74
bilan shug‘ullanadi, ma’naviy jihatdan kamol topadi.
Maslouning
fikricha,
insoniyatning 2 foiziga yaqinigina bunday yuksaklikka erishadi.
Maslouning ehtiyojlar iyerarxiyasi qat’iy tuzilmaga ega. Uning fikricha, quyi
darajadagi ehtiyojlarning qondirilishi keyingi darajadadagi
ehtiyoj motivatsiyasini
keltirib
chiqaradi.
Ya’ni, quyi darajadagi ehtiyojlar ma’lum darajada
qondirilmaguniga qadar, «yuqori» darajadagi ehtiyojlar kelib chiqmaydi. Har bir aniq
paytda inson shu vaqtda uning uchun muhim bo‘lgan va
kuchli sezayotgan ehtiyojini qondirishga intiladi.
Frederik Gersbergning ikki omilli nazariyasi
Frederik
Gersberg
tomonidan
ishlab
chiqilgan
motivatsiya modeli ham
inson ehtiyojlariga asoslanib,
ikki omilli nazariya nomini olgan.
➢ Birinchi guruh gigiyena omillarini o‘z ichiga oladi.
Ular ish faoliyati amalga oshirilayotgan atrof-muhit
bilan bog‘liqdir. Agar ushbu omillarga e’tibor berilmasa,
odamlar ishdan norozi bo‘ladilar.
➢ Ikkinchi guruh
esa motivatorlar hisoblanib, ishning mazmuni va mohiyatiga
bog‘liq motivlarni o‘z ichiga oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: