Tadqiqotlari
Marketing rejasini ishlab chiqish texnologiyasi
Download 6.42 Mb. Pdf ko'rish
|
1503-Текст статьи-4092-1-10-20200627
3.4. Marketing rejasini ishlab chiqish texnologiyasi
Korxonalar uchun rejalashtirish faoliyatining yuqori darajasini ifodalab, sotish va foyda olish ko‘rsatkichlarini yaxshilashga xizmat qiladi. Rejalashtirishning asosiy qismi strategik rejalashtirishdan iboratdir. Quyidagi 3.13.-rasmda strategik rejalashtirish jarayoni keltirilmoqda. Strategik rejalashtirish - bu korxonani istiqbolda ko‘rish, korxonaning iqtisodiyotda, mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotidagi o‘rni, rolini bilish va yangi darajaga erishish yo‘llari, vositalarini ishlab chiqishdir. Strategik rejalashtirishda aniq hisoblangan ko‘rsatkichlar bo‘lmaydi, balki turli bashoratlar asosida mo‘ljallar, kelgusiga nazar tashlashdan iboratdir. 82 3.13.-rasm. Strategik rejalashtirish jarayoni F. Kotler firmaning strategik rejalashtirish haqida bunday deb yozadi: “Firmaning maqsadlari, uning marketing sohasidagi imkoniyatlari orasidagi strategik muvofiqlikni qo‘llashni boshqaruv jarayonidir. Strategik rejalashtirish firmaning aniq ifodalangan dasturiy bayonotiga, yordamchi maqsadlar va vazifalarni mo‘ljallashiga, sog‘lom xo‘jalik portfeli va o‘sish strategiyasiga tayanadi”. Korxona dasturi o‘z ichiga korxonaning bugungi holati haqida, uning mijozlari, mijozlar uchun kadrli bo‘lgan tomonlari, korxona istiqboli haqida ma’lumotlarni oladi. Savdo korxonasi bunday dasturni doimo diqqat markazida saqlashi, muntazam ravishda unga tuzatishlar kiritib turish kerak. Korxona dasturi maqsad qo‘yishga, uning ahamiyatini oshirishga ko‘maklashadi va maqsadga erishishga yo‘llaydi. Korxona dasturida korxonaning faoliyat doirasi ko‘rsatiladi. Bu doiraning chegarasi bo‘lib, mahsulotlar, texnologiyalar, mijozlar guruhi, ular ehtiyoji yoki bir necha omilning aralashmasi xizmat qilishi mumkin. Masalan, korxonada avtomashinalar, radio-teleapparatlari, boshqa tovarlar sotilishini ifodalash tovarlar doirasi chegarasini bildiradi. Savdo korxonasining imkoni boricha tovar assortimenti kengroq bo‘lishi kerak. Tashkilotning vazifalarini aniqlash Strategik xoʻjalik boʻlimlarini vujudga keltirish Marketing maqsadlarini belgilash Holat tahlili Marketing strategiyasini ishlab chiqish Taktikani amalga oshirish Natijalarni kuzatish 83 Korxonaning vazifalari va maqsadi bosqichi har bir boshqaruvchi, rahbariyat xodimi oldiga maqsadga erishishga qaratilgan vazifalar qo‘yadi. O‘z vazifalarining bajarilishiga har bir xodim javobgardir. Korxonaning asosiy maqsadi foyda olish bo‘lsa, unga erishish uchun foyda keltiradigan tovarlarni sotishni ko‘paytirish, ular hissasini oshirish lozim. Bunday tovarlar sotilishini ko‘paytirish esa, tovar manbalarini topishni, ular ichidagi eng samaralisini tanlashni talab etadi. Bulardan o‘z navbatida qator vazifalar kelib chiqadi. Bu vazifalar marketing vazifalari bo‘lib, marketing strategiyasini ishlab chiqishni talab etadi. Bunda bozorni o‘rganish, taklif manbalarini o‘rganish, korxonaga tegishli har bir tovar bo‘yicha konyunkturani o‘rganish va ular bo‘yicha xulosa chiqarish jarayoni bajariladi. Quyidagi 3.14.-rasmda korxona va marketing strategiyasi darajasidagi rejalashtirish jarayoni keltirilmoqda. Download 6.42 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling