340
jihatidan aks ettirish shakli; 2) marketing tizimini loyixalashtirish,
rejalashtirish,
tashkil etish, faoliyat ko‘rsatish va rivojlanishda marketing muhiti va sub’ektlarining
funksional, sabab-oqibat va resurs aloqalarini ifodalovchi va aks ettiruvchi
(imitatsiya, regressiya, korrelyatsiya va x.k.)
modellar majmui; 3) marketing-miks
yoki uning tarkibiy qismlari modellari (tovar siyosati modeli, narx xosil bo‘lish
modeli, reklama modeli va x.k.).
Marketing operatsiyalari tadqiqoti - 1) marketing qarorlarini ishlab chiqish
va qabul qilish tizimida foydalaniluvchi usullar (matematik dasturlashtirish,
uyinlar
nazariyasi, qarorlar nazariyasi, tasvirlarni tanib olish nazariyasi va hokazo) yig‘indisi;
2) “boshqa usullar yordamida bundan xam yomon javob beriladigan amaliy
savollarga yomon javob berish san’ati” (T.A.Saati, operatsiyalar tadqiqoti sohasidagi
amerikalik mutaxassis)
Marketing rejasi - belgilangan marketing maqsadlariga erishishda yordam
berishi kutilayotgan chora-tadbirlarning ketma-ketlikda detalli ravishda ifodalanishi.
Marketing salohiyati - 1) korxona salohiyatining ajralmas qismi; 2) tovar,
narx kommunikatsiya va savdo siyosati, talabni urganish sohasida samarali marketing
tadbirlarini rejalashtirish va utkazish hisobiga marketing tizimining korxonnaning
doimiy
raqobatbardoshligi, tovar va xizmatlarning bozordagi iqtisodiy va ijtimoiy
kon’yunkturasini ta’minlash qobiliyatlari majmui.
Marketing tadqiqoti dizayni - 1) marketing tadqiqoti
jarayoni va modelini
loyixalashtirish va tuzish; tadqiqotni utkazish, marketing
axborotlarini izlab topish
uchun ratsional rejalarni ishlab chiqish. Kulda yoki axborot texnologiyalari
yordamida amalga oshirilishi mumkin; 2) marketing tadqiqoti sub’ektlari xulk-
atvorining uzgarish xolatlarini o‘rganish va bashorat qilish bo‘yicha ijodiy jarayon.
Do'stlaringiz bilan baham: