Tadqiqotlari


 Muammoni yechimi uchun marketing tadqiqotlari


Download 6.42 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/240
Sana08.07.2023
Hajmi6.42 Mb.
#1659218
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   240
Bog'liq
1503-Текст статьи-4092-1-10-20200627

4.2. Muammoni yechimi uchun marketing tadqiqotlari 
 
Muammoni yechimi uchun marketing tadqiqotlari (problem salving research) 
aniq marketing muammosini yechimini topish uchun foydalaniladigan tadqiqot 
hisoblanadi. 
Albatta, marketing tadqiqotlarining bu turi oldingiga nisbatan osonroq yechimga 
egaligi bilan ajralib turadi. Sababi, aniq marketing muammosini, masalan narx 
oshishi munosabati bilan oilaviy budjetni boshqatdan ko‘rib chiqish, yoki iste’mol 
madaniyati oshgan sari tovar yoki xizmatlarga talab o‘rnatish va hokazo. 
Har bir muammo o‘zining sharoiti, mablag‘i, vaqti, hamda kim xal qilishi bilan 
ajralib turadi. Konkret muammoni hal etishni rejalashtirish va oldindan sarf-harajatini 
hisoblab chiqish mumkin. Shu bilan ta’kidlab o‘tish kerakki, marketing tadqiqotlarini 
qaysi bir turini o‘tkazishdan qat’iy nazar, ularni o‘tkazishning asosan ikkita sababi 
mavjud.
Hozirgi kunda marketing tadqiqotlarida juda katta muammolar mavjud. 
Ularning soni va sanog‘iga yetish qiyin. Chunki tovar (xizmat)ning kimga, qachon va 
qayerda sotilishi hamisha ham silliq ko‘chavermaydi. Bozor ham, xaridorlar talabi va 
didi ham tez o‘zgaruvchan tusga kirgan bugungi holatda mo‘ljalni olish bir muncha 
murakkab. Shu tufayli marketing tadqiqotlaridagi mumamolarni o‘rganish ob’ektiv 
zaruratga aylandi. 
Hozirgi muammolar juda ko‘pligidan to‘g‘ri xulosa qilish uchun ularni 
tasniflash maqsadga muvofiq. Bizning fikrimizcha ularni quyidagicha tasnifiy 
belgilaridan foydalanish maqsadga muvofiq: 
- tovar ( xizmat)larni ishlab chiqarish joyi bo‘yicha muammolar; 
- tovar ( xizmat)larni sotish bozori bo‘yicha muammolar; 
- tovar ( xizmat)larni sotish vaqti bo‘yicha muammolar; 
- tovar ( xizmat)larni iste’molchilari bo‘yicha muammolar; 
Ushbu muammolarning bog‘liqligini quyidagicha ifodalash mumkin (4.1-
rasm). 


90 

Download 6.42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   240




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling