘rsatish
tadbirkorligining tovar
xayotiylik davrining xar bir boskichida barcha bozor sub’ektlari bilan aloqalarni
rejalashtirish, tashkil etish va boshqarish jarayonida barcha faoliyat turlari va
resurslarni qamrab olishga yo‘naltirilgan istikbolli konsepsiyasi.
Mijoz bilan uzok
muddatli o‘zaro munosabatlarga va bitimda ishtirok etuvchi tomolar maqsadlarini
qondirishga yo‘naltirilgan konsepsiya; 2) bajarish ma’suliyatini
taqsimlash va
kengaytirish tamoyillari bo‘yicha marketingni tashkil etish usuli.
Do'stlaringiz bilan baham: