78
•
Tegishli bo‘lish ehtiyoji. Bu ehtiyoj turi hos bo‘lgan kishilar do‘stona iliq
munosabatlarni axtaradilar. Bunday ishchi-xodimga ega bo‘lgan
rahbar bu shaxsga
shunday
xizmat berishi kerakki, ish jarayonida u ijtimoiy
munosabatlarning keng
imkoniyatlaridan
foydalana
olsin.
Boshqaruvchi
tashkilotda
shaxslararo
munosabatlarni va aloqani yo‘lga qo‘ya bilishi kerak.
3.11 –rasm. Ehtiyojlar borasida olimlar talqini
Absolyut ehtiyojlar muayyan iste’mol qiymatlariga nisbatan abstrakt bo‘lib,
jamiyatning potensial iste’mol kuchini ifodalaydi.
Absolyut ehtiyojlar quyidagi turlarga taqsimlanadi:
Fiziologik:
ochlik, tashnalik, salomatlik, xavfsizlik, harakatlanish, uyqu, naslni
davom ettirish va b.;
His-tuyg‘u:
muhabbat, do‘stlik, rohat, hokimlik, agressiya, yumor;
Intellektual: ijod, qiziqish, ta’lim, haqiqat;
Ma’naviy:
fidokorlik, falsafa, din, urf-odatlar.
Haqiqiy ehtiyojlar nisbiy xarakterga ega bo‘lib, jamiyatda mavjud bo‘lgan
yoki u istiqbolda ega bo‘ladigan real predmetlarga ehtiyojni ifodalaydi. Ular
79
muayyan moddiy ishlab chiqarish mahsulotlarida buyum holida namoyon bo‘ladi va
jamiyatning real iste’mol kuchi sifatida ko‘rib chiqiladi.
Aholining
to‘lov layoqatiga ega ehtiyojlari ikkita omilga –
bir tomonidan
iste’molchilarning pul daromadlari
darajasi va tovarlar narxiga,
ikkinchi tomondan
esa tovar massasi hajmiga bog‘liq bo‘ladi. Aynan shu sababli ular absolyut va haqiqiy
ehtiyojlarni qodirishning real darajasidan, demak, jamiyatning rivojlanish darajasidan
dalolat beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: