344
Mijoz (ingl. Client) – ma’naviy va moddiy ehtiyojlarini qondirish uchun
kelgan shaxs.
Mulk (ingl. Property) – moddiy va ma’naviy ne’matlarning muayyan sub’ekt
va shaxslar egaligida bo‘lishi va ular tomonidan o‘zlashtirilishi. Xususiy,
korporativ
va davlat mulklari farqlanadi.
Mulkdor (ingl. Propietary rights) – mullka egalik qilish, undan foydalanish,
tasarruf etish huquqiga ega bo‘lgan jismoniy yoki yuridik shaxs.
Narx - 1) qiymatning pul ko‘rinishida aks ettirilishi, iste’molchilar tovarga ega
bo‘lish uchun tulashlari lozim bo‘lgan pul miqdori.
Firma belgilagan narx qabul
kilinuvchi taklifning kiymatiga mos kelishi lozim; 2) marketing-majmuasi,
marketing-miksning samarali vositasi.
Narx siyosati - narxni va narx xosil bo‘lishini boshqarish tadbir va
strategiyalari, tovar yoki xizmatlarga ishlab chiqarish xarajatlari va bozor
kon’yunkturasiga
mos keluvchi, xaridorni qondiruvchi va rejalashtirilgan foydani
keltiruvchi narx belgilash san’ati.
Do'stlaringiz bilan baham: