«Tasdiqlayman» O’ibd o’rinbosari A. G’aybullayev
Download 78.31 Kb.
|
18-mavzu Etalon model tahlili
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzu: 18
- Mashg’ulot turi
- O’quv faoliyatini tashkil etish shakli
- Qayta aloqaning usul va vositalari
- Tayanch bilimlarni faollashirish
- Ta’lim oluvchilar bilimini faollashtirish
- Yangi o’quv materiallari bayoni
- Yangi o’quv material
- Uyga vazifani berilishi
- 18 – Mavzu
- To‘liq kommunikatsiya jarayoni quyidagilarni o‘z ichiga oladi
«Tasdiqlayman» O’IBD o’rinbosari _______ A. G’aybullayev
Mavzu: 18 - Ochiq tizimlar o‘zaro bog‘lanish etalon modelini ishlash jarayoni bilan tanishish. O’quv mashg’ulotining o’qitish texnologiyasi modeli
O‘quv mashg’ulotining texnologik xaritasi
18 – Mavzu: Ochiq tizimlar o‘zaro bog‘lanish etalon modelini ishlash jarayoni bilan tanishish. Reja: OSI modelining sathlari tahlili. OSI modelining sathlari vazifalari. Etalon modelini ishlash jarayoni. Tarmoqqa birlashtirilgan kompyuterlar o‘rtasidagi axborot almashinuvi juda murakkab vazifadir. Bu hisoblash tizimlarining turli xil apparat va dasturiy ta’minot ishlab chiqaruvchilarining mavjudligi bilan bog‘liqdir. Yagona yechim – tizimlarni moslashtirish vositalarini umumlashtirishdir, ya’ni ochiq tizimlarni yaratishdir. Ochiq tizim boshqa tizimlar bilan yagona umumiy kirishli standartlar va spesifikatsiyalar asosida o‘zaro aloqada bo‘ladi. 1984 yilda Standartlashtirish bo‘yicha xalqaro tashkilot (ISO) yetkazib beruvchilarga o‘zaro moslashuvchanlikka ega bo‘lgan tarmoq apparat va dasturiy vositalarni yaratishda yordam berish uchun industrial standart – ochiq tizimlar o‘zaro bog’lanish etalon modeli (Open System Interconnection/Reference Model – OSI/RM) ni taqdim qildi. Ushbu modelga muvofiq ravishda quyidagi bosqichlar ajratiladi. Amaliy daraja tarmoq ilovalarini qo‘llash uchun mo‘ljallangan. Amaliy darajaning ko‘plab protokollari mavjud bo’lib, ulardan eng muhimlari HTTP (web-sahifalar formatini uzatish uchun), SMTP (elektron pochta uchun) va FTP (fayllarni almashinish uchun) hisoblanadi. Amaliy daraja protokollari oxirgi tizimlar bo‘yicha taqsimlangan, oxirgi tizimdagi har bir ilova boshqa oxirgi tizim bilan ma’lumotlar paketlarini almashlash uchun protokolni ishlatadi. Amaliy daraja almashinuvi birligi (ma’lumotlar paketlari) xabarlar deyiladi. Boshqa sathlardan farqli ravishda amaliy sath – foydalanuvchiga eng yaqin bo‘lgan sath bo‘lib, OSI ning boshqa sathlariga xizmat ko‘rsatmayli, ammo OSI modeli masshtabidan tashqarida yotgan amaliy jarayonlarni ta’minlaydi. Amaliy sath oxirgi foydalanuvchining amaliy jarayonlarini bevosita qo‘llab-quvvatlash (matn protsessorlari, bank terminallari dasturlari va boshq.) va ushbu dasturlarning o‘zaro aloqasini ma’lumotlarni uzatish tarmog‘i bilan o‘zaro aloqadorligini boshqarish imkonini beradi: Aloqa uchun ehtimoliy hamkorlarni aniqlaydi; Birgalikda ishlovchi amaliy dasturlarni sinxronizatsiyalaydi; Xatoliklarni bartaraf qilish va axborotlarning butunligini boshqarish jarayonlari bo‘yicha kelishuv o‘rnatadi; Aloqa uchun resurslarning yetarliligini aniqlaydi. Agar kanal darjasining vazifasi tarmoqning qo‘shni tugunlari orasida kadrlarni uzatish hisoblansa, u holda fizik daraja tugunlar orasida ma’lumotlarning alohida bitlarini uzatilishini ta’minlaydi. Fizik daraja protokollari shuningdek ishlatiladigan aloqa liniyasiga (mis o‘rama juftlik, bir modali optik tola va h.k.) to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq bo‘ladi. Ethernet texnologiyasi o‘rama juftlik, koaksial kabel, optik tolali kabel va boshqa ayrim liniyalar turlarini qo‘llash uchun mo‘ljallangan fizik liniyalarning ko‘plab protokollarini qo‘llaydi. Har bir aloqa liniyalarida bitni uzatish mexanizmlari turlicha bo‘ladi. Ushbu sath oxirgi tizimlar o‘rtasida fizik ulanishni o‘rnatish, qo‘llab-quvvatlash va birlashtirishning mexanik, elektrik, protseduraviy va funksional xarakteristikalarini aniqlaydi. Fizik sath kuchlanish sathlari, sinxronizatsiya va ma’lumotlarni uzatishning fizik tezligi, uzatishning maksimal masofasi, raz’emlarning konstruktiv parametrlari va boshqa analogik xarakteristikalarni ham aniqlash imkonini beradi. Ma’lum standartlar – RS-232-C, V.24 va IEEE 802.3 (Ethernet). To‘liq kommunikatsiya jarayoni quyidagilarni o‘z ichiga oladi: 1. Manba tomonidagi oxirgi qurilmaning ilovalar sathida ma’lumotlarni yaratish; 2. Ma’lumotlarni manba – oxirgi qurilmada protokollar steki bo‘yicha quyi sathlarga uzatishda inkapsulyatsiya qilish; 3. Stekning tarmoqli kirish sathida ulanishda ma’lumotlarni generatsiyalash (uzatish); 4. Tugun va turli oraliq qurilmalardan iborat bo‘lgan birlashtirilgan tarmoq bo‘ylab ma’lumotlarni uzatish; 5. Qabul qiluvchi oxirgi qurilmaning tarmoqli kirish sathida ma’lumotlarni qabul qilish; 6. Ma’lumotlarni qabul qilish qurilmasining steki bo‘ylab yuqoriga uzatishda dekapsulyatsiya qilish; 7. Ushbu ma’lumotlarni qabul qiluvchi qurilmaning ilovalar sathida qabul ilovasiga uzatish. Endi tarmoq protokollarini tashkil etilishini ko‘rib chiqamiz. Protokollar va barcha tarmoq dasturiy va apparatli ta’minot darajalar ko‘rinishida tashkil etilgan. Har bir protokol tarmoq kommunikatsion modelining ma’lum darajasiga kiradi. Protokollarni qo‘llash apparatli, dasturiy yoki aralash bo‘lishi mumkin. HTTP va SMTP kabi amaliy daraja protokollari, shuningdek transport darajasi protokollari deyarli doimo dasturiy qo‘llanadi. Aksincha, ma’lumotlarni uzatish muhiti bilan uzviy bog‘langan fizik va kanal darajalari protokollari tarmoq interfeys kartasi orqali apparatli qo‘llanadi (masalan, Ethernet, Wi-Fi). Kommunikatsion modelning markazida joylashgan tarmoq darajasi ham apparatli, ham dasturiy qo‘llanilishi mumkin. Download 78.31 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling