67
3.3. Marketing tadqiqotlarini o‘tkazishda ehtiyojlarni aniqlash va motivatsiya
Ehtiyoj – inson tomonidan his etilgan moddiy va ma’naviy ne’matlarga
nisbatan yetishmovchilik demakdir. Ehtiyoj umulashgan tarzda ushbu ne’matlarga
egalik qilishni nazarda tutsa, xaridorlik istagi – alohida insonnig moddiy va ma’naviy
yetuklik darajasiga ko‘ra, muayyan tovarga bevosita egalik qilish va uni o‘zlashtirish
borasida zaruratidir.
Ehtiyojlarni hammasini birdaniga
qondirish mumkin emas,
shu boisdan
ularniig eng muhimi ajratib olinadi va ishlab chiqarish ularni qondirishga qaratiladi.
Quyidagi rasmda ehtiyojlar klasifikatsiyasi bilan tanishib chiqamiz (3.3 –rasm).
3.3 -rasm. Ehtiyojlar klassifikatsiyasi
Lekin, xaridor istagi tushunchasi to‘la ma’noda
xaridorning muayyan tovarni
sotib olishga, foydalanishga qodir va tayyor ekanligini anglatmaydi.
Shu sababli, bu
o‘rinda xaridorlik talabi tushunchasini keltirish lozim. Xaridorlik talabi –
muayyan
tovarni sotib olishga qodirligi va tayyorligi bilan belgilanadigan xaridorlik istagining
aniqlashtirilgan shaklidir.
Boshqacha qilib aytganda,
xaridorning xarid qilishda
to‘lovga qodirlik
darajasi va imkoniyatida
bo‘lgan
qismigina xaridor talabi
chegarasini ifodalaydi.
Ehtiyojlar
klassifikasiyasi
Sub’ekt bo’yicha
Abstraktlik darajasi
bo’yicha
Ob’ekt bo’yicha
Dolzarbligining doimiyligi
bo’yicha
Ishlab chiqarish
jarayoniga
Do'stlaringiz bilan baham: