92
Mj = ∑ Mi ;
i=1
Bunda: Mj – tovar (xizmat)larni ishlab chiqarish joyi bo‘yicha mavjud bo‘lgan
jami muammolar;
Mi - tovar (xizmat)larni ishlab chiqarish joyi bo‘yicha mavjud muammolarning
alohida i – turi;
∑ - jamlash belgisi;
I – muammoning turi;
p – muammoning umumiy soni.
2. Marketing tadqiqotlari muammolarining bir qismi tovar (xizmat)larni
sotish bozori bilan bog‘liqdir. Chunki ishlab chiqarilgan tovar (xizmat)ni qaysi
bozorga sotishligi,
qanday sotilishi, qachon va qancha sotishligi
ham katta
muammodir. Ushbu muammolar ikki guruhga bo‘linadi:
- ichki bozorda sotish muammosi;
-tashqi bozorda sotish muammosi.
Tashqi bozorda sotish ham ikki yo‘nalishda amalga oshiriladi.
Tovar
(xizmat)ni sotish faqat xorijiy davlatlargagina emas, balki o‘z
mamlakatimizning
ichida boshqa huddudlarda ham sotish tushuniladi. Shu tufayli buni ham ikki guruhga
bo‘lib o‘rganish maqsadga muvofiqdir. Bularga:
- bir davlat ichida, ammo tovar (xizmat) ishlab
chiqarilgan hududdan boshqa
hududda;
- mazkur davlatdan tashqaridagi bozorda. Bu asosan tovar (xizmat)larni eksport
qilish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Tashqi bozordan xaridorlarni topish ham juda
katta muammo. Ammo bugungi kunda ushbu masalaga keng yo‘l ochib berildi. Hozir
tovar (xizmat)lar eksporti bilan har bir xorijiy mamlakatlarda joylashgan elchilarimiz
ham shug‘ullanmoqda. Bu tovar (xizmat)larni ishlab chiqaruvchilar uchun ham katta
imkoniyat yaratilganligidan dalolatdir. Bularning bog‘liqligini quyidagicha ifodalash
mumkin (4.3-rasm).