Tadqiqotlari


-rasm. Korxona va marketing strategiyasi darajasidagi rejalashtirish


Download 6.42 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/240
Sana08.07.2023
Hajmi6.42 Mb.
#1659218
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   240
Bog'liq
1503-Текст статьи-4092-1-10-20200627

3.14.-rasm. Korxona va marketing strategiyasi darajasidagi rejalashtirish 
jarayoni 
 
Korxona xo‘jaligini rivojlantirish rejasi strategik rejalashtirishning muhim 
bosqichi hisoblanadi. Bunda xo‘jalik faoliyatining bosh yo‘nalishlari tahlili amalga
oshiriladi va ayrim tovarlarning rentabelligi aniqlanadi. Rentabellik darajasiga ko‘ra 
Korxona boʻyicha umumiy 
rejalashtirish 
Marketingni strategik 
rejalashtirish 
Moliyaviy rejalashtirish 
Mahsulot ishlab 
chiqarishni 
rejalashtirish 
Marketingning 
strategik rejasi 
Sotish rejasi 
Reklamalarni chop 
etish rejasi 


84 
uni savdoda qoldirish yoki qoldirmaslik, jalb etish yoki jalb etmaslik qarorini qabul 
qilish kerak bo‘ladi. Yuqori rentabellik tovarlarga ko‘proq moliyaviy resurslarni 
safarbar etish, kam foydalilaridan chetlasha borishga qaratilgan ishlarni 
rejalashtiriladi. 
Strategik rejalashtirish korxona faoliyatining asosiy yo‘nalishlarini belgilaydi,
mahsulot ishlab chiqarish va sotish sohasidagi barcha harakatlarning maqsadga 
muvofiq yo‘nalishini aks ettiradi. So‘ngra har bir yo‘nalish bo‘yicha batafsil rejalar 
to‘ziladi, chunki marketing konsepsiyasini qo‘llaydigan korxonalar faoliyat natijalari 
ko‘proq savdo sohasi bilan belgilanadi, rejalar orasida tovar nusxasini yaratishdan 
boshlab to pirovard sotishga qadar tovar harakati jarayonlarini kamraydigan 
marketingni rejalashtirish alohida o‘rinni egallaydi.
Korxonaning taktik rejasi strategik rejasining bir qismi bo‘lib, unga qo‘yilgan 
maqsadlarga erishishning vositalari, usullari aniqlanadi. Agar strategik 
rejalashtirishni asosiy mezoni uzoq muddatlilik hisoblansa, unda marketingni taktik 
rejalashtirishda o‘rta muddatli strategik chora-tadbirlar amalga oshiriladi. 
Marketingni operativ rejalashtirishning mezoni bo‘lib qisqa muddatlilik hisoblanadi. 
Taktik rejalarda umumiy sotish rejasi, har bir tovar guruhi bo‘yicha ta’minot va 
sotish rejasi, daromadlar rejasi, harajatlar rejasi, foyda rejasi, savdo uchun zarur
jixozlar, asbob-uskunalar bilan ta’minlanish rejasi, bozorning hozirgi holatiga baho 
berish, korxona imkoniyatlari va xavf-xatarlari ifodalanadi. 
Quyidagi 3.15.-rasmda marketingda rejalashtirish jarayonining tuzilishi 
keltirilmoqda.
Taktik rejalarda o‘tgan yildagi ko‘rsatkichlardan, jumladan korxonaning tovar 
oboroti ko‘rsatkichidan o‘sish, ustunlikka ega bo‘lish mo‘ljallansa, bu o‘sishga 
imkon beruvchi vositalar (xususan, sotishni rag‘batlantirish, reklama va boshqalar) 
ham keltiriladi. Bozordagi sotiladigan tovarlar haridori, asosiy segmenti, 
iste’molchilarning zarurati, raqobatchilar va mol taqsimoti yo‘llari ko‘rsatib 
beriladi. 


85 

Download 6.42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   240




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling