Tadqiqotlari


 Marketing tadqiqotlarini o‘tkazishning umumiy jarayonlari


Download 6.42 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/240
Sana08.07.2023
Hajmi6.42 Mb.
#1659218
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   240
Bog'liq
1503-Текст статьи-4092-1-10-20200627

3.2. Marketing tadqiqotlarini o‘tkazishning umumiy jarayonlari 
Marketing tadqiqotlarining yuqori darajada tashkil etilishi, ularning ko‘lami, 
tahliliy va qayta ishlash jarayonlarida foydalaniladigan uslublar yig‘indisi, bevosita 
korxona va tashkilotlarning marketing strategiyasini belgilashda, amalga oshirishda, 
dastlabki bosqich, «tayanch nuqta» hisoblanadi.
Iste’mol bozori tobora yangi tovarlar va xizmatlar bilan boyib borayotgan 
bugungi sharoitida yangi imkoniyatlarni aniqlash va ulardan oqilona foydalanishda 
marketing tadqiqotlarining ahamiyati kun sayin ortib bormoqda. 
Marketing tadqiqotlari jarayoni jahon tajribalari shuni taqazo etadiki, odatda 
beshta bosqichni qamrab oladi. Korxona va firmalar marketing tadqiqotlari jarayoni 
va bosqichlarini ishlab chiqishdan oldin, muammoni aniqlab olish kerak. 
Korxonaning qanday muammosi bor? Va ushbu muammolar aniqlangandan keyin


65 
tadqiqot maqsadi belgilanadi. Ba’zi maqsadlar qisqa yo‘l orqali belgilanishi mumkin. 
Lekin, muammoni to‘g‘ri aniqlash, bu yechimning yarmisini topish demakdir (3.2 – 
rasm). 
 
3.2 -rasm. Marketing tadqiqoti jarayoni tuzilmasi va ketma-ketligi
1
Marketing tadqiqotlarini o‘tkazish jarayoni uning natijalarining korxona 
faoliyatiga ta’sir ko‘rsatishga, qaysi uslublar, mablag‘, vositalardan foydalanish bilan 
uzviy ravishda bog‘liqdir. Marketing tadqiqotlarining o‘rni korxona sharoitida zaruriy 
tashkil etuvchi omillarning o‘zaro bir – biriga bog‘liqligi bilan aniqlanadi.
1
Зозулёв А.В. Солнцев С.А. Маркетинговые иследования: теория, методология, статистика: Учебное 
пособие. - М.: Рыбари; К.: Знания 2017. -643 с. 
MARKЕTING TADQIQOTLARI JARAYoNI 
1. Markеting tadqiqoti maqsadi va muammolarni aniqlash 
2. Markеting tadqiqoti rеjasini ishlab chiqish 
3. Markеting tadqiqoti rеjasini amalga oshirish 
4. Bir tizimga kеltirilgan axborotni baholash va natijalarni rahbariyatga еtkazish 
➢ tadqiqot o’tkazishga ehtiyojni aniqlash; 
➢ muammoni aniqlash; 
➢ tadqiqot maqsadlarini ifodalash. 

➢ tadqiqot usullarini aniqlash; 
➢ talab qilinuvchi axborot va uning manbaini aniqlash; 
➢ zarur ma'lumot tўplash usullarini aniqlash; 
➢ ma'lumot to’plash uchun shaklni loyihalashtirish; 
➢ tanlama rеjani ishlab chiqish va tanlov hajmini aniqlash. 
➢ ma'lumotlarni to’plash; 
➢ ma'lumotlarni tahlil qilish. 

➢ yakuniy hisobotni tayyorlash va taqdim etish


66 
Shu bilan birga marketing tadqiqotlari o‘tkazilishi quyidagi elementlarini o‘z 
tarkibiga oladi: 
• Tadqiqot metodologiyasi; 
Taxliliy modullar
• Izlanish savollari; 
• Gipotezalar (Taxminlar); 
• Omillar; 
Tadqiqot metodologiyasi deganda faoliyatning tuzilmasi, mantiqiy tashkil 
etilishi, uslub va vositalari haqidagi nazariy yondashuvlar tushuniladi. Marketing 
metodologiyasi quyidagi bosh elementni kiritishimiz mumkin
1

1. Prinsiplar; 
2. Boshqaruv usullari; 
3. Marketing tadqiqotlari vositalari; 
4. Qaror qabul qilishning ijobiy uslublari; 
5. Axborot to‘lash uslublari 
Marketing tadqiqotlari ob’ektiv ma’lumotlar va nazariy yondashuvlarga 
tayangan holda amalga oshirilishi lozim.
2
Nazariy – metodologik yondashuv amalga oshirilayotganda marketolog 
tominida mavjud maxalliy va xorijiy olimlar ishlanmalari, mavjud akademik 
manbaalar (kitob, jurnal, monografiyalar), statistik hisobot va me’yoriy xujjatlardan 
foydalanishi lozim. 
Nazariya (theory) – ma’lum fundamental tasdiqlovchi (aksiomalar)larga 
tayangan holda ma’lum konsepsiyalarning o‘zaro bog‘liqligi.
Ob’ektiv ma’lumotlar ( Objective evidence)– empirik tasdiqlangan holisona 
ma’lumotlardan iborat. 

Download 6.42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   240




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling