Tadqiqotlari


Download 6.42 Mb.
Pdf ko'rish
bet211/240
Sana08.07.2023
Hajmi6.42 Mb.
#1659218
1   ...   207   208   209   210   211   212   213   214   ...   240
Bog'liq
1503-Текст статьи-4092-1-10-20200627

Marketing tizimi - bozor muhitining mustaqil, foyda olish maqsadida tovar va 
xizmatlarga talabni shakllantirish va rivojlantirish bo‘yicha o‘zaro uzluksiz aloqada 
bo‘luvchi ijtimoiy-iqtisodiy elementlar majmui. Marketing tizimi o‘z ichiga 
quyidagilarni kiritadi; ishlab chiqaruvchi firma, ta’minotchi firma, raqobatchi firma 
vositachi firma, iste’molchi (bozor). 


341 
Marketing tizimini axborot bilan ta’minlash - 1) marketing xujjatlarini 
rasmiylashtirish usullari va vositalari majmuasi, marketing tizimining xolati va xulk-
atvori to‘g‘risidagi ma’lumotlarni izlab topish, kodlashtirish va saklashni tashkil 
etish; 2) marketing tizimining normal faoliyat ko‘rsatishini ta’minlovchi 
kuyitizimlardan biri (tashkiliy, huquqiy, iqtisodiy, texnik, dasturiy, matematik 
ta’minot va boshqalar); 3) marketing axborotlari manbai, uning asosida korxona 
menedjmenti turli xil boshqaruv qarorlarini qabul qiladi; 4) ma’lumotlarni olish, 
ishlov berish, sistemalashtirish va ularni “iste’mol uchun tayyor” axborotga 
aylantirish. 
Marketing tizimining samaradorligi - 1) marketing tizimining marketing 
xarajatlari belgilab qo‘yilgan xolda tovar va xizmatlarga talabni takror ishlab 
chiqarishni tuxtovsiz shakllantirish jarayonini ta’minlash qobiliyati ko‘rsatkichi; 2) 
marketing tizimi faoliyatining sifat ko‘rsatkichi; 3) marketing tizimi sub’ektlarining 
resurslar ayirboshlash jarayonida o‘zaro aloqalari natijaviyligining kompleks 
ko‘rsatkichi. 
Marketing faoliyati - 1) tadbirkorlik sohasida bajariladigan ishlar va vazifalar 
turi; 2) talabni shakllantirish va takror ishlab chiqarish, firmaning foyda olishini 
ta’minlash maqsadida amalga oshiriluvchi marketing funksiyalari (marketing 
tadqiqotlari, savdo, narxning xosil bo‘lishi, tovarni yetkazib berish, marketing
razvedkasi, bengmarketing va x.k.) bilan bog‘liq faoliyat; 3) bozor iqtisodiyotida 
takror ishlab chiqarish zanjirining barcha buginlarida marketing vositalari va 
falsafasini kullash jarayonini qamrab oluvchi hamda tovar yoki xizmat talabni 
qondirish va foyda keltirish uchun nimani, qayerda, kancha va qanday kilib ishlab 
chiqarish lozim degan savollarga javob berishga imkon beruvchi xar qanday faoliyat. 

Download 6.42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   207   208   209   210   211   212   213   214   ...   240




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling